Darsning borishi:
-O’qituvchi:- Aziz o’quvchilar biz bugun tasviriy san’atning animalistik janri bo’yicha rasm chizamiz va suhbatlashamiz. Bu janr qushlar va hayvonlar haqidadir. Sizlar qanday qushlarni va hayvonlarni bilasizlar. Tovuq, o’rdak, g’oz, kurka, qushlar ham hayvonlar ham ikkiga bo’linadi. Xonaki qushlar va yovvoyi qushlarga bo’linadi. Hayvonlar ham uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarga bo’ladi.
-O’quvchilar:- qaldirg’och, musicha, bedana, zog’izg’on, laylak, chumchuq, kakku, qarg’a, turna va boshqalar. Hayvonlardan esa ot, sigir, qo’y, echki, bo’ri, tulki, ayiq, yo’lbars, sher, maymunlar bor.
-O’qituvchi: – Bu qush va hayvonlarning foydali va zararli tomonlarini aytib bering?
-O’quvchi: – Hamma qushlar va hayvonlarning foydali tomonlari ko’p. Qushlar turli hashorat va zararkunandalardan tabiatni, odamlarni himoya qilib turadi. Hayvonlar tabiatning sanitarlari deb hisoblashadilar.
-Ikkinchi o’quvchi:- hayvonlardan sigirni olsak u bizga sut beradi, qo’ydan go’sht va jun olamiz. Boshqa yovvoyi hayvonlardan ham mo’yna, terilaridan foydalanamiz.
-O’qituvchi:- Qanday qushlar bizga qachon uchib keladilar va qaysi qushlar uchib ketadilar?
-O’quvchi:- Qaldirg’och, laylak, turna, kakkular bahorda uchib keladi. Qish faslida esa qarg’alar uchib keladilar.
-O’qituvchi: - Tasviriy san’atda animalistik janrda rasm chizish to’g’risida eshitib ko’ring! Rassomlar qadimdan hayvonlarni rasmini chizishdan boshlashgan. Turli jonivorlar rasmini chizish ko’plab topilmalarda bor.
Qadimgi Misrda jonivorlarni tasvirlash takrorlanmas monumentallik va yuksaklikka ega bo’lgan. Sababi misrliklar ko’plab jonzotlarni o’zlarining xudosi deb bilganlar. “Spinks”lar – inson qiyofasidagi hayvon va qushlarning boshi qo’ndirilgan ilohiy sura’tlar inson va hayvonlarning tabiatdagi uzviy bog’liqligini namayon etib turadi. Xuddi shunday birdamlik aloqalari qadimgi Peru va Meksika xalqlarining dekorativ bezak ishlangan buyumlarida ham uchratish mumkin.
Hayvonat olamining tasvirlanishi qadimgi Yaponiy, Xitoy tasviriy san’atidagi dekorativ va monumental kompozisiyalarning keng tarqalgan motivlaridan biriga aylangan edi.
Ikki daryo oralig’i mamlakatlarining san’atida ho’kiz, sher, otlarning butun gavdasi bilan yoki kalla qismining tasvirini idishlarda, qurol va musiqa asboblarida bezak o’rnida ishlatilganligining guvohi bo’lishimiz mumkin.
Milodan avvalgi 1 ming yillikda Karpatdan Shimoliy Xitoygacha bo’lgan yerlarda yashagan «skif» qabilasining san’atida ham «hayvonat uslubi» deb nom olgan qushlar va hayvonlarning loy, metall va suyakdan yasalgan jozibali shakllari ham yuksak e’tiborga molik bo’lgan.
Qadimgi Yunoniston va Rim musavvirlari ijodida esa san’atning bosh ob’yekti inson qiyofasi olingan antik davr madaniyatida hayvonat olamini tasvirlash alohida ahamiyatga ega emas edi.
O’rta Osiyo tasviriy san’atida esa biz asosan haykaltaroshlik namunalarini uchratishimiz mumkin. Turli suratlar Surhandaryo viloyati Denov tumanidagi Zarautsoy xarobalaridan topilgan.
Buxora viloyatida qadimgi Varaxsha saroyida topilgan «Yaralangan qo’chqor» tasviri mukammal ravishda proporsionallikga e’tibor berilib ishlangan gipsdan tayyorlangan gorelf shaklidagi haykaltaroshlik asaridir. Bu shu joylarda ovchilikning naqadar avj olganligidan dalolat berib turibdi.
Ov manzaralari Qadimgi Sug’d musavvirlarining asarlarida ham o’z aksini topgan. Bu asar orqali biz musavvirning mahoratiga qoyil qolmay ilojimiz ham yo’q.
Keyinchalik XIV – XV- asrlarga kelib hayvonlarning va qushlarning tasvirini biz asosan miniatyura asarlarida ko’plab uchratishimiz mumkin.
Yevropa uyg’onish davri musavvirlari ijodida real borliqni o’zining keng qamrovi bilan tasvirlanishi, uning hayvonlar tasviri tushirilgan natural ko’rinishlari haykaltaroshlikda, freska va dastgoh rangtasvir janri asarlarida o’z aksini topadi. Bunday asarlar yaratilishiga birinchilardan bo’lib XV- asrda italyan rassomi A.Pizachello murajaat qildi. XVI asrga kelib esa hayvonlarning ajoyib kuch va aniqlikga ega bo’lgan suratlarini Leonardo da Vinchi va Al’berxt Dyurerlar yaratishdi.
Gollandiyada esa XVII- asrda hayvonlarni tasvirlash uchun alohida janr mavjud bo’lgan. Bu janrda birinchilardan bo’lib ijod qilgan rassomlardan A. Keyp va P. Potterlar o’z asarlarida hayvonlarning ferma va yaylov fonida mohirona tasvirlab berishgan.
Bu davrda har bir animal musavvir o’zi sevgan mavzu doirasida va obrazlariga murajaat qilar edi. X1X- asrda mohir haykaltarosh A.P.Boriy o’z asarida uy hayvonlarini yirtqich hayvonlar bilan o’ziga xos jozibadorlik bilan tasvirlay olgan.
Barbizon maktabi musavvirlariga yaqin bo’lgan K.Turuayon sigirlar va qo’ylarning tinch va osuda qishloq tabiati quynidagi manzarasini shoirona madh etib bergan.
X1X- asrning oxiri XX- asrning boshlarida Shved musavviri B. Lel’yapors yavvoyi hayvonlarning tabiiy sharoitdagi hayotini, Fransuz haykaltaroshi
P. Pompon esa hayvon va qushlarning dekorativ – plastik sifatlariga e’tibor bergan bo’lsa, nemis rangtasvir ustasi F. Mark o’z asarlarida yavvoyi hayvonlarni asarlarining bosh qahramoni qilib tasvirlagan.
Qushlar va hayvonlarni chizish uchun albatta bosqichlardan foydalanish lozim. Tulumga qarab chizilgan rasm birinchi bosqichi uni qog’oz varag’iga joylashtirib olish (kompozitsiya) to’g’ri topilishi yordamchi o’q chiziqlarni o’tkazish lozim.
Keyingi bosqichda esa belgilangan chiziqlar tutashtirilib shakl hosil qilinadi. 3- bosqichda yanada aniqlashtirilib ba’zi soya, yorug’ qismlar ham belgilanadi. Narsalar tekisligi aniq qilib qo’yiladi. Oxirgi 4 bosqichda shtrixovka bilan qushning barcha xarakterli tomonlari belgilanadi, soya, yorug’ qismlarga ajratiladi. Shtrixovkalar ham joy-joyiga qo’yiladi va ish yakuniy ko’rinish oladi.
Xuddi shuningdek, xuroz, tovuq, chumchuq, kaptarlar rasmi ham bosqichli chizilishi mumkin. Bunda ham qushlarning umumiy gavdasi tuxum shaklini olib qog’oz varag’iga chiroyli joylashtirilishi bilan belgilanadi. Shu qoida asosida xomaki tasvir (nabroska) ishlansa qul yaxshiroq o’rganadi. Keyinchalik ular asarlarga detal bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Otning chizilish bosqichini kurib o’tamiz. Qog’oz varag’ida kompozision joylashtirilishida u katta ham, kichik ham bo’lmasligi kerak. Oldiniga birinchi bosqichda faqat yordamchi chiziqlar olinadi otning bo’yi, eni, oyoqlar joylashivi ya’ni, tayanch nuqtasi.
Ikkinchi bosqichda uxshatish shakli bajariladi. Bu joyda bosh qismi va gavdasi oyoqlari, qorin qismi, dum tomoni alohida aniqlanib ishlanadi. Uchunchi bosqichda ba’zi soya, yorug’ qismlari bilan xarakterli joylar bajariladi.
To’rtinchi bosqichda tugal surat ya’ni, uning rangi, xarakteri, soya, yorug’ qismlari aniq qilib asl holatga o’xshatiladi.
Animal janrda yaratilgan sur’atlar ham anatomik qoidaga to’la amal qilinadi. Shuningdek, olmaxon, tulki, it, quyon, ayiq kabi hayvonlarni tasvirlashda ham shu kabi yordamchi chiziqlardan foydalaniladi. Tasviriy san’at o’qitishning eng ma’qul usullaridan hisoblangan geometrik shakldagi o’xshatishlar uning asosini tashkil etadi.
Baliq rasmini chizish bu ham animalistik janrga xosdir. Chunki, u ham suvda yuruvchi hayvonlardan hisoblanadi. Uni chizish tartibi qo’yidagichadir.
Bilamizki baliqlarning hayoti suv bilan. Shuning uchun ham baliq silliq ko’rinishiga ega. Baliq turlari juda xilma-xil ammo, chizilish tartibi bir-biriga o’xshaydi.
O’quvchi qiyinroq bo’lsa ham har bir hayvon yoki qushlarning tasvirini qalamda nabroska qilib olishi va uning xarakter xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini tasvirda bera olishi lozim. Shundagina animalistik janrda tasvirlar ishilashga o’quvchilarni o’rgatib tabiatdagi mavjudotlarga nisbatan mehrini oshiradi. Hamda turli animalistik janrda rasmlar ishlashga bo’lgan bolalar ishtiyoqini oshiradilar. O’z navbatida animalistik janrda rasm chizishni o’rganib oladilar. Barcha mavjudotlarning tuzilishi bir-biriga yaqinligini bilib rasmlar chizishdagi qiyinchiliklar yo’qoladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’qituvchi ularni kuzatib yuradi. Xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilsa ularni tuzatish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Uyga vazifa:
-Animalistik janrdagi rasmlardan to’plash va ba’zi hayvon rasmini chizib kelish.
Foydanalingan adabiyotlar:
-Tursunali Qozoqov, Sunnatulla Abdurasulov, O’rinboy Nurtojiev,
Asqaral Sulaymonovlar. 5-sinf. “Tasviriy san’ at” darsligi.
Toshkent-O’zbekiston. 2015 yil ;
Do'stlaringiz bilan baham: |