Dars bosqichlari va dars taqsimoti:
|
I. Tashkiliy qism –3 daqiqa
II. O`tiladigan yangi mavzuni takrorlash –5 daqiqa
III. Yangi mavzu asosidagi interfaol metodlar – 30 daqiqa
IV. Bahs-munozara – 5 daqiqa
V. Darsga yakun yasash – 2 daqiqa
|
Kutiladigan natijalar:
|
O`qituvchi
|
O`quvchilar
|
Ona tabiatga muhabbat uyg`otish, mehnatsevarlikni rag`batlantirish
|
Tabiat ne’matlariga oqilona munosabatda bo`lish, daraxtlarga ozor yetkazmaslik, parvarish qilish va ko`paytirish haqida ma’lumotga ega bo`lish
|
Kеlgusi rеjalar:
|
Maktab hovlisidagi bog` va uni tozaligi borasida mas’uliyatni shakllantiradi
|
Maktab hovlisidagi mevali va manzarali daraxtlarni ko`paytirish, parvarish qilishga hissa qo`shadi
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Sinfning darsga tayyorgarligi va davomati aniqlanadi.
O`tilgan mavzuni takrorlash:
O`qituvchi o`tigan mavzuni og`zaki usulda so`raydi. O`z qishlog`i (shahri) tabiati haqidagi o`quvchilarning uyda ishlab kelgan rasmlarini doskaga iladi.
Yangi mavzu bayoni:
Ortiqchasini toping:
Olma
Behi
Sabzi
Shaftoli
Uzum
O`qituvchi o`quvchilarni juftliklarga biriktirib, ularga oldindan tayyorlab qo`yilgan (“Birinchisi, ikkinchisi…(yettinchisi ortiqcha)” metodi asosidagi kartochkalar) tarqatmalarni beradi:
Ortiqchasini toping:
Gilos
O’rik
Nok
Kartoshka
Olxo’ri
Ortiqchasini toping:
Anor
Behi
Lavlagi
Gilos
Shaftoli
O`quvchilar mavzuga oid bo`lmagan tushunchani ro`yxatdan ajratib tashlashadi. Ushbu metod asosida o`quvchilarda mevalarni sabzavotlardan farqlay bilish ko`nikmasi rivojlanadi.
Topshiriqni o`quvchilar juftliklarda ishlab izohlashadi. Topshiriqni boshqalarga qaraganda oldinroq bajargan juftliklarga olma, nok, anor shaklidagi rag`bat kartochkalari beriladi.
Keyin “Sirli qop” didaktik o`yini o`tkaziladi. Ushbu o`yinga sinfdagi ko`ngilli o`quvchilar taklif qilinadi. Doskaga chiqqan o`quvchining ko`zlari bog`lanadi. Unga ko`zi bog`li holda qopdagi mevalardan birini tanlab olish va uni paypaslab ko`rib nomini aytish lozimligi tushuntiriladi.
Qopning ichiga meva va sabzavotlarning turli xillaridan solib qo`yish mumkin.
O`yinda kamroq yanglishgan o`quvchi g`olib chiqadi. O`quvchinig har bir to`g`ri javobidan keyin sinf jamoasi qarsak chalishadi.
O`qituvchi darslikning 44-sahifasidagi yangi mavzu bilan o`quvchilarni tanishtiradi. Rasm asosida suhbat olib boriladi.
Oquvchilarni yanada faollashtirish va fikrlash qobiliyatini o`stirish maqsadida “Kim ko`p meva teradi?” didaktik o`yini tashkil qilinadi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi taklif qilinadi. O`quvchilar stol ustida orqasiga aylantirib qo`yilgan rasmlar ichidan mevalar rasmini topib, qo`lidagi qutichaga solishadi. Ushbu o`yinni o`tkazishda tayyor yoki qo`lda ishlangan rasmlardan foydalaniladi. Qaysi o`quvchi ko`proq “meva” tersa, rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |