“Suvinspeksiya”ning Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi Sizga Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 18 yanvardagi “Xorazm viloyatidagi mavjud ijtimoyi iqtisodiy muammolar va ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boyicha”
№ 5-286 sonli chora-tadbirlar rejasining:
Ikkinchi bandi:Xiva tumaning “Chanashiq mahallasidagi suv quvurlari yorilib yotganligi sababli ushbu muommolarini bartaraf etilishni taminlash.
Ushbu muommo bo’yicha “Xorazm suv taminoti” MCHJ Xiva tumani bo’limi hamda “Komfort suv gaz qulirish” MCHJ hamkorligida fuqarolar tomonidan honadonlarni ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida suv ta’minoti quvurlariga ulangan ulanmalari sifatsiz bajarilishi natijasida hosil bo’lgan suv sizish ulanmalari sozlanib suv sizishlar (avariyalar) bartaraf qilingan, hamda suv tarmog’iga boshqa mahalla hududiga yaqin joylashgan Qushchikattabog’ maxallasi suv ta’minoti nasos stansiyasiga ulanib hozirda tasdiqlangan grafikga asosan mahalla muntazam ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
To’qqizinchi band: Gurlan tumani “Yangi asr” mahallasidagi aholi honadonlariga toza ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlash.
Gurlan tumani “Yangi asr” mahallasida A.Ho’jayev kocha 12 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shomuratov Mahmudjon A.Hojayev ko’chasida quvur yorilgan avariyani bartaraf qilishda amaliy yordam berish bo’yicha murojaat qilgan.
“Xorazm suv taminoti” MCHJ Gurlan tuman bo’limi tomonidan avariya bartaraf qilinib “Yang asr” mahallasi ichimlik suv bilan tasdiqlangan jadval asosida toza ichimlik suv bilan muntazam ta’minlab kelmoqda.
O’n to’rtinchi band. Bog‘ot tumani “Namuna” mahallasida toza ichimlik suvi tarmoqlarining ta’mirtalab axvolga kelib qolganligi sababli ushbu mahallaning ichimlik suvi tarmoqlarini yangisiga almashtirish, hal etilishiga ma’lum muddat talab etiladigan takdirda mazkur masalalar yuzasidan aholi orasida tushuntirish va profilaktik ishlarini olib borilishini ta’minlash.
Bajarilishi.“Namuna” maxallasida xozirgi kunda toza ichimlik suvi bilan 75,0 % ta’minlangan kelgusida ichimlik suv ta’minotini yaqshilash maqsadida “Xorazm viloyati ichimlik suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish” loyihasiga berilgan taklifga muvofiq Osiyo infrastruktura va investitsiya bankining kredit mablag‘lari xisobidan 2023-2026 yillarda bajarilishi rejalashtirilgan va aholi orasida tushuntirish va prafilaktik ishlari “Xorazm suv ta’minoti” MCHJ Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Yigirma uchunchi band: Urganch tumani “Hilol” mahallasining 460 ta honadonlarni toza ichimlik suvi bilan taminlash uchun zarur bo’lgan uzunlikdagi quvurlarni yotqizish ishlarini dastur asosida amalga oshirilishini taminlash. (bir hafta muddatda loyiha sxema hujjatlarini ishlab chiqishni amalga oshirish)
Suv ta’minoti va oqova suv obektlari qurulishi bo’yicha injiniring kompaniyasi” UK Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining 2022 yil
21 yanvardagi 24/01-sonli hati bilan Urganch tumani “Hilol” mahallasining 460 ta honadonlarni toza ichimlik suvi bilan taminlash uchun zarur bo’lgan 11 km uzunlikdagi quvurlarni yotqizish ishlari bo’yicha loyihachi tashkilot “Merdian loyiha” h/k tomonidan loyiha smeta hujjatlari to’liq ishlab chiqilganligini bildirmoqda.
Ichimlik suvidan foydalanioshni nazorat qilish inspeksiyasi bosh inspektori Sh.Bekjanov