Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Yuz yillik urush va uning bosqichlari.
Urushning sabablari. Angliya va Fransiya o’rtasida 14-asrning 30-yillarda boshlangan urushlar (1337-1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda “yuz yillik urush” nomini olgan. Filipp IV ning o’limidan so’ng taxtga da’vogar erkak zurriyot qolmaydi. 10-asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III, Filipp IV ning qizidan nabirasi, o’zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e’lon qiladi.
Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi “ Sali haqiqati”dan yerning meros bo’yicha ayol kishiga o’tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunga ko’ra, qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Filipp IV ning qizi o’z o’g’li Eduard III ga Fransiya taxtiga o’tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi.
Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337-yilda inglizlarning mamlakatning janubi-g’arbidagi Akvitaniya yerlarini o’z tasarrufiga olganini e’lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi.
Urushning borishi.
Angliya va Fransiya urushi tez orada umumyevropa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo’llaydi.
Yevropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yo inglizlar, yo fransuzlar xizmatiga o’ta boshlaydilar. Inglizlar 1340-yilda Fransiya dengiz flotini yengib, quruqlikda hujumga o’tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yilda Kresi yaqinida bo’lib, unda fransiyaliklar qo’shini mag’lubiyatga uchraydi. Ingliz qo’shinlarining intizomi, son jihatidan ustun bo’lishi, puxta tayyorgarligi urushning dastlabki davridayoq Angliya ustunligini ta’minlaydi. Erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo’linmasi ham g’alaba omillaridan biri bo’ladi. Inglizlar qo’shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug’ini so’zsiz bajargan. Fransiya qo’shini alohida ritsarlik bo’linmalaridan tashkil topgan bo’lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo’shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo’lmagan.
1356-yilda Angliya Fransiyaning son jihatidan ikki baravar katta qo’shini shahzoda Eduard bo’linmasini ta’qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi.
Eduard fransuzlar uni o’tkazib yuborishi hisobiga barcha o’lja va asirlami, qo’lga kiritgan hamma qal’a va qasrlarini berishga tayyor ekanligini bildiradi. Lekin Fransiya qiroli shahzodani o’z a’yonlari bilan asirlikka tushib, qamoqqa olinishga rozi bo’lishini talab qiladi. Natijada, Eduard jang qilishdan boshqa chora qolmaganiga ishonch hosil qiladi.
Jang davomida fransuzlarning yana birikmay harakat qilishi ularning eng sara ritsarlaiining halokatiga sabab bo’ladi. Fransiya qiroli Ioann Saxiy va o’g’li Filipp asirga tushadi. Jangdan so’ng inglizlarga ularning Fransiyadagi ko’plab yermulklari qaytariladi. Urush esa fransuzlar uchun xavfli tus ola boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |