Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi
Shaxzodbek Baxrom o’g’li Rajabov
Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Xorazm musiqasining janr va ijro uslublari
haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, Xorazm musiqa folklori
ilmiy-nazariy tarzda tavsiflangan.
Kalit so’zlar:
Xorazm musiqa madaniyati, folklor musiqa, Xalfa, musiqiy janr,
ijro uslublari, dostonchilik, Suvora, lapar, aytishuv.
Description of genre and performance styles of Khorezm
music folklore
Shahzodbek Bakhrom oglu Rajabov
Samarkand State University
Abstract
: This article provides detailed information on the genre and style of
Khorezmian music. Also, Khorezm music folklore is scientifically and theoretically
described.
Keywords:
Khorezm music culture, folk music, Khalfa, musical genre,
performance styles, epic, Suvora, lapar, aytishuv.
Milliy o’zlikni anglash, ona vatanni sevish uni ardoqlash, milliy qadriyatlarni
hurmat qilish tuyg’usi- muqaddas tuyg’udir. Milliy qadriyatlarning g’oyaviy-estetik
ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq musiqa merosi, afsona va
dostonlarda mujassamlashgan. Bu esa milliy ta’lim-tarbiya tizimini milliy madaniyat,
milliy qadriyatlar zamirida shakllantirish har jihatdan to’g’ri ekanligini ko’rsatadi.
O’zbek musiqa folklori, jumladan Xorazm musiqa folklori millatning ma’naviy-
musiqiy boyligi bo’lish bilan birga uning mazmunida milliy urf-odatlar, an’analar,
Xorazm mintaliteti o’z ifodasini topgan. Xorazm musiqa folklori o’zining
musiqiyligi, o’ynoqiligi, raqsbobligiga ko’ra insonlarni shu jumladan o’quvchi-
yoshlarni estetik tarbiyalashda muhim didktik vosita sanaladi. Shuning uchun ham
yosh avlodni ta’limni boshlang’ich bo’limlaridan Xorazm musiqa folklori bilan
maqsadli tanishtirib borish insonlarda milliy san’at namunalarini xis etish,
go’zallikga intilib yashash kabi xislatlarni shakllanishida muhim o’rin tutadi.
Xorazm musiqa folkori- bu shu vohadagi xalq orasida urf bo’lib, ular bilan birga
yashab kelayotgan xalq qo’shiqlari, laparlar, yallalar, o’lanlar, yor-yorlar, termalar,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1090
masxaraboz o’yinlar, turli marosimlar, xalq tomoshalari va ularda ijro etiladigan
ommaviy raqs kuylari, dostonchilik, xalfachilik, qo’shiq-ashulachilik kabi kasbiy
musiqa an’analaridan tashkil topgan san’atdir. O’zbek musiqa san’atining tarkibiy
qismi bo’lgan Xorazm musiqasi ayni vaqtda betakror tarovat va jozibaga ega bo’lib,
uning faqat shu vohaga xos xususiyatlari mavjud. Bu uslubning o’ziga xosligi uning
shevasi va an’anaviy cholg’ularida ham namoyon bo’ladi. Masalan, bulamon damli
puflama cholg’usi bu uslubda keng qo’llanib Xorazmning milliy cholg’usi
hisoblanadi. U boshqa mahalliy uslublar uchun xos emas. Bulamon- tut daraxtidan
ishlangan kichik surnay shaklidagi cholg’u bo’lib, unda yakka holda va ko’pchilik
sozandachilar (ansambl) tarkibida ijro etish imkoniyati mavjud.
Xorazmda Kavkazda milliy cholg’u hisoblangan “tor” cholg’usi ham keng
ommalashgan. XIX asr oxirlaridan boshlab bu yerda “Garmon” cholg’usi ham
qo’llana boshlangan. Uni mahalliy xalq shevasida “soz” ham deb atashadi. Bulardan
tashqari Xorazm musiqa san’ati amaliyotida deyarli barcha o’zbek xalq milliy
cholg’ulari- dutor, tanbur, g’ijjak, chang, nay, qo’shnay, doira va boshqalar keng
qo’llaniladi.
Xorazm musiqa uslubida raqs san’ati keng o’rin olgan. Raqs va umuman o’yin
harakatlari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u kuylari o’z navbatida, bir necha turlarga
bo’linadi. Bularga:
1.
Xalq orasida ommaviy tus olgan (ya’ni barcha keksayu –yosh ishtirok etishi
va raqsga tushishi mumkin bo’lgan raqslar). Mazkur kuylarning kuy asosini ma’lum
va mashhur “Lazgi”, “Ganji qorabog’”, “Ufori” kabi kuylar tashkil etadi. Ushbu
kuylar Xorazmga xos cholg’ular yordamida ijro etilishi va barcha qari-yosh, xotin-
qizlarni qamrab olgani bilan mashhurdir.
2.
Xorazmda shunday o’yin kuylari borki, bunday kuylar o’z nomi bilan xalq
sayllari tomoshalarida barcha katta-kichikni o’yinga to’lib, dilxushlik qilishini
bildiradi. Bunday kuylar jumlasiga “Yelpezalandi”, “Ufori yelpizalandi”, Nog’ora
o’yini kabi kuylarni kiritish mumkin. “Lazgi”, “Norim-norim”, “Qari navo”, “Ey
mehribonim” kabi el qalbidan joy olgan raqs kuylari va ashulalari Xorazm uslubida
eng ommabop kuylardan sanaladi.
Xorazm folklori, ya’ni musiqa uslubida eng yorqin va tomoshabinbop
aytimlardan biri laparlardir. Ma’lumki, lapar ikki yoki undan ortiq ijrochilarni
tarafma-taraf bo’lib kuylaydigan qo’shig’idir. Laparni yakka ijrochi raqsga tushib ijro
etishi, lapar aytilganda raqqosalar raqs tushishi va lapar aytishuv tarzida bo’lishi
mumkin. Laparlar ko’pincha ufor usulida kuylanishi an’anaga aylangan.
Qiziqchi va masxarabozlarning o’yin kuylari. Bunday kuylar Xorazmcha
shevaga xos nomlar bilan yuritiladi. Bunday kuylar “Chag’olloq”, “Qum pishik”
“Az-az”, “Az-azning tezi ”, “Xorazmcha”, “Bir yuz bir”, “Ot eroni”, “Surnay yo’li”
kabi nomlar bilan mashhur. Misol:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1091
Laparlarni harakterli xusiyati ularda naqoratlar bo’lmaydi, ko’proq savol-javob
shakliga asoslangan she’riy bandlar qo’llaniladi. Masalan, “Nima-nima, nima
deysiz”, “Boboyjonim”, “Lachakingdan-ov” laparini misol qilishimiz mumkin. Shuni
ham aytish kerakki, Xorazm musiqa uslubida laparlar nafaqat ikki kishi tomonidan,
balki yakkaxon asosan ayollar tomonidan raqsga tushib aytilishi mumkin. Quyida
nota misollari keltirilgan “Pardevol”, “Oxtaraman”, kabi aytimlar aynan yakkaxon
tomonidan kuylanadigan laparlar sirasiga kiradi.
Xorazm uslubida dostonchilik an’analari ham mumim o’rin tutadi. Xorazm
dostonchilik maktabi ayrim dostonlarni ko’proq kuylanishi va kuylashdagi ijro
uslublari bilan o’ziga xoslik kasb etadi. U boshqa dostonchilik maktablaridan
(Qashqadaryo-Surxondaryo doston aytish an’analari) farq qiladi. Bu farqlar quyidagi
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
a)
Xorazm dostonlari (ichki) bo’g’iq ovozda emas, balki, “Ochiq ovoz” uslubida
kuychan tarzda aytiladi.
b)
Mahalliy dostonchilik maktablarida do’mbira sozi jo’rnavoz sifatida
qo’llanilsa, Xorazm dostonchiligida dutordan yoki tor, doira, bulamondan
foydalaniladi. Shuningdek, doston aytishda ijrochilar ansambli ham qatnashishi
mumkin. Bunda ustoz baxshi dutor, tor yoki rubobda, qolganlar esa doira, bulamon
ba’zan g’ijjak asbobida jo’r bo’lib turishadi.
c)
Xorazm dostonlari repertuarini asosan “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari,
“Avazxon”, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Bozurgon”, “Oshiq Oydin”, “Tohir va
Zuhra”, “Oshiq Mahmud”, “Layli va Majnun”, “Sayodxon va Hamro” kabi dostonlar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1092
tashkil etadi. Biroq Xorazm dostonchiligida qahramonlik mavzusidagi (Alpomish)
namunalari uchramaydi.
Xorazm dostonchiligining yirik namoyondalari safida Axmad baxshi,
Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Qodir baxshi Jumaniyozov, Jumaboy
Xudayberganov, Ro’zimbek Murodov, Qalandar baxshi Normetov, Norbek baxshi
abdullayevlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Xorazm musiqa uslubi doirasida dostonlarni garmonda (sozda) ijro etish san’ati
ham bor. Bunda dostonlar bir butun, yaxlit shaklda emas, balki undan olingan
parchalar va termalar aytiladi. Xorazmda bunday doston ijrochilarini Qurbon sozchi,
Qodir sozchi deb atashadi.
Xorazm mahalliy uslubida xalfachilik san’ati yirik bir yo’nalish bo’lib, u
dostonchilikning bir tarmog’i bo’lib shakllangan va keng tarqalgan. Xalfachilik
san’ati asosan ayollar orasida keng joriy bo’lib kelayotgan san’at bo’lib, unda
ko’proq dostonlardan olingan parcha va termalar, shuningdek turli vaziyatlarda
kuylash uchun ijod etilgan to’y-marosim qo’shiqlari, lapar va yallalar, qo’shiq-
aytimlar ijro etiladi. Xorazm xalfalari Buxoro-Samarqand sozandalari singari asosan
xotin-qizlar ishtiroki bilan bog’liq turli yig’in, marosim va bayramlarda
kuylashadilar. Bunda xalfalar ijodi ikki shaklda yakka va jamoaviy (ansambl) tarzida
namoyon bo’ladi.
Yakka (yakkaxon) xalfalar, odatda, doston qo’shiqlaridan tortib, to’y-hasham
qo’shiqlari (masalan “Yor-yor”, “Kelin salom”, “Al muborak” va boshqalar) ni
jo’rnavoz cholg’usiz aytadilar. Shu bilan birga, yakka xalfalar motam marosimlarida
ham ishtirok etib, unda “Ibrohim Adham”, “Bobo Ravshan”, kabi xalq kitoblarini
ma’lum ohanglar asosida o’qiydilar. Xorazm vohasida yakkaxon xalfalarning
mashhurlari
Roziya
Matniyoz
qizi,
Poshsho
Saidmamat
qizi,
Saodat
Xudayberganovalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Tarkibida ansambl bo’lgan xalfachilikda esa odatda ustoz-xalfa (ustoz xalfa
ashula aytadi, ba’zan o’ziga garmonda jo’r bo’ladi) doirachi va raqqosa o’yinchilarni
olib, birga ijro etishadi. Bunday shakldagi xalfalar jumlasiga Bibi Sora, Ojiza
(Onabibi Otajonova), Anash cho’loq (Onajon Sobirova), Xonimjon xalfa, Nazira
Sobirovalarni ko’rsatish mumkin. Ular xalq dostonlari va to’y tantanalari qo’shiqlari
bilan birga lapar, o’zlari va o’zga ijodkorlar yaratgan aytimlarni kuylashgan. Hozirda
ularning
qo’shiqlari
Nazira
Sobirova,
Roziya
Matniyoz
Qizi,
Saodat
Xudoyberganovalar tomonidan kuylanib kelinmoqda.
Xorazm musiqa folklori mahalliy xalqning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, etno-
psixologik xususiyatlari, hayot falsafasi, ijtimoiy qarashlari, maqsadi hamda uni
amalga oshirish yo’lida tashkil etiladigan faoliyat yo’nalishlari, shaxsga talim-tarbiya
berish an’analari asosida shakllangan bo’lib, asrlar davomida tarixiylik, vorisiylik
tamoyillariga muvofiq, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy qadriyatdir.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1093
Xorazm musiqa folklorini to’plash, nashr qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar
amalga oshirilgan. Bunga san’atshunos olimlar B.Matyoqubov, S.Ro’zimboyev,
R.Yunusovlarning tadqiqotlarida Xorazm folklori namunalari, ijrochilik uslub va
an’analari o’rganilgan
Xorazm musiqa uslubining o’ziga xos janr, ijrochilik uslubi, an’analarini
mazmunini chuqur o’rganish, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish
orqali ushbu vohada yashovchi xalqning etnografiyasi, urf-odatlari, tarixi, estetik va
ma’naviy tarbiya uslubi, vositalari haqida pedagogik bilimlarni bilib olish mumkin.
Xorazm ashulachilik san’ati ham ravnaq topgan bo’lib, ular xalq orasida ko’proq
“go’yanda” nomi bilan mashhur. Ashula janrining muhim xususiyati shundan
iboratki, u asosan mumtoz she’riyat na’munalariga asoslanadi. Kuy-ohanglari esa
qo’shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan (mumtoz ashulalarga o’xshash)
bo’lib, ovoz ko’lami (diapazoni) ikki oktava ba’zan undan ham ortiq bo’ladi.
Xorazmda “Suvora” nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlari
mavjuddir. “Suvora” so’zi for-tojikcha bo’lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustoz
hofizlar suvora ashula kuylarini ot tuyog’idan hosil bo’ladigan turli ritmik
tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylarni ifoda etadi deyishadi.
Suvora asosan mumtoz she’riyatimiz darg’alari Alisher Navoiy, Boborahim
Mashrab, Nodira, Ogahiy, Fuzuliy, Munis, Avaz O’tar, Bedil kabi shoirlar she’r-
g’azallari bilan xarakterlanadi. Xorazmda Suvoralarning mashhur ijrochilaridan
Xojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov kabi
nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |