Xorazm maqomlari



Download 54,5 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi54,5 Kb.
#383319
Bog'liq
foydali-fayllar uz xorazm-maqomlarihhhhhhhh


Xorazm maqomlari

Xorazm maqomlari asoslariga kelsak, bu masalaga ikki tomonlama yondoshish zaruriyati tug‘iladi. CHunki Xorazm maqomlari yuzasidan turlicha qarashlar, bahstalab fikrlar mavjud bo‘lib, barchasiga ma’lum darajada yondoshish, qaysi tomonning fikri haqiqatga yaqinroq ekanligini idrok etish zarur bo‘ladi. Bu san’at muxlislarining fikriga bog‘liq.

Birinchidan, Xorazm maqomlarining yaralishi va ijro uslublari haqidagi bahslarga quloq tutmoq zarur bo‘ladi. Bahzi ma’lumotlarga qaraganda, xorazmlik sozanda va bastakor Niyoz­jon Xo‘ja XIX asr boshlarida Buxoroga borib «SHashmaqom»­ni o‘rganib, Xorazmda uni targ‘ib qilgani, Xorazm maqomlari «SHashmaqom»ning o‘zginasi ekanligi aytib o‘tiladi.

Ikkinchi bir manbalarda Xorazm maqomlarining ayrim qismlaridagi parchalar tuzilish jihatidan va xarakter jihatidan bir-biridan farq qilinishi aytiladi. Qanday bo‘lmasin, Xorazm maqomlari Muhammad Rahimxon Soniy - Feruz davrida mashhur shoir va musiqashunos Komil Xorazmiy va o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzo hamda shogirdlari tomonidan Xorazm olti yarim maqomi «Tanbur chizig‘i»ga notalashtirilganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud.

Xonning o‘zi ham etuk shoir, sozanda, bastakor, hofiz bo‘lganligi, qadimiy maqom kuylari asosida «Navo», «Segoh», «Dugoh»larga bog‘lab kuylar yaratgani, u yaratgan Feruz I, II, III ijrolari xalq ichida mashhur bo‘lib ketganligi aytib o‘tiladi. Hatto Xorazm maqomlarini xalqning daxlsiz mulki deb ehlon qilib, maqomlarni kamsitgan yoki buzib ijro etganlarni qattiq jazolash haqida farmoni oliy chiqarganligi aniq manbalar asosida ko‘rsatiladi.

Xorazm maqomlarini notalashtirishga qator musiqashunos olimlar qo‘l urishgan. Mulla Bekjon bilan mashhur musiqashunos Matyusuf Devon 1925 yilda Moskvada chop etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» asarida Xorazm maqomlarining tuzilishi, shakllari, ijro yo‘llari haqida ma’lumotlar berishgan va ayrim nota ko‘rinishlari bilan to‘ldirishgan. Xorazm maqomlari bilan taniqli musiqashunos E.E. Romanovskaya ham shug‘ullangan bo‘lib, shunday yozadi:

«So‘nggi xonlar davrida (X1X asr) Xivada ijro etib kelingan maqomlar ham 1934 yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti ekspeditsiyasi yozib olgan maqomlar aslida Buxoro maqomlaridir. Bu maqomlarni bundan taxminan 130 yil burun Niyozxo‘ja degan sozanda, mashshoq Buxorodan Xivaga olib kelgan»1

Bu haqda qanday fikrlar aytilmasin, baribir, Xorazm maqomlari ijrosida alohida uslub va shakllarga ega bo‘lgan, usul va ritmi jihatidan «SHashmaqom»dan farq qiladigan alohida ijro maktabini kuzatamiz. O‘z davrida Xorazm ijrochilik maktabining buyuk namoyondalari etishib chiqdilar. Muhammad YOqub devon, Bobo bulomon, Komil Xorazmiy, Muham­mad YUsuf Bayoniy, Qurji ota, Polli do‘zchi, Muhammad Rasul Mirzo, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad YUsuf Devon-CHokar, Matpano Xudoyberganov, Madrahim SHeroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ulug‘ san’atkorlar shular jumlasi­dandir.

Xorazm maqomlarini Matpano ota, Madrahim SHeroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o‘rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan, yana bir ulkan bastakor Matniyoz YUsupovdir (1925-1992).

Xorazm maqom san’atini viloyatda yanada rivojlantirish to‘g‘risida, «Tanbur chizig‘i»da bitilgan Feruz zamonasidagi chizig‘iga ko‘chirish bilan kelgusi avlodga to‘laligicha etkazish borasida Xorazm hokimligining 1995 yil 29 sentyabr 203- sonli qarori ehlon qilindi. Ushbu qarorga binoan, taniqli sozandalar Ahmad Masharipov, Ozod Ibrohimov, Ozod Bobonazarovlardan iborat 3 kishilik guruh tuzildi va bu ishlar muvafaqqiyat bilan amalga oshirildi.

Xorazm maqomlari quyidagi tartibda keladi:

Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq, Panjgoh.

Xorazm maqomlarining bevosita tuzilishi va ijroviy xususiyatlariga kelsak, avvalda SHashmaqom yo‘llarining aytim bo‘limidagi sho‘hbalar saqlab qolingan. Lekin keyinchalik Xorazm ijrochilik maktabining tez rivojlanishi natijasida ashula yo‘llarida juda ko‘p o‘zgaruvchanlikni kuzatamiz.

Bahzi sho‘hbalarning nomlanishida ham ijro xususiyatlarida ham o‘zgaruvchanlik mavjud. Masalan, tarona qismlari «Rost» maqomida, «Suvora», «Naqsh», «Faryod»; «Buzruk»da esa «Sayri gulshan», «Navo»da - «Suvora», «Faryod», «Naqsh»; «Dugoh»­da - «Suvora»; «Segoh»da - «Naqsh» va «Muqaddima» deb nomlanadi. Aytim bo‘limlarining bosh sho‘hbasi bo‘lgan Sarahborlar Xorazm­da maqomlar nomi bilan - Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Segoh, Maqomi Dugoh deb nomlanadi. SHunday holat - chertim bo‘limlarida ham kuzatiladi.

Xorazm maqomlaridagi aytim va chertim bo‘limlarining boshlanish qismidagi bir xillik bunga sababdir. Xorazm maqom­larida Sarahborlarning bahzi taronalari terma holda, avj qo‘shilib, yirik shakldagi ashulaga aylantirilgan. «Sarahbori Rost»da uchta tarona mavjud bo‘lib, «Tarona», «Suvora», «Naqsh» deb nomlanadi.

Sarahborlar taronalari bilan aytilganidan so‘ng, talqin sho‘hbalariga o‘tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Tal­qini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Xorazm maqomlarida o‘n beshta nasr yo‘llari mavjud bo‘lib, «Xorazm maqomlari» kitobida sakkizta nasr sho‘hbalari beriladi. Ular «Rost» maqomida «Navro‘zi sabo», «Buzruk»da Nasrulloyi, Navoda - Faryod va Orazi Navo, Dugohda CHorgoh va Bayot, Segohda - Sabo, Nav­ro‘zi Xoro, Nasri Ajam deb nomlanadi.

Xorazmda keng tarqalgan aytim ijrolaridan biri Suvora yo‘llaridir. Suvora iborasi tojikcha otliq, chavandoz ma’nolarini bildiradi. Suvoralar shakl jihatdan maqom sho‘hbalari kabi yirikdir va usullari Soqiynoma yoki Ufar doyra usullarida bo‘ladi. Hozirda Suvora yo‘llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora «Ona Suvora» deyiladi yoki «O‘zbek Suvorasi» deyiladi. Bahzida «Tojik Suvorasi» deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat:



  1. Ona Suvora (katta Suvora).

  2. CHapandozi Suvora.

  3. YAkparda Suvora.

  4. Kajhang Suvora.

  5. Qo‘shparda Suvora.

  6. Besh parda Suvora.

  7. Kalta Suvora.

Savti Suvoralar: Savti Suvora I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII, XIII, XIV, XV va hokazolarga bo‘linadi.

Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. «Ufori savti suvora» I,II hamda «Gul ufor savti suvora» yo‘llari shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, SHashmaqom Xorazm ijrochilik maktabi zamirida o‘ziga xos o‘zgarish va rivojlanish jarayonini kasb etdi. CHertim yo‘llari, usullari ixchamlashtirildi, bastakorlar tomonidan qo‘shimcha namunalar kiritildi. Xorazm maqom­lari ijrochilik nuqtai-nazaridan o‘z mustaqilligini saq­lab qoldi. Asrlar davomida ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan Xorazm maqomlari davrlar o‘tgan sari o‘zining serjilo, serqirra ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lmoqda. Xorazm maqomat san’ati ijrochiligi musiqiy madaniyatimizning ajralmas bo‘lagi sifatida hamisha ardoqlanadi.

Xorazm maqomlarining birin-ketin joylashishi va tarkibiy qismida farqlar mavjud bo‘lib, bunga ehtiborni qaratish zarur bo‘ladi. Muhammad YUsuf Bayoniyning «Tanbur chizig‘i»da maqomlar quyidagi tartibda joylashgan:

Dugoh, Rost, Navo, Iroq, Segoh, Buzruk va o‘z - o‘zidan ko‘rinadiki, «SHashmaqom»da joylashgan, yahni Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida kelmaydi.

I.Akbarov tahriri ostida chop etilgan «Xorazm maqomlari»da esa Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida keladi.

Matniyoz YUsupovning 1980 yillardagi chop etilgan 5 jildlik «Xorazm maqomlari»da ham Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh qo‘shilgan tartibda keladi.



Quyida biz «Xorazm maqomlari» ning turli davrlarda yozilgan variantlarini berish bilan ularning bir-birlaridan farqlanishlarini ko‘rsatishga harakat qildik.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., «O‘zbekiston», 1997.

  2. I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T., «O‘zbekiston», 1995.

  3. I.A.Karimov. Asarlar. 6- jild. T., «O‘zbekiston», 1998.

  4. I.A.Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T., «O‘zbekiston», 1992.

1 Е.Е.Романовская. Хоразм классик музикаси. «Ўздав/нашр», Тошкент, 19- бет.

Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish