Tadqiqot maqsadi:
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining amaldagi ovqatlanishi, xususan ularning
kunlik iste’mol taomlari tarkibidagi asosiy va qo’shimcha oziq moddalarining miqdorini o’rganish is
himizning
asosiy maqsadi
bo‘lib hisoblanadi.
Tadqiqot ob
’
yekti va usuli:
Tekshiruvlar Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 14
-
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3
-
7 yoshli 120 nafar o‘g‘il va qiz bolalar u
stida olib borildi.
Shundan 48 nafari qiz va 72 nafari o’g’il bolalarni tashkil qiladi.
Ularning amaldagi ovqatlanishi anketa-
so’rov va kunlik taomnomani tahlil qilish usullarida olib borildi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishi antropometrik usullar yordami
da o’rgan
ildi (
Камилова Р.Т.
Унифицированная методика исследования и оценки физического развития детей и подростков. –
Ташкент: Абу Али ибн Сина, 1996. –
103 с.). Olingan natijalar mavjud me’yorlarga nisbatan taqqoslandi
(
СанПиН
0250-08).
Olingan natijalar va ularning tahlili:
Kuzatuvlar davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilarning kunlik iste'mol taomlari tarkibidagi asosiy oziq
moddalarning miqdori o’rganildi. Bo
lalarning kunlik iste'mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar
miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga
ko’ra, ul
arning kundalik ovqati tarkibidagi oqsillarning miqdori
me’yor ko’rsatkichlaridan o’rtacha 2,7
-
8,2% kam. O’rtacha bir kunlik ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori
3 yoshli bolalarda 51,6 g, 4-6 yoshlilarda 64,3 g ni va 7 yoshlilarda esa 77,9 g ni tashkil qiladi. Bu
ko’rsatkichlar me’yorga nisbatan tegishli holda 4,5%, 8,2% va 2,7% kamligini qayd qilish mumkin.
Vitaminlar asosiy oziq moddalar singari energetik qiymatga ega bo’lmasada, kundalik ovqat bilan
doimiy ravishda va tegishli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan qabul qilib turilishi zarur. Mineral
moddalar ham vitaminlar singari organizm uchun juda muhim mikronutriyentlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ularning yetishmovchili
gi ham bola organizmining me’yoriy o’sib rivojlanishiga o’z
ta’
sirin
i ko’rsata
di. 3
yoshli bolalarning vitamin C ga bo’lgan kunlik ehtiyoji 45 mg bo’lib, kuzatuvda bo’lgan bolalar kunlik
ovqatida bu ko’rsatkich o’rtacha 35,5 mg ni tashkil qiladi. Ularning vitamin A bilan ta’minlanishi me’yor
darajasidan 13,3% ga kamligini
aytib o’ti
sh mumkin. Vitamin B
1
bilan ta’minlanishi esa me’yor darajasida
ekanligini qayd qilish mumkin.
3 yoshli bolalarning kunlik ovqatidagi kalsiy va fosfor ham me’yor darajasidan aytarli darajada farq
qilmaydi. Jumladan, ularning kalsiy bilan
ta’
minla
nishi me’yor darajasidan 5,4% ga, fosfor bilan ta’minlanishi
esa 3,8% ga kamligini olingan natijalardan ko’rinib turibdi.
Xuddi shunday tendensiyani 4-6 va 7 yoshli bolalarning ovqatlanishida ham qayd qilsh mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |