1006 va 1008-yillarda – qoraxoniylar Xuroson ustiga (G’aznaviylar davlatiga) ikki marta qo’shin tortadi
1038-yilda – Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yi viloyatlari — Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Natijada Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo’linib ketdi
XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda – Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — ko’chmanchi qoraxitoylar (mo’g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo’ldi
1137-yilda – qoraxitoylar Xo’jand yaqinidagi jangda qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi
1141-yilda – bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylar g’alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi
XI–XII asrlarda – «dehqon» degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi o’z ma’nosini yo’qotdi
Do'stlaringiz bilan baham: |