Maxsus sirtqi bo'limi Musiqa ta'limi yo'nalishi 181-gurux 2-kurs talabasi Ollaberganov Shixnazarning"Xor va xorshunoslik" fanidan topshiriqlari.
1) O’rganilayotgan asarni to’g’ri tahlil qilish.
“Gal bari” jo’rsiz xo’r asari to’rt aralash xori uchun yozilgan. Ijro jarayonoda aytishuv ko’rinishida yozilgan bo’lib ayollar va erkaklarning bir biriga savol javob ko’rinishidagi aytishuv talqin qilinadi. Bastakor B. Umidjonov” Gal bari” asarini jo’rsiz xor uchun moslashda Xorazmcha koloritni yo’qotmagan holda moxirona uslubda qo’llangan. Xor asarini boshlashda chap qo’l asosiy ro’lni bajaradi. Dirijyorlik qilish davomida asar boshlanishidan to oxirigacha o’ng qo’l jo’rnavozni boshqarsa, chap qo’l esa xor ovoz partiyalarini boshqarib boradi. Xorga dirijyorlik qilishda chap qo’l asarni ijro davomida dinamik belgilarini , pauza , ritenuta , repriza, fermato kabilarni aniq ko’rsatib boradi .Asarning dinamikasining aniq ko’rsatishda chap qo’lda asosiy urg’ular ko’rsatiladi. Jo’rsiz xor asarlarga dirijorlik qiishda chap va o’ng qo’l bir vaqtda harakat qilib, ijro jarayonida o’ng qo’lning asosiy o’rni ajratilib turadi .
“Gal bari “ Mashrab so’zi, Xorazm xalq qo’shig’i bo’lib xor ijrochiligi uchun yozilgan . B Umidjonov qayta to’rtta ovozda xo’r uchun moslashtirgan “Gal bari” qo’shig’ida Xorazmcha ohanglarni sezishinggiz mumkin . Asar o’lchovi murakkab 6/8 o’lchov 6/8 o’lchovi 3/8 +3/8= 6/8 qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tonalligi lya -minor Tempi Allegro ( tez) sur'atda . Qo’shiqda qaytarish ( reprizalar) ishlatilgan.
2) Asarni tonalligini aniqlash.
"Gal bari" asarining tonalligi lya-minor (a moll)
Musiqiy asarni tonalligini aniqlashimiz uchun biz bilishimiz kerak bo'lgan qoidalar :
-kuyning kalit oldi alteratsiya belgilarini aniqlaymiz
-kuyning tasodifiy alteratsiya belgilariga qaraymiz
-kuyning boshlovchi va yakunlovchi tovushlarini aniqlaymiz.
Tonallik bu - lad joylashgan balandlikdir.
3) Asarning kamchiliklari ustida ishlash.
Xor ijrochiligida asarlarning kamchiliklari ustida ishlashda o'qituvchi har bir o'quvchining imkoniyatlarini yaxshi bilishi va ovozlarni to'g'ri taqsimlashi kerak.Xor jamoasini guruxlarga ovozlarga ajratib olishi kerak.Jamoa bo'lib kuylashdagi xato va kamchiliklarni ovozlarga bo'lib-bo'lib ishlash ham yaxshi natija beradi.Xor jamoasi bilan kuylashdan oldin turli xil ovoz mashqlarini bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |