Xor va xorshunoslik



Download 48,32 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi48,32 Kb.
#450158
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
xor va xorshunoslik referat

Xonandalik nafas olishi.

Xonandalik nafas olishni rivojlantirish kuylash asosi sifatida kuylovchiliktovush ustida ishlash jarayonida kechadi va asta -sekin, sistemali tarbiyalanadi.U bir maromda, erkin, ovoz hosil qilishda qatnashuvchan barchasistemalarning tabiiy muvofiqlashuviga ko‘maklashadigan bo‘lishi kerak.Faqatgina kuylash bilan bog’liq tashkil etilgan, tinch nafas olish "tayangan"tovush uchun sharoit yaratiladi. Bunday tovush to’liq va chiroyli eshitiladi.


Ovoz hosil qilishdan oldin nafas olinadi nafasning bu fazasini nazoratqilish mumkin, bu o’qitish uchun juda muhim. Xonandalik nafas olishjarayonida o‘pka havoga to’ladi va ovoz apparati ovoz hosil qilishgatayyorlanadi. Xonandalik nafasi shovqinsiz ancha chuqur, yarim esnash tuyg’usi
bilan olinadi.
Nafas olganda ko’p miqdorda havo olish yaramaydi, zero tovush berishva ovoz hosil qilish jarayonining o‘zi ham qiyinlashadi. Xonanda nafas olishiva chiqarishi nafasni bir zum tutib turishi bilan ajratiladi, keyin nafas chiqarishboshlanadi. Tovushni qayta yaratishdan oldin nafasni bir zum tutib turish-nafasolish holati, nafas olish pozisiyasini fiksasiyalash momenti nafas olishustanovkasi butun kuylash davomida , butun fiksasion nafas chiqarishdasaqlanish kerak, bu nafas tayanchini tashkil etadi. To’qri nafas chiqarishningasosiy vazifasi uni ohista, tejamkorona chiqarish ovoz to‘qimalari normalishlashi uchun zarur b o‘lgan to‘qima osti bo‘shlig’ida bosim yaratishdaniborat. Nafasniuni oxirigacha tovushga aylantirib sarflay olish xonandaliknafasini egallaganlik mahoratini belgilaydi.
Vokal-pedagogik amalyotida pastki qovurg’a - diafragmatik, ya'ni aralash
nafas olish eng qulay sanaladi. Nafasning bu tipda k o‘krak qafasi va diafragmaishga faol kirishadi: nafas olish ularning bir paytdagi harakati bilan kechadi, buto’liq nafas olish imkonini beradi. nafas va ovoz to‘qimalari o‘zaro ta'siritovushtayanchini belgilaydi. Boshqacha aytganda, xonandalik tayanchi – ovozappara- tining barcha qismlari (bo‘g‘iz, nafas a'zolari va ustki trubka)muvofiqlashgan ishi natijasi.
Xonandalik tayanchining asosiy mezoni qayta yaratilgan tovush sifatidir.Bu yig’iq tembr bo‘yog’iga boy, yaxshi eshitiladigan, dumaloq tovush. Shusababli ta'lim boshlanishida to‘g ’ri tashkil etilgan nafas olish va tovush atakasibirinchi darajali muhim moment sanaladi, zero ko’p jihatdan xor jaranginibelgilab beradi.
Ovoz to’qimalari va nafas hamkorligining boshlang’ich momenti –tovushatakasi deyiladi. Ataka tovush paydo bo’lish momenti. Ovoz hosil qilishningboshlang’ich momentida ovoz to‘qimalari ishini tashkil etayotib, ataka izchiljarangni belgilaydi. Tovushni olish usulini ixtiyoriy o‘zgartirib bu bilan ovozto‘qimalari ish xarakteriga ta'sir etamiz, ular irodamizga bevosita bog’liqemas.Vokal pedagogik amaliyotida yumshoq va qattiq ataka qo’llanadi. Atakakuylashda ifoda vositasi sanaladi.
Kuylash - musiqiy tashkil etish so‘z bilan bog’liq bo’lgan musiqa san'ati. Musiqiy nutq hosil bo’lishida nutq a'zolari: og’iz bo‘shlig’i, til, yumshoqtanglay,pastki jag‘, bo‘g’iz, hiqldoq qatnashadi. Bu a'zolarning (unli va undosh)nutq tovushlarini yaratishga qaratilgan ishi artikulyasiya (talaffuz) deyiladi.
Talaffuz a'zolari alohida ahamiyatga ega.Bu ovoz apparatining engharakatchan va irodamizga buysunadigan qismi. Pastki jaq harakati, lablar ishi,yumshoq tanglay holatini ko’ra olamiz. Bu a'zolar ishi avvalo bo‘g‘iz bilanbog’liq. Talaffuz a'zolari ishi sustligi, xuddi zo’riqish kabi butun ovoz apparatiishiga ta'sir qiladi.
Kuylashda yumshoq tanglay va bo‘qiz ham sozligi juda muhim, zeroongimizga bo‘ysungan yumshoq tanglay orqali bo’g’izga uning barqarorligigata'sir etamiz. Yumshoq tanglayning esnash holatiga kelishi unlilar shakllanishgasharoit yaratadi, ularning dumaloqlashuviga, tembri, bo‘yog’i, yuqori pozisiyagata'sir etadi. Yuqori tonlar yumshoq tanglayning baland ko‘tarilishi, baland"gumbaz" ni talab qiladi. Bu ayniqsa erkak ovozlarida yuqori tonlarnishakllantirishda muhim. Kuylashga o‘rgatish boshdanoq esnashga o’rgatishdaqat'iy e'tibor qaratish lozim. Esnash nafas olish pozisiyasining tarkibiy qismisanaladi.
Artikulyasiya organlarning kuylash jarayonida unlilar hosil qilishi nutqiy unlilardagidan akustika, formatiga ko’ra farqlanadi. Kuylash jarayonidagiundoshlarham shunday xususiyatga ega fonislar (alohida nutq tovushlari) yordamidaxonandalik ovozi va ovoz apparati ishiga ta'sir usuli vokalga o’rgatishningfonetik metodi bo’lib, vokal pedagogikada keng tarqalgan va samaralihisoblanadi.
Artikulyasiya organlari ishi intensivligi va muvofiqlashganligi nutqtovushlari talaffuz sifati, so’zlar aniqligi diktsiyani belgilaydi. Artikulyatsiyaapparati ishini shunday tashkil etish lozimki, tez va intensiv harakatlar, ayniqsatil harakatlari bo’g‘izning kuylovchilik ustanovkasini buzmasin, hiqildoqnideyarli qo‘zg’atmasdan, tovushlarni talaffuz qilishga o‘rgatish lozim.



Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish