Bu borada malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj va skrining xizmatlarini zamonaviy darajaga ko‘tarish, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish birinchi darajali vazifamiz bo‘lib qoladi. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va tibbiy madaniyatni ommalashtirish bo‘yicha ham jiddiy ish olib borishimiz zarur. To‘rtinchidan, bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |