Mazkur xizmat tarkibida yangi tuzilma tashkil etib, unga Tezkor davlat xizmatlari agentligi deb nom bersak, ayni muddao bo‘lardi. Ma’lumki, hammamiz deyarli har kuni turli idoralarga murojaat qilamiz. Deylik, notarius, arxiv yoki kadastr idorasidan, gaz, elektr, suv ta’minoti tashkilotidan yoki mahalladan oddiy bir ma’lumotnoma olish uchun ba’zan kun bo‘yi navbatda turishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan ishlar uchun odamlarning qancha vaqti, asabi ketadi. Shularning hammasini bir joyda, markazlashtirgan holda, tezlik bilan hal qilsa bo‘ladi-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |