Bu yo‘nalishda yana bir muhim hujjat – “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinadi. Bu masalalarni hal qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil etilayotgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi samarali faoliyat ko‘rsatishi kerak. Shuningdek, yolg‘iz qariyalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishga ixtisoslashtirilgan maxsus tuzilma o‘z ishini kuchaytirishi talab etiladi. Bunday savobli ishlarni ro‘yobga chiqarishda jamoatchiligimiz, butun xalqimiz albatta faol ishtirok etadi, deb ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |