Poytaxtimiz Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari kengashlari ta’sis etildi. Shu vaqtgacha poytaxt tumanlarining fuqarolari bunday imkoniyatga ega emas edi. Biz bu borada adolatni tiklab, Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritdik. Toshkent shahri aholisi ham endi o‘z vakillari – deputatlar orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Barchangiz xabardorsiz, shu yil 24 dekabrda ilk bor poytaxtimiz tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ana shu saylovlarda el-yurt uchun chinakam jon kuydiradigan, odamiylik fazilatlari va grajdanlik pozitsiyasi bilan aholi o‘rtasida hurmat-e’tibor qozongan insonlar xalq noiblari etib saylanadilar, deb ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |