Albatta, bu haqda uzoq va batafsil gapirish mumkin. Lekin bugungi tantanali marosim yangicha mazmun va yo‘nalishda o‘tayotganini hisobga olib, men faqat eng muhim o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Joriy yil yakunlari va yangi yilga nom berish to‘g‘risida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqin kunlarda Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida atroflicha fikr yuritiladi, albatta. Biz kirib kelayotgan yangi yilga xalqimizning xohish-istaklari va manfaatlarini hisobga olgan holda nom beramiz. O‘ylaymanki, u sizlarga albatta ma’qul bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |