Shu maqsadda biz sud tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor bermoqdamiz. Jumladan, yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirildi. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlashda noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, ochiq, oshkora va muqobil tanlov tizimini yaratish maqsadida Sudyalar oliy kengashi ta’sis etildi. Sudya lavozimiga muddatsiz tayinlash amaliyoti joriy qilindi. Biz bu borada jahon tajribasini chuqur o‘rganib, o‘z tariximizda birinchi marta shunday yangilikni amalga oshirdik. Shu asosda sudyalarning fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustaqilligining kafolatlari kuchaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |