Sterilizatsiya va sovutish.
Mahsulot qizdirish qurilmasiga uzatilib sterillanadi va tezda sovutiladi.
Konserva mahsulotlarining qanchalik sifatli va uzoq muddatga saqlanishi sterillash va pasterillash jarayonlaring qanchalik to`g`ri olib borilishiga, mahsulot tarkibidagi mikroorganizmlarning qanchalik darajada bo`lganligi va ular yashay olmaydigan muhitni tashkil etishga bog`liq bo`ladi.
Sterillash tartibi mahsulot turi, zichligi, idish turi, o`lchamiga bog`liq bo`ladi. Sterillash jarayoni mahsus avtoklavalarda yoki uzluksiz va uzlukli, bosim ostida ishlaydigan sterilizatorlarda olib boriladi.
Xarakatlanayotgan bankalar oqar suv bilan 30-40Cgacha sovutiladi. Bankalarni sovutkichdan chiqarib olish huddi yuklashdagidek, mustahkam yopilgan klaponlar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |