Sterillashdan keyingi ishlov berish. Yorliqlash.
Taiyor konserva mahsulotlari barcha kerakli ma`lumotlarni belgilash uchun konserva mahsulotlari Davlat standarti asosida yorliqlanadi. Badiiy jihozlash qog`oz yorliqlarga poligrafik usulda tayyorlanib, bankalarga yopishtiriladi yoki issiqqa chidamli bo`yoq bilan idish yuzasiga bosiladi. Yorliq qog`ozlarida yoki idish ustida ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi, u bo`ysunadigan vazirlik, Tovar belgisi, sof og`irligi yoki idish xajmi ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Agar tayyor mahsulot navlarga bo`linsa, unda Tovar navi ham ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |