Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi Tayyor maxsulot tavsifi 11



Download 296,5 Kb.
bet5/12
Sana26.02.2022
Hajmi296,5 Kb.
#470401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Murodil nh3

3. Tayyor maxsulot tavsifi


Menga berilgan qurilma sintez kolonnasida bizning maxsulotimiz suyuq holatdagi ammiak hisoblanadi. Ammiak molekulasining tuzilishi. Azot vodorot bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak molekulasining elektron formulasi quyidagicha:

H
:N:H
H

Ko'rinib turibdiki, azotdagi to'rtta elektronlar juftidan uchtasi umumiy (bog'lovchi) va bittasi bo'linmagan (bog'lovchi emas). U piramida shaklida bo'ladi. Kimyoviy bog'lanish qutbli: musbat zaryad vodorod atomlarida, manfiy zaryad — azot atomida to‘plangan. Shu tufayli ammiak molekulalari orasida vodorod bog‘lanish hosil bo'ladi. Vodorod bog'lanishlar borligi tufayli ammiakning suyuqlanish va qaynash temperaturasi nisbatan yuqori, bug‘lanish issiqligi ham katta bo'ladi, u oson suyuqlikka aylanadi. Fizikaviy xossalari. Ammiak — o'ziga xos o'tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (qaynash temperaturasi — 33,4 °C). Ammiak suvda juda yaxshi eriydi (20 °C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Ammiakning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi. (7-261 b)
Texnik ammiak GOST 6221-90 talabiga binoan ishlab chiqariladi. Texnik ammiak ko`rsatkichlari quyidagi jadvalda ko`rsatilgan normalarga javob berishi kerak.

Ko`rsatkichlar nomi

Markalar normasi

А

Ак

Б

1.Ammiakning massa ulushi, % dan kam emas
2.Azotning massa ulushi, % dank am emas
3.Suvning massa ulushi (bug`latishdan so`ng), %
4.suvning massa ulushi (Fisher usulida), %
5. Yog`ning massa kons-si, mg/dm3, dan kam emas
6.Temirning massa kons-si, mg/dm3, dan kam emas
7. Umumiy xlorning massa kons-si, mg/kg, dan kam emas
8. Massa kons-a ulushi uglerod (IV) oksidning, mln -1 (mg/kg), dan kam emas

99,9
-
-
0,1
2
1
-
-

99,6
82
0,2-0,4
2
1
0,5
30+10

99,6
82
0,2-0,4
8
2
-
-

Ammiakning asosiy fizik-kimyoviy xossalari. Suyuq ammiak – rangsiz, shaffofdir. U gaz holida ham rangsiz bo`lib juda o`tkir hidga ega. Hajmiy og`irligi:
a)suyuq ammiak – 120C da 0.1732 MPa bosimda 0.654 kg/l
b)gaz holdagi ammiak 0.1732 MPa bosim va -120C da – 2.21kg/m3
Molekulyar massasi M – 17.0304
Molyar hajmi – 22049 sm3
0.1MPa (760 mm Hg) da qaynash temperaturasi – minus 33.50C
0.1MPa (760 mm Hg) da suyuqlanish temperaturasi – minus 77.80C
Kritik temperaturasi – 132.40C
Kritik bosimi – 11.15 MPa
Ammiak normal sharoitda oksidlovchilar ta`siriga barqaror, suyuq ammiak qiyin yonuvchi modda hisoblanadi. Kislorod ishtirokida yonish jarayoni quyidagicha boradi:
4NH3 + 3 O2 2 N2 + 6 H2O + Q
Oksidlanish katalizator ishtirokida borsa, azot oksidi hosil bo`ladi:
4NH3 + 5 O2 4 NО + 6 H2O + Q
Ammiak suvda juda yaxshi eriydi, jarayon ammoniy gidroksid hosil bo`lishi bilan boradi:
NH3 + Н2O NН4ОH + Q
200C 0.1 MPa bosimda 1 hajm suvda 760 hajm ammiak eriydi. Suyuq ammiak yengil uchuvchan gaz, u ko`plab organik va noorganik moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Suyuq ammiakda bosim ortib borishi bilan azot, argon, metanlarning eruvchanligi ortib boradi. U toksikologik xususiyatga ega bo`lib, ko`z shilliq pardasini va nafas yo`llarini zaharlab yemiradi, kuchli nafas bo`g`ilishiga olib keladi.
Ammiakning qo`llanilish sohalari.Texnik ammiak nitrat kislota olish uchun hom ashyo bo`lib xizmat qiladi. Bu jarayon ikki bosqichda boradi: dastlab ammiak azot oksidigacha oksidlanadi:
4 NH3 + 5O2 4 NО + 6 Н2О
So`ng NO NO2 gacha oksidlanadi va suvga yuttiriladi:
2NО + O2 2NО2
3NО3 + Н2O  2НNО3 +NO
Nitrat kislota ammiak bilan o`zaro ta`sirlashib juda qimmatbaho bo`lgan mineral o`g`it ammoniy selitrasini hosil qiladi:
NH3 + NHO3 NН4NO3 + NО3
Ammiakning yuqori bosim ostida karbonat angdrid bilan ta`sirlashishidan yuqori konsentratsiyali o`g`it – sintetik karbamid olinadi:
2NH3 + CO2 = CO(NH2)2 + H2О
Ammiak o`g`it sifatida keng foydalaniladi va azotli o`g`itlar olish uchun asosiy hom ashyo hisoblanadi. Ammiak o'g'it sifatida ishlatiladi, u tuproqqa suyuq holatda beriladi, shuningdek ammiakdan sovutgichlarda, metallurgiya sanoatida, plastmassalar, fotografiya materiallari preparatlari va boshqalar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiakning ko‘p qismi turli xil azot tutgan o'g'itlar va nitrat kislota ishlab chiqarishda qayta ishlanadi, ulardan kimyo sanoatida ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng miqyosda foydalaniladi. (5-124 b)

Download 296,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish