Xolmamat eshmamatov yakuniy nazorat


JISMONIY TARBIYA HAMDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING SHAXSIY GIGIENASI



Download 22,76 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2021
Hajmi22,76 Kb.
#69919
1   2   3   4   5
Bog'liq
XOLMAMAT ESHMAMATOV YAKUNIY NAZORAT

2.JISMONIY TARBIYA HAMDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING SHAXSIY GIGIENASI

2. Sog’lom turmush kechirish, soglom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta. Bu borada A.K.Atayev, G.I.Bagdanov, V.I.Gluxov, N.I.Muhammedov, M.T.Toirova, H.Q.Yo’ldoshev, T.Haydarov, F.Xo’jayev va boshqa olimlarning taqqiqotlarida tavsiyalar berilgan. ”Chunonchi, taraqqiy etgan mamlakatlarda sog’lomlashtirishga asosan jismoniy tarbiya va sport omillari bilan erishayotgani hech kimga sir emas. Demak, biz ham o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan har tomonlama uyg’un kamol toptirish muqaddas burchimizdir”. [ F.Xo’jayev, T.Usmonxo’jayev ”Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari ” T.’’O’qituvchi” 1996-yil.]

I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi muhit bilan chambarchas bog’langan deb tavsiflaydi. Jismoniy mashg’ulot yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi. Modda almashinuvi yaxshilanadi, to’qimalar oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi, parchalahgan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va yanada chidamli bo’ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik, ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Bolalik davridan boshlangan chiniqish mashg’ulotlari ayniqsa foydalidir. [ Gluxov B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b]

Respublikada ’’ Jismoniy tarbiyava sport to’g’risida’’ qonuninig qabul qilinishi, ” Sog’lom avlod uchun” ordening ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda ilk poydevor bo’ldi.

Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan sog’lom, baquvvat, irodali, chiniqqan, mahoratli yoshlarni tarbiyalash haqida g’amxo’lik qilishmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida sog’lomlashtirishgina emas, balki, ta’lim va tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi.

Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab seksiyalari va boshqalar.

Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya – iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda г muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi.

O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shrt, degan fikr ta’kidlanadi.

Bu qonun to’la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir.

Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz:

Bulardan 1998-yilda ”O’bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar:

Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To’laganov, Ruslan Chagayev va boshqalar.

1999-yilda ”O’zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar:

Akobir Qurbonov milliy kurash bo’yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo’yich 2- jahon chempioni, Sambo bo’yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O’quvchilarga bu sportchilarni tanishtira ekanmiz ularning ongida


  1. Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi,


  2. Sportga mehrlari ortadi,


  3. O’quvchilar ularga o’xshashga intiladilar,


  4. Yangi g’alabalarga erishishga undaydi.


Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shakilanishiga tor ma’nodaqamaslik lozim.chunki u turmush-tarzining asosiy qismi,millat salomatligi ta’minlovchi tizimdir.

Shuni unutmaslik kerakki, o’quvlarning o’zlariga ma’qul bo’lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o’zlashtirishi spotrning yuqori pog’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo’lishi bolalar va o’smirlar sport maktabiga o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liqdir.

G’olib chiqqan komandalar rag’batlantiriladi.So’ngra keyingi musobaqalarga yo’lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat,basketbol,qo’l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g’oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi.

Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.

Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar”o’yini ,”O’quvchilar spartakiadasi” ga keng o’rin berilagan.



Maktab, oila, pedagoglar, o’quvchilar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog’lom hayot tarzini o’quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq atadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg’ulot davomida o’quvchilarga tushuntirib boriladi.


Download 22,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish