Sh.Djabbarova G‘aybullo Mirsanov savol va taklifingiz uchun katta raxmat. Takliflaringizni qabul qilamiz. Dissertasiya mavzusidagi texnik xatolikni bartaraf etamiz. Dissеrtatsiyaning kirish qismi O‘z.R. OAK Nizomi talablariga ko‘ra oldin President Farmonlari keyin President qarorlari keltirishi orqali kamchiliklarimizni bartaraf etamiz. 2-savol. OAK Nizomi talablariga ko‘ra avtoreferatda to‘liq ingliz tili shaklda ham berish mumkinligi sabali rus tilida emas balki ingliz tilida to‘liq avtoreferat matnini berganmiz.
A.Eshmo’minov: Raxmat, Shoira Baltayevna dissertatsiyaning asosiy mazmunini bayon qildingiz. Menda bitta taklif bitta savol bor. 1-savolim: Dissеrtatsiya ishingizda muqobilsiz leksikani olgansiz. Nima uchun ishingizda asosan realiyalarga urg‘u bergansiz, biroq lakunalar tahlilga tortilmagan? Dissertatsiyangizning bazi joylarilarida muqobilsiz leksika lingvomadaniyatshunoslik ob’ekti va yana alohida muqobilsiz leksika tarjimashunoslik ob’ekti deb ko’rsatilgan. Ikkalasini birgalikda bir jumlada berib ketish maqsadga muofiq bo‘lardi.
Sh.DjabbarovaSavol va takliflaringiz uchun rahmat! Mazkur dissertatsiyamizning
I-bobning 2-paragrfida Olimlarning ilmiy qarashlardan kelib chiqqan holda, muqobilsiz leksikaning asosiy ko‘rinishi sifatida realiya va lakuna tahlilga tortilgan V.G.Gak lakunalarni mazkur jamiyatda tushunchalarning mavjudligi, biroq ularni ifodalovchi so‘zlarning yo‘qligi, bunday tushunchalar uchun boshqa tilda alohida leksik ifodalarning mavjud bo‘lishi deb hisoblaydi. Lakunalarga misol tariqasida ingliz tilida rus tiliga qiyosan sutka va kipyatok so‘zlarining mavjud emasligini keltirilgan. Shu bilan bir qatorda olimlarning realiyalar bo‘yicha ham tadqiqi paragrfda tahlilga tortilgan. II-bobda asosan o‘zbek tilidagi realiyalarning rus va ingliz matbuotida qo‘llanilishi tahliliga tortilgan. Buning sababi biz ishimizning ob’ekti qilib muqobilsiz leksika tarkibiga kiruvchi realiyalarni tahlilga tortganmiz.
Taklifingiz uchun katta rahmat. Dissertatsiyamizning bazi joylarilarida muqobilsiz leksika lingvomadaniyatshunoslik ob’ekti va yana alohida muqobilsiz leksika tarjimashunoslik ob’ekti deb ko‘rsatilgan bo‘lib, ikkalasini birgalikda bitta jumlada berib ketish kerak degan fikringizni qabul qilamiz va qayta ko‘rib chiqamiz.