Bog'liq 14mak ona tili va adabiyot yarim yillik hisobot (2)
Xo’jaobod tumani 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fanlari metod birlashmasining
2021- 2022 o’quv yili
davomida bajarilgan ishlar yuzasidan yarim yillik
H I S O B O T I 2021-2022- o’quv yilida bizning 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida Ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fanlari metod birlashmasi 8 nafar a’zolari bilan faoliyat yuritdi. Bular: 3 nafari oliy-toifa, 1 nafari I-toifa, 3 nafari II-toifa 1 nafari mutaxasis pedagoglardir. Metod birlashmaning asosiy maqsadi Ona tili va adabiyot fan o`qituvchilarining uzluksiz pedagogik mahoratini, dars berish metodikasini takomillshtirib borish, o`quvchilarni Ona tili va adabiyot fanlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirishdan iboratdir.
Oktabr oyida ona tili va adabiyot fani oyligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ochilish marosimi “Ona tilim-jon-u dilim” mavzusida bo’lib o’tadigan tadbir bilan boshlandi.Oktabr fan oyligida 5-7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida “Ifodali o’qish” musobaqasi o’tkazildi.9-11-sinf o’quvchilari o’rtasida Zakovat intelektual o’yini tashkil etildi.8-11-sinflar o’rtasida “Ona tilim- g’ururim” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.
Har Seshanba Ona tili va adabiyot fanlari metod birlashmasi kuni .Shu kuni fanlar kesimida 5,6,7,8,9,10,11-sinflar o’rtasida fan to’garaklari bo’lib o’tmoqda.
Ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi Qo‘chqarova Shaxnoza 9-“v” sinfda “Imom Buxoriy buyuk muhaddis” mavzusida ochiq dars tashkil qildi. Dekabr oyining 17- sanasida o’tildi.
Dekabr oyida Ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi Usuvaliyeva Marg‘uba 5-“g” sinfda
“So’zlarda tovush tushishi “mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. 6 “a” sinfida Xo‘jamberdiyeva Shahlo mutolaa darsi tashkil etdi. Xolikova Gulzira 3-“b”sinfda to‘garak mashg‘uloti o‘tib berdi.
Barcha o’qituvchilar darslarni DTS talablari asosida ko’rgazmali qurollar bilan na’munali dars tashkil qiladilar.Bundan tashqari xar Seshanba kunida Ustoz shogird an’anasi asosida maxorat darslari tashkil qilinmoqda. O‘qituvchilarning hujjatlari vaqtida nazorat qilib borilyapti.
O‘zbek tili, ona tili va adabiyot fanlaridan 2- chorak yakuni bo’yicha nazorat ishlari olinib ,choraklik baholar chiqarildi. Hisobotlar tayyorlandi.
9-11-sinflar kesimida “Mening prezidentim” mavzusjida insholar tanlovi faol o’tkazildi. Tanlov yuzasidan dalolatnoma va buyruqlar, rasmlar va yozma ishlar tayyorlanib, tuman XTB metodistiga topshirildi.
Ona tili va adabiyot fan o`qituvchilari yutuq va kamchiliklarni inobatga olgan holda uslub birlashma a’zolarining yarim yillik “SVETOFOR” tahlili ko’rsatib o’tildi.
Kelgusidagi bajariladigan ishlar va vazifalar metod birlashma a’zolariga taqsimlab berildi.
Metod birlashma rahbari: Feruza Matkarimova