Xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligi



Download 16,29 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2022
Hajmi16,29 Kb.
#643474
1   2
Bog'liq
4 mavzu amaliy mashg'ulot

2-Topshiriq

Investitsiyalarning rentabelligi koyeffitsiyenti xo’jalik yurituvchi subyekt raqo-batbardoshligi va innovatsionligining yeng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:


K = SF : (O‘K + UMM) x 100%


Bu yerda: K – xo’jalik yurituvchi subyekt investitsiyalarining rentabelligi;
SF – xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasi;
O‘K – xo’jalik yurituvchi subyektning o‘z kapitali;
UMM – xo’jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli majburiyatlari.

Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq:


foyda summasini ko‘paytirish;
xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish.
Bu yo‘nalishlar har bir xo’jalik yurituvchi subyektдda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab necha guruhga bo‘lish mumkin va ular qanday nomlanadi?
Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar qanday xarajatlarni o‘z ichiga oladi?
Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari nimalardan iborat?
Xo’jalik yurituvchi subyektningning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday ta’rif berish mumkin?
“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasidan qanday farqlanadi?
Xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiga, odatda, nimalar kiritiladi?
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qanday klassifikatsiya qilinishi mumkin?
Xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi?
Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi?
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga klassifikatsiya qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat?
Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin va ularning tarkibiga nimalar kiradi?
Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar nimalarga bo‘linishi mumkin?
To‘g‘ri xarajatlar va yegri xarajatlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday xarajatlarga bo‘linadi?
Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo‘llari mavjud?
Xo’jalik yurituvchi subyektningning barcha moliyaviy resurslari qanday resurslardan tashkil topadi?
Xo’jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari nimalar hisobidan shakllanadi?
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushumlarning tarkibi nimalardan iborat?
Investitsion faoliyatdan resurslar xo’jalik yurituvchi subyektga qanday ko‘rinishlarda kelib tushadi?
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanaveriladimi va foyda deganda nima tushuniladi?
Amaliy faoliyatda “foyda”ning barcha tushunchalarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin?
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda xo’jalik yurituvchi subyektlar ko‘p hollarda foydaning qanday ko‘rinishlariga (tushun-chalariga) tayanadi?
Asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?
Balans foyda nimadan iborat?
Sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?
Hisobotlarda foyda qanday ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin?
Xo’jalik yurituvchi subyektninglar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday hisobotda O‘z aksini topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur bo‘lgan qanday muhim ma’lumotlar mujassamlashgan?
Faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar qanday tarzda hisoblanadi?
Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo‘ladi?
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foyda va nihoyat, sof foyda qanday aniqlanadi?
Foydaning taqsimlanish tartibi qanday?
Rentabellik ko‘rsatkichi o‘zida nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning qanday ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi?
Sotuv (sotish) rentabelligi qanday aniqlanadi?
O‘z kapitalining rentabelliginin aniqlash tartibi qanday?
Aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o‘zida nimani aks yettiradi?
Investitsiyalarning rentabelligi koyeffitsiyenti qanday hisoblanadi?
Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning qanday guruhlari bilan bog‘liq?
Download 16,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish