Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana22.06.2021
Hajmi1,24 Mb.
#72748
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
4-1- modul- boshlangich talimda yozma ishlarni orgatish metodikasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

3-mavzu:  Boshlang‘ich  sinflarda  bayon  tashkil  etishda  ilg‘or  xorijiy 

tajribalardan foydalanish. (2 soat amaliy)  

1.Boshlang‘ich sinflarda bayon  

2.O‘qish darsligidagi hikoyalar asosida bayon yozish.  

3.O‘qish darsligidagi hikoyalar asosida bayon yozish.  

4.Tanlab hikoya qilish va bayon.  

5.Qisqartirib hikoya qilish va bayon.  

6.Ijodiy qayta hikoya qilish va bayon. 

 

O‘zbekistonda  ta’limni  isloh  qilish  ta’limning  barcha  turlarida  maqsad  va 



vazifalarni  qayta  ishlab  chiqish  bilan  mahkam  bog‘langan.  Xalqaro  aloqalar 

ko‘lamining  kengayib  borayotgan  sharoitida  jamiyatning  barcha  sohalarida  o‘z  fikrini 

og‘zaki  va  yozma  ravishda  erkin  bayon  qila  oladigan  yuqori  malakali  malakali 

mutaxassislarga  ehtiyoj  va  talab  ortib  boradi.  Ayniqsa,  kelajak  avlodda  o‘z  fikrini 

nutqning  har  ikki  turida  ham  erkin  bayon  qila  olishida  muhim  bosqich  bo‘lgan 

boshlang‘ich  ta’lim  sohasida  yetuk  mutaxassislarni  yetishtirish  oliy  ta’limning  dolzarb 

masalalaridan  biridir.  Ushbu  muammoning  yechimi  Davlat  ta’lim  standartlari  va 

ta’limga oid davlat hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.  

Bayon  umumta’lim  maktablarida  o‘tkaziladigan  muhim  yozma  ish  turlaridan  biri 

bo‘lib,  o‘qib  berilgan  namunaviy  matn  mazmunini  ma’lum  tayyorgarlikdan  so‘ng 

yozma  qayta  hikoyalashdir.  O‘qish  darslarida  matn  ustida  ishlash,  o‘qilgan  matn 

yuzasidan savollarga javob berish,  reja tuzish va reja asosida og‘zaki qayta hikoyalash 

bayon yozishga asos bo‘la oladi. 

Qayta hikoyalashning turlari quyidagicha: to‘liq qayta hikoya qilish, matnga yaqin 

qayta  hikoyalash,  tanlab    qayta  hikoyalash,  qisqartib  qayta  hikoyalash,  ijodiy  qayta 

hikoya qilish. 

Har  qanday  qayta  hikoya  qilingan  matn:  hikoya,  voqea,  teleko‘rsatuv,  multfilm 

yuzasidan  bayon  yozish  mumkin.  Ammo  bayon  yozish  og‘zaki  qayta  hikoyalashga 

nisbatan  biroz  murakkab  faoliyat  bo‘lganligi  sababli  bunday  mashq  turlarini 

boshlang‘ich sinf davridanoq boshlash lozim. 




 

Og‘zaki  qayta  hikoyalash  1-sinfda  ham  olib  borilsa-da,  uning  yozma  amaliy 

ifodasi,  asosan,  ikkinchi  sinf  davriga  to‘g‘ri  keladi.  2-sinfda  30–40  so‘zli  matn 

yuzasidan o‘qituvchi yordamida bayon yozish, 3-sinfda 40–60 so‘zdan iborat matnning 

mazmunini    yozma  ifodalash,  4-sinfda  esa  mustaqil  tuzilgan  reja  asosida  70–90  so‘zli 

bayon yozish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun me’yoriy faoliyat hisoblanadi.  

Bayon  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  so‘z  boyligini  oshiradi,  nutq 

madaniyatini yaxshilaydi, tilga sezgirliklarini oshiradi. 

Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  bayon  yozishga  tayyorlashda  texnik  va  ta’limiy 

talablar  muhim  sanalib,  texnik  talablarga  o‘quvchining  partada  to‘g‘ri  o‘tirishi,  o‘quv 

qurollaridan  o‘rinli  foydalanishi  va  yonidgilarga  xalaqit  bermasligi  kirsa,  o‘qituvchi 

o‘qigan matnni diqqat bilan tinglash, jamoaviy reja tuzishda ishtirok etish, matnni talab 

darajasida bayon etish ta’limiy talablar doirasiga kiradi. 

O‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlashda ham, o‘z navbatida, innovatsion metod 

va loyihalardan foydalanilsa, natija samarali bo‘ladi.  

3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan Ona tili darsligining 34-mashqida “Kitob” 

matni berilgan. Ushbu matn yuzasidan bayon tashkil etishda quyidagi tavsiyalar muhim 

ahamiaytga ega hisoblanadi: 

Matn  o‘qituvchi  tomonidan  o‘qib  berilgandan  so‘ng,  o‘quvchilardan  biri  ham 

qaytadan  ifodali  o‘qib  bo‘lgach,  savollar  yordamida  matn  mundarijasini  yoritib  olish 

mumkin? 

1.Matnda nechta shaxs nomi ishtirok etyapti? (podsho, vazir, donishmand) 

2.Matnda nechta narsa nomi alohida ta’kidlanib aytildi. (qilich, non, oinai jahon) 

3.Qanday  harakatni  bildiradigan  so‘zlar  yodingizda  qoldi?  (so‘radi,  javob  berdi, 



yoniga chaqirdi, ma’qul tushdi) 

O‘quvchilarning  jamoa  bo‘lib  yuqoridagi  savollarga  javob  topishi,  matndagi 

voqealarni bilish bilan birga uning mazmunini anglashga ham yordam beradi. 

1.Podsho vazirlardan nimani so‘radi? 

2.Vazirlar qanday javob qaytarishdi? 

3.Podsho nega vazirlarning javobini qabul qilmadi? 

4.Donishmandning javobi qanday edi? 



 

5.Nima sababdan kitob dunyodagi eng zo‘r va kerakli narsa ekan? 

O‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob topish asnosida bayon matnini yaratadilar. 

Faqatgina  matn  savollarga  javob  shaklida  bo‘lib  qolmasligiga  e’tibor  qaratish  lozim. 

Shuning  uchun  ham  savollar  yordamida  reja  tuzib  olishlik  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 

Rejada  so‘roq  gaplar  ishlatilmaydi.  Matnni  yoritishda  yordam  beradigan  so‘z 

birikmalari va gaplardan foydalanish mumkin. 

Reja: 


 

1.Podshoning savoli. 

 

2.Vazirlarning savolga javob izlashi. 



 

3.Donishmandning munosib javobi. 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yozma nutq og‘zaki nutqga qaraganda ancha 

murakkablik  tug‘diradi.  Chunki  ularning  ba’zilari  hali  yozuv  malakalarini  to‘laligicha 

o‘zlashtirib  olmagan  bo‘ladilar.  Shu  sabab  ham  ulardan  og‘zaki  qayta  hikoya  qila 

olishliklariga  ishonch  hosil  qilingandan  so‘ng  yozishga  ruxsat  berilsa  maqsadga 

muvofiq bo‘ladi. 

Yozma  ishlar  o‘quvchilarning  yozma  savodxonligi  va  imlosini  yaxshilash  bilan 

birga  ularning  nutqi  va  tafakkuri  rivojiga  ham  samarali  ta’sir  qiladi.  Natijada 

o‘quvchilarda: 

- narsalarning aniq va yorqin timsollarda aks ettirish

-  miyada  timsol-tasavvurni  uzoq  vaqt  yaxshi  saqlab  qolish  imkonini  beruvchi 

ko‘rish va eshitish xotirasi

- ongli ravishda ikki va undan ortiq narsani yodda qiyoslash va ularni rangi, shakli, 

o‘lchami va tarkibidagi detallar miqdoriga ko‘ra taqqoslash qobiliyati

- turli ob’yektlarning qismlarini bir-biriga moslab bir butunlik hosil qilish va yangi 

xususiyatlarga ega ob’yektlarni yaratish qobiliyati rivojlanadi. 

Zamonaviy  o‘quv  muassasasining  asosiy  vazifalaridan  biri  shaxsning  muomala 

madaniyatini  ko‘rsatadigan,  darajasini  belgilaydigan  nutq  madaniyatini  shakllantirish 

sanaladi.  Muomala  mahorati  tilni  talaffuz,  grammatik,  lug‘aviy  jihatdan  o‘rganish 

jarayonida  egallangan  ko‘nikmalar  asosida  shakllanadi,  tilning  ijtimoiy-madaniy 

qatlami  o‘zlashtiriladi.  Muomala  mahorati  nutq  janri  va  tegishli  til  vositalari,  nutq 




 

vaziyati  komponentlari  hisobi  bilan  matn  tuzish,  jumlalar  qurilishi  me’yori  tanlovi 

sifatida  tushuniladi  va  shaxsning  muomala  madaniyati  boyligi  sanaladi.  O‘quvchilar 

baholovchi  faoliyat  asosida  o‘rtoqlarinng  yozma  ishlarini  va  boshqa  mualliflarning 

asarlarini  baholay  olish  mahoratini  egallaydilar.  Turli  ko‘rinishdagi  nutq  janrlarini 

yaratishni  o‘rganish  o‘quvchilarning  muomala  vakolatining  shakllanish  jarayonida  hal 

qilinishi lozim bo‘lgan xususiy masalalardan biri bo‘libgina qolmay, shaxsning axloqiy-

ma’naviy  jihatdan  shaklanishida  uning  salohiyatini,  ma’naviyatini,  madaniyatini 

yuksaltiruvchi,  dunyoqarashini  kengaytiruvchi,  mustaqilligini,  tashabbuskorligini 

rivojlantiruvchi vosita sanaladi. 




Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish