Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati va adabiyotini til o’ragatilyotgan mamlakat madaniyat v a adabiyoti bilan bog’liq va farqli jihatlari



Download 0,5 Mb.
bet5/9
Sana30.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#96133
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G`OFUROVA DILDORA

3. Tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati va adabiyotini til o’ragatilyotgan mamlakat madaniyat v a adabiyoti bilan bog’liq va farqli jihatlari.

Xalqlar madaniy hamkorligining o’sib, mustahkamlanishida adabiyot olam shumul ahamiyat kasb etmoqda. Millat va elatlarmadaniyati yuksalishini adabiy aloqalarsz hamda mazkur jarayonning doimiy rivojlanishisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Istiqlol sharofati tufayli mamlakatimizda horijiy tillarni chuqurroq o’rganishga va turli sohalarda horij bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o’rinda chet el adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va o’z navbatida o’zbek adabiyotining shoh asarlarini boshqa tillarga o’girish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiy aloqalr ayniqsa mustaqillik yillarida o’z rivojini tomoqda, ya’ni chet el adaiblarining asarlari o’zbek tiliga , o’zbek adiblarining asarlari xorij tillariga bevosita tarjima qilinmoqda. Shu nuqtai-nazardan Ingliz- O’zbek adabiy aloqalri ham kundan-kunga rivojlanmoqda.

Jahon adabiyoti tarixida shunday adiblar borki ,ular ijodining ahamyoti zamonlar o’tgan sari tobora ochilib boradi. Mashhur AQSh yozuvchisi Mark Tven (1835-1910) va atoqli o’zbek shoiri G’afur G’ulom (1903-1966) shunday adiblardandir.Mark Tven ijodiga turlicha qarash adib hayotidayoq namoyon bo’ldi.U olamdan o’tgandan so’ng esa adibni ayrimlar yumarist,o’tkir kulgu ustasi deb baholashsa,ayrimlar unga Amerika jamiyatining tanqidchisi siftida qarashardi.

G.G’ulom she’riyati bilan dunyoning besh qit’asidagi kitobxonlar yaqindan tanishadi.Uning asarlari o’ttizga yaqin chet tillarga: olmon, ingliz,arab, hind,urdu,farang,ispan,xitoy tilariga tarjima qilinib dunyo adabiyotida o’z mashhurligiga erishgan adabiyotchardan biridir.

M.Tven va G’.G’ulom ijodiga zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan baho berish,har ikki adib ijodiga mushtariylar va o’ziga xosliklarni ko’rsatib berish tadqiqotimizni dolzarbligini belgilaydi.



Har ikkala adib o’z davri bolalar va o’smirlarning tipik na’munasini aks ettirgan mashhur asarlar yaratishgan.Ammo shu paytgacha ikki xil muhut tuzum vakili bo’lgan bosh qahramonlarning umumiy ruhiyati va yosh fiziologiyasining bosqichlaridagi mushtarak tuyg’ular qiyosan ko’rib chiqilmagan hamda mualliflarning ularning ochib berishda badiiy mahorati masalalari o’rganilagan. Mustaqillik yillarida qiyosiy adabiyotshunoslikni rivojlantirish, ilgari yetarli darajada e’tibor berilmagan turli xalqlar bolalar adabiyoti o’rasida mushtarak ijodiy meod masalalarini o’rganish zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.Jahon adabiy jarayoni murakkab hodisa.unda barcha adabiyotlar doimiy aloqada bo’lib,bir –biriga u yoki bu darajada ta’sir ko’satib turadi.Bugungi kunda o’z qonun- qoidalari asosidagina rivojlanadigan, tashqi ta’sirdan xoli sof milliy adabiyotni toppish qiyin. Biroq adabiyotshunslikka oid ishlarni adabiy ta’sir masalasini o’rganishda ehtoyot bo’lish kerakligi uqtiriladi.’’Adabiy ta’sir maslasini o’rganish ilmini turli yozuvchilar ijodidagi hamma va har qanday tashqi o’xshashlik va monandlikni qidirishdan iborat ermakka aylantirib qo’yish yaramaydi.

Adabiy aloqalarni o’rganish bugungi kun sharoitida juda muhum ahamyatga ega,mushtarak mavzular,mushtarak voqealar,mushtarak obrazlar turli adabiyotlada mavjud.Ularni tahlil qilar ekanmiz ,bir adibning ikkinchi adibning ‘’soyasiga’’aylantirib qo’ymasligimiz,bir milliy adabiyotda yaratilgan asarni boshqa adabiyotda mavjud asarni boshqa adabiyotda mavjud asarni ‘’variant’’i deb qramasligimiz lozim.

Yer yuzida yashovchi turli millatlar o’rtasidagi madaniy va adabiy aloqalar kecha yoki bugun boshlangan hodisa emas. Ularning ildizi qadim- qadimga borib taqaladi. Adabiyotshunos olima F.K.Sulaymonova to’g’ri ta’kidlaganidek ,’’ hech qachon hech qaysi xalq,elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan,o’z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday tarqqiyot bo’lmagan edi. Xalqlar o’rtasida adabiy aloqalarni rivojlanishiga nashriyotlar va ommaviy axborot vositlarining ham hissasi katta.Bunga o’rta asrlarda nashriyot-matbachiik ishlari yo’lga qo’yilgan yevropa misolida guvoh bo’lish mumkin. Albatta, o’zga tillarda chop etilgan asarlar biln tezroq tanishishning eng yaxshi yo’li ularni o’sha tilda o’qimoqdir.Biroq ba’zan tarjima va adapttsiyalar ham qo’l keladi.Bugungi kunda tarjima xalqlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy-siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarning kengayishiga xizmat qilmoqda. Tarjima tufayli buyuk so’z ustalarining o’lmas asarlari dunyoning minglab tillarida jaranglamoqda. Gomer, Sofokl, E. Xeminguey, lisher Navoiyva boshqa o’nlab adiblarning asarlari dunyoning deyarli barcha xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O’zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan aloqasi, bu munosabatning xilma-xil badiiy tarjimalarda o’z ifodasini topgan. Ingliz –o’zbek adabiy aloqalariga ham o’tgan asrning 30-yillarida asos solindi. Ingliz adiblarning o’nlabkichik janrlardagi nasriy va nazmiy asarlari, yirik janrdagi asarlardan olingan parchalar zikr etilgan jurnallar sahifalarida hamda alohida kitoblar holida chop etildi. Qator taniqli o’zbek adib va shoirlari qatori G’afurG’ulom ham bu aloqalarni kuchaytirishga alohida hissa qo’shdi. G’afur G’ulomning 1930 yildaqurilishi bitqazib tugallangan Turkiston-Sibir temir yo’liga bag’ishlangan “Turksib yo’llarida” she’ri 1934 yili ingliz tiliga Lengston X’yuz tomonidan tarjima qilingan. Ingliz shoiri va tarjimonning badiiy kashfiyotlaridan biri asarning asl mazmunini kitobxonlarga yetkazishuchun turli unsurlardanjumladan inkordan keng foydalanishdir.

Asliyatda:

Bu yo’llar ko’p qadim yo’llar…

Bu yo’ldan tarixda birinchi daf’a,

Tarixda eng porloq-

O’laroq bir sahfa qoldirib bir botir:

Very old

Immemorially old

Is this road.

A new her has passed through its sand,

Not a Tsar,

Not a spiller of blood,

Not a killer of arts,

But a builder

Who liberates countries and hearts.

Ingliz matndagi “ who liberates countries and hearts” jumlasi G’.G’ulomning asarida yo’q. Biroq tarjima matniga “mamlakatlar va qalblarni ozod etgan” jumlasini kiritib, tarjimon “botir”(“hero”-“qahramon”) so’zining ma’nosini kuchaytiradi. O’zbek shoiri va ingliz shoiri va tarjimon L.X’yuzning ijodiy hamkorligi foydadan holi bo’lmadi. Shu hamkorlik natijasida Ingliz va o’zbek adiblarning jonli muloqotlariga asos solindi

Ingliz adiblari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, tarqatish borasida “Jahon adabiyoti” jurnalining o’rni beqiyosdir. Jurnal 1997 yildan beri o’nlab Ingliz adib va shoirlarining katta-kichik asarlarini e’lon qilidi. XX asr ingliz adabiyoti va san’atining yirik vakili Sidni Sheldonning “ Orziqib kutamanertani” J.X.Cheyzning “Gonkongdan kelgan tobut”, Stenli Gardnerning “Jilmaymagan gorilla” va “Jonsarak qo’g’irchoq”, Irvin Shouning “Tungi darbon”, va “Boy va kambag’al” va boshqa detektiv qissasi shular jumlasidandir.

2011 yil AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi “Amerika hikoyalari” nomli to’plamini o’zbek tilida e’lon qildi. Mazkur kitobga AQSHdagi “H’yuston Mifflin Harkot” nashriyoti tomonidan chop etilgan. “Amerikaning 2007 yildagi eng yaxshi hikoyalari” to’plamidan olingan yetita hikoya kiritilgan. Hikoyalar mualliflari- Jozef Enshtyen, Beverli Jensen, Roy Kesey, Stelar Kim, Eyrn Kayl, Richard Russo asarlarni o’zbek tiligaA’zam Obidov, Faxriddin Nizomov va Shoahmad Mutalovlar o’girishgan.

Qiyosiy-tipologik tadqiqotlar abadiy tuzulmalarning turli jabhalarini- mavzular, his tuyg'ular, g'oyalar, kompozitsion qurilishlar, uslublar va hokazolarni qamrab oladi. Tipologik mushtarakliklarning asosiy ko’rinishi tarixiy o’xshashliklar deb atalsa ham , biroq katta zamon va makon bilan ajralgan, ammo hej qanday ijtimoiy va tarixiy sharoitlar bilan tushuntirib bo’lmaydigan va haddan tashqari o’xshash ligi bilan bizni lol qoldiradigan ko’plab adabiy xodisalar mavjud.

Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “ Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari hamda G’afur G’ulomning “ Shum Bola” qissasi genetik yaqinlikga ega bo’lmagan ikki milliy adabiyot vakillari bo’lmish adiblarning asarlaridir.

Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari ” va “Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari hamda G’ofur G’ulomning “Shum bola” qissasi turli zamonlarda turli mamlakatlarda va turli janrlarda yaratilganiga qaramay ularni ko’p jihatdan birlashtirib turdi. Ular mavzu jihatdan ham, syujet-kompozitsion qurilishi jihatidan ham nisbatan yaqin va deyarli o’xshash. Ularda 19 asr II yarmi – 20 asr boshlaridagi AQSH va o’zbek bolalarining og’ir qismati haqida hikoya qilinadi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish