Xodimlarga qo’yiladigan talablar


Toza xonalardagi harakatlar



Download 426 Kb.
bet3/5
Sana18.03.2022
Hajmi426 Kb.
#500291
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo-farmatsevtika korxonalari ishchi-xodimlariga va ularning kiyimlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.Yaxshi ishlab chiqish qoidalari (amaliyoti).

Toza xonalardagi harakatlar
Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak. Bunda shuni unutmaslik kerakki, toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan asosiy mezon – toza xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik.
Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik lozim. Bu ikki sabab bilan belgilanadi: tez harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi tezlashadi; tez harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning tarqalishiga olib keladi. Keraksiz harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan harakatlarni bajarish zarur. Ba’zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana qismlarini ishqalash, imo-ishoralarni ko’p takrorlash odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Zararli odatlardan holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga kiritilmasligi kerak. Toza zonada ovqatlanish, suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish taqiqlanadi. Tegishlicha, xonaga ovqat mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni, dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni, qog’ozlarni va texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini va h.k.larni olib kirish man etiladi.
Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish zarur. Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar og’izdan iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va uskunalarga suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish taqiqlanadi. Bir yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur. Unutmaslik kerakki, agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib qolsa, ishchi zonasi albatta ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan bo’lsa, o’sha tomonga iflosliklar ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati tug’ilganda unga shunchalik yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda gapirayotganda og’izdan ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi. Agar aksa urish yoki yo’talish ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli qo’llar bilan og’izni berkitish va keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki yo’talish takrorlanaversa, toza xonani tark etish va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak.
Toza xonada ish uchun zarur bo’lmagan buyumlarni qoldirmaslik zarur. Asbob-uskunalar ishidagi har qanday nosozliklar va yo’riqnomalarda belgilangan talablardan har qanday og’ishlar haqida rahbarga xabar berish lozim.

Download 426 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish