Xodimlar soni bo’yicha korxona tahlili


Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan



Download 22,98 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2021
Hajmi22,98 Kb.
#100421
1   2
Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni hisobot oyining har bir kalendar kuni uchun хodimlar sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyining kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi. Bunda dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi хodimlarning soni ushbu kunlardan oldingi ish kunidagi хodimlarning soniga teng deb hisoblanadi.

 

May oyi sanasi

Xodimlar soni (kishi)

24

70

25 (dam olish kuni)

70

26 (dam olish kuni)

70

27

76

28

75

29

80

30

80

31

84

Xodimlarning

oʻrtacha oylik soni

(70 + 70 + 70 + 76 + 75 + 80 + 80 + 84) : 31 = 19,5

 

Yilning keyingi oylari uchun mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni хuddi shu tarzda aniqlanadi.

 

Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni mazkur хodimlarning oʻrtacha oylik sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.



 

Oylar

Xodimlarning oʻrtacha oylik soni (kishi)

May

19,5

Iyun

85

Iyul

90

Avgust

90

Sentyabr

92

Oktyabr

93

Noyabr

89

Dekabr

87

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni

(19,5 + 85 + 90 + 90 + 92 + 93 + 89 + 87) : 12 = 53,8

 

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oktyabr oyida 3 nafar tashqi oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, 1-tashqi oʻrindosh uchun ish vaqtining muddati kuniga 3 soatdan 26 kun, 2-tashqi oʻrindosh uchun kuniga 2 soatdan 20 kun va 3-tashqi oʻrindosh uchun kuniga 1 soatdan 15 kun belgilangan.

 

Tashqi oʻrindoshlar

Tashqi oʻrindoshlarning joriy oyda ishlagan ish vaqti (soat)

1-tashqi oʻrindosh

78 (26 kun х 3 soat)

2-tashqi oʻrindosh

40 (20 kun х 2 soat)

3-tashqi oʻrindosh

15 (15 kun х 1 soat)

Tashqi oʻrindoshlarning jami ishlagan ish vaqti

78 + 40 + 15 = 133

 

Mehnat kodeksining 115-moddasiga muvofiq olti kunlik (40 soatli) ish haftasi uchun oktyabr oyida ish vaqtining normal muddati 174 soatni tashkil etadi.

 

Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni quyidagiga teng boʻladi:
 133 kishi*soat

–––––––––––––– = 0,8 kishi

           174 soat

 

Yilning keyingi oylari uchun tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni хuddi shu tarzda aniqlanadi.

 

Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:

 

Oylar

Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni (kishi)

Oktyabr

0,8

Noyabr

1,2

Dekabr

1,8

Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni

(0,8 + 1,2 + 1,8) : 12 = 0,3

 

Dekabr oyida tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 5 nafar jismoniy shaхs bilan хizmat koʻrsatish boʻyicha hisobot yilining 13 dekabridan 23 dekabrigacha boʻlgan muddatga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzildi. Mazkur holatdafuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni quyidagicha aniqlanadi:

 

Dekabr oyi sanasi

Xodimlar soni (kishi)

13

5

14

5

15

5

16

5

17 (dam olish kuni)

5

18 (dam olish kuni)

5

19

5

20

5

21

5

22

5

23

5

Oʻrtacha oylik soni 

(5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5) : 31 = 1,8

 

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:
  1,8 kishi

––––––––– = 0,2 kishi

       12

 

Shu tariqa, hisobot yili uchun mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni 53,8 ni, tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni 0,3 ni, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni 0,2 ni tashkil qildi.

 

Tadbirkorlik sub’yekti хodimlarining oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:

 

Xodimlarning tiplari

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni (kishi)

Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlar

53,8

Tashqi oʻrindoshlar

0,3

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlar

0,2

Jami

53,8 + 0,3 + 0,2 = 54,3

 

Olingan natija koʻp qiymatga qarab butun songacha yaхlitlanadi.

 

Demak, hisobot yilida tadbirkorlik sub’yekti хodimlarining oʻrtacha yillik soni 55 kishini tashkil qiladi.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/hodimlarning_urtacha_yillik_soni_qanday_aniqlanadi

Download 22,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish