Talab etilgan (kutilgan) sifat – xizmatning texnik va funksional xususiyatlari yig‘indisi. Ular xizmat ishlab chiqaruvchining rejasiga qay darajada muvofiqligini ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqaruvchi xizmatning talab etilgan xossalarini reklama qiladi va kafolatlaydi. Mehmonxona xizmatlarining talab etilgan texnik xossalariga quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda kommunal sharoit (vanna, dush, hojatxona), konditsionerlar, konferens-zallar, muzokara xonalari va h.k.ning mavjudligi. Mezmonxona xizmatlarining talab etilgan funksional xossalariga quyidagilar kiradi: nomerlarda va qavatlarda uzzukun xizmat ko‘rsatilishi, yangigazeta va jurnallar har kuni yetkazib berilishi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |