Ishonarlilik deganda xodimlarning va’da qilingan xizmatni aniq ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi. Sifatli xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni ta’minlashdan boshlanishi lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xodimlarning layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro‘siga yetgan puturni mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta harajatlar ham, mijozga do‘stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |