handaq bilai o’rab, qo’ng’iroq minoralariga harbiy ma- shinalar, tosh va o’qlar
o’rnatdilar. Kechalari bu minoralarniig eng yuqorisida qo’riqchilar turadi. Dushmanning
yaqinlashayotganipi xabar qilish uchun u erda bolalar turib ular uzoqdan dushmanning
kelayotganini sezishlari bilanok karnay chalib va bong urib xabar berishadi. Bu signalni
eshitgan dehqonlar o’z uylari va erlarini tashlab, mumkin qadar tezlik bilan cherkovda
o’z oila a’zolari va mollari bilan birgalikda o’z erto’lalaridan ancha uzoqda
— daryodagi orollarda yoki suvda oqim o’rtasiga mustahkamlanib qo’yilgan
qayiqlarda o’tkazishadi.
Bu (1358) yili toklar — odamlarning ichimlik manbalari parvarish qilinmadi,
dalalar chopilmadi va urug’lik sepilmadi, buqa va qo’ylar yaylovlarda yuritilmadi;
19
cherkov va uylar... hammani yamlab ketayotgandek emirilgan, o’t tushib tutun chiqib
yotardi. Ilgari ko’m-ko’k yaylov va ekinzorlar o’rnida qarab, ta- nib bo’lmaslik darajada
yovvoyi o’tlar o’sib. yoki tap-taqir er ko’ripib yotardi. Bonglar xursandchilik bilan
sodiq dehqonlarni diniy e’tiqodga chaqirish uchun emas, balki dushmanning
yaqinlashib kelayotganligi haqida xabar qilib, dehqonlarning qochishi uchun signal
berardi. Men yana nima deyishim mumkii? Hamma joyda juda og’ir, mushkul ahvol
hukm surardi. Ayniqsa, dehqonlar orasida, ahvol haddan tashqari yomon edi, chunki
senorlar ularning mol-mulklariii olib, hayotlarini g’am-g’ussa bilan to’ldirgan edilar.
Endilikda dehqonlar qo’lida qolgan mayda va yirik qora mollar juda oz bo’lsa-da,
senorlar hamop har bir bosh mol uchun: buqaga 10 solid, qo’yga 4 yoki 5 solid soliq
talab qilardilar. Yuqoridagi voqealarga qaramay, ular o’zlarining vassallarini dushman
hujumidan himoya qilish uchun tashvishlanmasdilar.
Xuddi shunday paytda, boshqa shaharlar bilan birga Parij shahri ham xalqni
dushman hujumidan saqlash o’rniga ularni yana ham siqib bordi. Kutilmaganda unga
yaqin joyda bir voqea sodir bo’ldi. 1358 yil yozida Sen-Lu de Sheren, Klermon
chekkasidagi Bova diotsezida
23
yashovchi dehqonlar hamma tomondan qash-
shoqlik va zulmning kuchayishini ko’rib, qo’llariga qurol olib Fransiya zodagonlariga
qarshi ko’tarildilar. Chunki mahalliy dvoryaplar ularpi mudofaa qilish orniga aksincha
dushman singari azoblardilar. Qo’zg’olonchplar o’z oralaridan notiqligi va aqlliligi
bilan ajralib turgan Melo qishlog’idan chiqqan Gilom Kal ismli dehqonni boshliq qilib
belgiladilar. Shunday qilib, qurollangan va bayroqlar ko’tarib olgan deh- qonlar barcha
okruglarga tarqalib, yo’llarida uchragan erkak zodagonlarni, hatto shaxsiy senorlariii
shafqatsiz ravishda o’ldirdilar, yo’q qildilar. Qo’zg’olonchilar bu bilan qanoat qilmay,
zodagoplarning uy va qasrlarini er bilan yakson qilib, tekislab tashladilar. Ularning
xotinlarini, yosh bolalarini azob berib o’ldirdilar...
Dvoryanlar ancha vaqtgacha o’zlarini o’nglay olmadilar. Dehqonlarning
harakatlari uzoqqa bormay tugadi va barcha harakatlari boshqacha tus oldi. Agar
23
Диоцез — епархия черков округи.
20
dastlab ular senorlarning zulm va siqpg’iga qarshi aql bilan, haqqoniyat uchun kurash
qilgan bo’lsalar, lekin keyinchalik ularning ishi dahshatli mudhish tus oldi...
Dvoryanlar ularning hammasini kuzatib bordi, aql bilan ularga qarshi sekin-asta kuch
to’pladi. Tezlikda Navarra qiroli ularping ba’zi qo’shin boshliqlarini aldab qo’lga
tushirdi va o’ldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: