XIX. SUV ISTE’MOLCHILARI UYUSHMALARI VA IRRIGATSIYA
TIZIMLARI BOSHQARMALARINING ISH FAOLIYATINI O’RGANISH
19.1. Suv iste’molchilari uyushmalari va fermerlarga suvni yetkazib
berish xizmat bahosini xisoblash
O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini boshqaruv faoliyatida suv
iste’molchilari uyushmalari va fermerlarga suvni
yetkazib berish xizmat
xarajatlarini ikkita ko’rsatkich bilan aniqlashni tavsiya etiladi:
1) ma’muriy-xo’jalik xarajatlari;
2) Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklari sug’orish
tarmoqlarini ta’mirlash, ekspluatatsiya qilish va yaxshilash bilan bog’liq
xarajatlar.
Lekin mavjud tavsiyalarda sug’oriladigan yerlar bonitet ballari va feremerlar
tomonidan suvni ko’proq yoki kamroq olish xolatlari xisobga olinmagan.
F.A. Baraev va A.G. Sherovlar tomonidan tavsiya qilingan uslubda har bir
fermer sug’oriladigan yerlarining bonitet ballari va suv isrofi, yoki suvdan tejamli
foydalanilganligi xisobga olingan. Masalan, fermer qishloq xo’jalik
ekinlarni
yetishtirida suvni rejaga (shartonomada ko’rsatilgan mikdorga) nisbatan ko’proq
sarf qilgan xollarda, u normativ ulush mikdoriga qo’shimcha xaq to’laydi. Fermer,
suvdan tejamli foydalanish maqsadida zamonaviy sug’orish texnika va texnologiya
qo’llab, ajratilgan suv xajmini sezilarli kamaytirib foydalangan xollarda, bu fermer
ulushi normativga nisbatan keskin kamayadi. Fermerlar ulush badallari miqdorini
xisobini quyidagicha bajarish tavsiya etiladi:
Q
dek
lim
= Q
dek
br
∙K
lim
, formulada K
s.t
– limit ko’rsatkichi. Xisob-kitoblarni
amalga oshirishda Uzbekiston suv iste’molchilari uyushmalari bo’yicha suvni
fermerlarga yetkazib ish va gidromelioratsiya tarkmoklarni
ekspluatatsiya kilish
ishlari bilan bog’lik xarajatlar xisob-kitobi suv iste’molchilari uyushmalari
xizmatchilarining
oylik maosh fondi, Suv iste’molchilari uyushmalari bo’yicha
sug’orish va zax qochirish tarmoklarini ekspluatatsiya xizmati xarajatlari biznes-
rejasi
xizmat xarajatlarini aniklab, Suv iste’molchilari uyushmalari a’zolariga
rejali, limit va xaqiqatdan ajratib berilgan suv xajmlari xisoblanadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari
a’zolariga rejali, limit va xakikatdan olib
yetkazilgan suv xajmlari bo’yicha suvni yeazib berish
va ekspluatatsion ishlari
xarajatlari jami mablag’larini xisob-kitobidan so’ng, fermer xo’jaliklariga reja, limit
va xaqiqiy suv xajmlari yetkazilgan suv mikdorlari aniqlanadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari
bo’yicha jami xarajatlarning normativ (tarif)
mikdorini quyidagicha xisoblanadi:
NXSFU = ΣRavp / ΣWlim, sum/m
3
Fermer xo’jaliklariga reja, limit va xakikatda yetkazilgan suv mikdorlari grafigi
Xar bir fermer xizmat badalini esa:
R.f. = NZ * Bf/B * (Wff / Wfl) , sum/m
3
;
Formulada: R.f. – fermer xo’jaliklari suv iste’molchilari
uyushmalariga badal
ulushlari, so’m/m
3
;
NZ – suv iste’molchilari uyushmalari