AIM.UZ
XIX Asrning ikkinchi yarmida psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishi.
REJA:
X1X asrda fiziologik nerv sistemasi va sezgi organlarining rivojlanish taraqqiyoti.
Psixofizika va psixometrikaning vujudga kelishi.
Nomatsion fikrning biologik va psixologik mohiyati jihatidan taraqqiy etishi.
Psixologiya fanining taraqqiyoti o’zining dastlabki rivojlanishi bosqichlarida eon haqidagi ta’limot doirasida rivojlangan bo’lsa XSH-X1U asrga kelib psixologik bilimlar falsafa tarkibida rivojlana boradi. Bunga sabab bu davrlargacha bo’lgan faktda tabiy va gumanitar fanlar taraqqiyoti va psixika haqidagi fikrlar psixologiyasining faqat shu fanlar bilangina birgalikda rivojlanish xususiyatiga ega degan fikrni yuzaga keltirgan edi. XU1-XUP asrlarda, ya’ni USH-X1U asrgacha bo’lgan davrgacha buyuk inkivizatsiya qoldiqlarini engib o’tish va fandagi sxolastikani bartaraf qilish uchun ko’pgina olimlar falsafiy bilimlar doirasidagina majbur edilar. Psixologik bilimlarning yo’q bilib ketishi va fandagi o’z nomini yo’qotmaslikka USH-XSH asrlarda O’rta Osiyo va arab mutafakkirlari o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdi va o’z dunyoqarashlari bilan tabiiy va gumanitar fanlar yutuqlarini falsafiy bilimlarning shu jumladan psixologiyaga oid bilimlarning saqlanib kelishiga asos soldi.
Inkvizatsiya-din kuchli, qolganlari ikkilamchi, faqat dinga ishonishga, XSH asrgacha fan to’xtagan.
X1X asrning o’rtalarida psixologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi uchun qator ilmiy asoslar vujudga kela boshlagan. Psixologiya o’zining taraqqiyoti bo’yicha avval assotsiativ psixologiya yo’nalishi va keyinchalik emperik psixologiya vujudga kelgan bo’lsa, bu bilan u psixologiyaning mustaqil, fan sifatida shakllanishi uchun ma’lum asosini vujudga keltira boshlagan. X1X asrning o’rtalarida va ikkinchi yarmida psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajrlib chiqishi uchun ob’ektiv sharoit vujudga kelgan. 1871 yilda T.Ribo frantsuz olimi psixologiya mustaqil fan bo’lishi kerak, chunki psixik hodisalar va ko’rinishlar shunchalik ko’pki, bularning o’z metodlari yordamida o’rganish kerak, degan bo’lsa nemis olimi N.Gord psixologiya sohasida ko’plab ilmiy asarlar bu fanning boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi mavjudligini uni o’rganish ob’ekti va vazifalarining haddan tashqari ko’pligi psixologiya tarixi mustaqil fan bo’lib shakllanishga da’vat etdi. Psixologiyaning mustaqil fan bo’lishi uchun undan falsafa elementlarini chiqarib tashlash kerak va uni tabiiy fanlar yutuqlari bilan boyitish kerak degan tushunchalarni ilgari surdi va X1X asrda psixologiyaning mustaqil fan bo’lishi uchun ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar vujudga keldi.
Bular:
Do'stlaringiz bilan baham: |