O’sha davrdagi hind qishloq xo’jaligi hindlarning o’zlari tomonidan mutlaqo
turg’un iqtisodiyot sifatida tavsiflangan bo‘lib[2], Qishloq xo’jaligida inglizlar
tomonidan yerga egalik qilish va soliqqa tortishning uchta asosiy tizimi mavjud edi.
Birinchisi - doimiy soliq (doimiy zamindor) (Bengal, Bihar, Orissa, Madras
viloyatining shimoliy qismi), unga ko’ra braxmanlar va savdogarlar kastalaridan yirik
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 470 www.ares.uz
yer egalari (zamindarlar) yerga egalik huquqini olishgan[3]. Ular XVIII asr oxirida
doimiy ravishda olinadigan yer solig’ini to’lashlari shart edi, bu davrda ijara haqi 90
foiziga yetgan. Ikkinchisi – XIX asrning ikkinchi yarmida vaqtinchalik zamindorlik
joriy qilinadi (Birlashgan provinsiyalar, Markaziy provinsiyalar, Panjob). Unga
muvofiq, yer solig’i har 20-40 yilda qayta ko’rib chiqilib, yirik yer egalarining huquqi
kichikroq yer egalariga berila boshlandi. Agar qishloqda er ko’plab egalarga tegishli
bo’lsa, unda jamoa sifatida ular nafaqat shaxsiy, balki soliq to’lash uchun jamoaviy
javobgarlikni ham o’z zimmalariga olishgan. Uchinchi tizim - rayatvari – 1850
yillardan boshlab Madras va Bombey provinsiyalarida joriy qilingan. U kichik yer
egalariga - raiyatamlarga (“himoyalangan ijarachilar”) mulk huquqini berdi. Biroq,
ularning ko’plari erda o’zlari ishlamasdan, ijaraga berdilar[4].
Qishloq aholisining aksariyati o’zlarining fermer xo’jaliklariga ega emas edilar.
Bular asosan o’z xo’jayinlariga ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan bo’ysungan quyi
tabaqalar va qabilalar, aslida mardikorlar yoki qulga aylangan ishchilar 1901 yilda oila
a’zolari bilan birgalikda 50 milliondan ortiq kishi bor edi. Deyarli barcha yersiz
ishchilar, ijarachilar va ko’plab mayda yer egalar sudxo’rlarga qarzdor bo‘lganlar.
Qishloqlarda feodal munosabatlarning qoldiqlari – o’zboshimchalik bilan ijara haqi
yig’ish, ijarachilarning bepul mehnati, bo’sh yotgan yerlarni va yaylovlarni
chiqindilardan tozalatish, ko’llardan suv ishlatganlik uchun yig’imlarni yig’ish,
shuningdek quyi kast vazifalarini bajarish bilan bog’liq majburiy ishlar davom etgan.
Inglizlar tomonidan joriy etilgan yerga egalik qilish tizimi katta miqdordagi
soliqlarni olishni, shuningdek, eksport uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
rag’batlantirishni o’z ichiga olgan. Aslida, doimiy “abadiy” soliqni saqlab turishdan
maqsad (zamindar yer egasining bosimini engillashtirish bo’lgan), shu bilan birga
ingliz hukumati yer uchun ijara haqini doim ko’paytirib borilgan. Yigirmanchi asrning
boshlarida qishloq ishlab chiqaruvchilarining yalpi daromadining atigi 4 foizini soliq
tashkil etgan. Yirk yer egalarini o’zlari xafli deb bilgan, kapitalistik qishloq xo’jaligi
qiziqtirmagan. Ular yerdan foydalanishning an’anaviy shakllarini afzal ko’rishgan
edilar. Yerni ijaraga berish va sudxo’rlik, ular uchun kapitalistik ishlab chiqarishga
qaraganda ancha ishonchli va foydaliroq edi. Natijada yerda ishlovchi dehqonlarning
mehnati evaziga yashovchi vositachilar qatlami kengayib keta boshladi.
Yigirmanchi asrning boshlarida hind yangi mulkdorlari hali juda zaif va kichik
edi. Uning ko’plab guruhlari Britaniya kapitali yoki hukumat buyurtmalariga bog’liq
bo’lgan. Mulkdorlar bir necha konfessiya yoki kasta guruhlaridan iborat bo’lib - Parsi,
Marvari (Jayns), Gujarat bania (hindular), Musulmon Bohra va Xojalar tashkil etar edi.
Ular ko’pincha etnik-konfessional hududlaridan tashqarida faoliyat yuritganlar. Ular
Britaniyaning tijorat va bank kapitali sanoatda, shu jumladan Hindistonning ikkita