Xix asr oxiri -XX asr boshlarida Yaponiya


Yaponiyaning tashqi siyosati



Download 56 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2022
Hajmi56 Kb.
#569169
1   2   3
Bog'liq
Yaponiya

4 . Yaponiyaning tashqi siyosati.
Kapitalistik taraqqiyot yo`liga kirishi bilan Yaponiyaning tashqi harbiy rejalari paydo bo`ldi . Harbiy zavodlar qurish , ko`plab qurol aslahalar ishlab chiqarish boshlandi.
1870 yillarda Yapon ichki bozori juda " tor" edi . Shuning uchun sanoat uchun xom - ashyo va tashqi bozor kerak edi .
Yaponiyaning bosqinchilik maqsadlari Koreya , Xitoy , Tinch okean havzasiga qaratildi. Bir guruh samuraylar hech kechektirmay urush boshlash tarafdori bo`ldilar. Saygo Takamori tomonidan ko;tarilgan isyon ko`p qon to`kilishiga sabab bo`ldi . Hukumat samuraylar nafaqasini bekorqilib , ularga bir yo`la tovon puli belgiladi. Tovon puli zayom obligatsiyalari bilan beriladigan bo`ldi. Samuraylarning qilichtaqib yurishi taqiqlandi . Ana shular isyon ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Samuraylar isyoni hukumat tomonidan bostirildi , XIX asrning 70 -yillarida Yaponiya bosqinchilik yurishlari yo`liga kirdi . 1874 yili Tayvan oroliga bostirib kirdi . Lekin Yaponlar uchun bu urush omadsiz bo`ldi . 1872-1879 yillarda Yaponiya Xitoyning noroziligiga qaramay , Ryukyu orolini bosib oldi . AQSh 1875 yilda Yaponiyani tan olib , u bilan dip-lomatik aloqa o`rnatdi . Yaponiya Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orolini Rossiyadan ajratib , o`ziga qo`shib oldi .
1875 yil sentyabr oyida Yaponiya Koreyaga hujum qildi va Koreya bilan uni kamsituvchi bitim tuzildi . Yaponlar uchun Koreya" ochiq " mamlakat deb e`lon qilindi . Yapon mollari bojsiz sotiladigan bo`ldi. Mamlakat portlari Yaponiya uchun ochib qo`yildi. Shu yo`I bilan Koreya , Xitoy ta`siridan ajratib olindi.
Yaponiya - Xitoy munosabatlaridagi ziddiyat 1894-1895 yillarda urushga olib keldi. 1893 yili yapon qo`shinlari Koreyaga bostirib kirdi. Dehqonlarning Tonkax boshchiligida qo`zg`olonini bostirish bunga bahona buldi. 1894 yil iyulida Yaponiya Seulda Saroy tuntarishi qilib, Yaponparast hukumat tuzdi va poytaxt garnizonini qurolsizlantirdi. 1894 yil avgustida Yapon-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy xarbiy flotining transport kemalari chuktirikdi , shu bilan paral-lel ravishda yapon qo`shinlari urush e`lon qilmasdan Koreyada turgan Xitoy xarbiy kuchlariga xujum qildilar. 1894 yil Xitoy qushinlari E.Chjichao boshligida Pxenyan yonida geografik jixatdan yaqinligi va raqobat qiluvchi yirik davlatlaming uzoqligidan foydala-nib , uzoq Sharqdan ustunlikka ega bo`lishiga yo`I ochdi. Yaponiyaning zamonaviy qurollar bilan ta`minlangan harbiy kuchlari ham quruqlikdan , ham dengizdan xujum uyushtirib,Xitoy harbiy qo`shinlarini mag`lubiyatga uchratdi. 1895 yil 17 aprlda Simonoseki sulhi tuzildi. Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi , Lyaudunni` tayvanni , penxu (Peskador) orolini Yaponiyaga berdi. Shuningdek , Yaponiya katta miqdorda tovon to`lashga majbur etildi.
Teng bo`lmagan shartnomaga ko`ra , Yaponiya o`z savdosi uchun Xitoyni " ochib" qo`yish , Xitoy hududida yangi sanoat korxonalarini qurish va ularning foydalanish huquqini oldi.
Yaponiya - Xitoy urushi Yaponiyani monopolistic kapitalizm yo`liga olib kirdi. Uzoq Sharqda uning harakatlari erkinlashdi . Shu bilan birga g`arb davlatlari bilan Yaponiya o`rtasida no teng iqtisodiy bitimlarni bekor qilinishiga olib keldi.
Bu davrda Yaponiyada monopolistic unsurlar bilan chirmashib ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga o`xshab ketadi, chunki pomeshchiklar va monarxiya aloqalari juda kuchaygan edi . Ko`pgina Yapon konserinlari feodalizm davrida tashkil topgan savdo sudxo`rlik guruhlaridan "o`sib " chiqdi . Yapon burjuaziyasiga mehnatkashlarni eks-pluatatsiya qilishning kapitalizmga xos bo`lgan usullar , ya`ni bolalarva xotin - qizlarni yarim turma shaklidagi yotoqxonalariga joylashtirib , ular mehnatidan foydalanishni davom ettirdi.
Angliya , Fransiya , AQSh dan farqli o`laroq , Yaponiyada hokimi-yat burjuaziya qo`lida bo`lmay , balki pomeshchik - burjuazuya bloki qo`lida edi . Bu narsa ishlab chiqarishda davlat rolini kuchaytirdi .
Yaponiya Xitoydan Konstitutsiya tariqasida olgan katta miqdordagi tovon pulini armiya va flotni kuchaytirishga sarfladi. Harbiy buyurtmalar yuzaasidan qilingan hisob -kitoblar natijasida bu mablagiar yirik sanoatga vat emir yo`llarga sarflanadigan bo`ldi.
Yaponiya hukumati og`ir industriyani rivojlanishiga alohida e`tibor berdi. 1900-1903 yillarda sanoat ishlab chiqarishi AQSH da 85 % , Germaniya 54 % , Fransiyada 51 % , Angliyada 25 % o`sgan boisa , Yaponiyada 181 % o`sdi. U ishlab chiqarish hajmi bo`yicha Italiyadan o;zib ketib , Fransiyaga yaqinlashdi . Mamlakatda sanoat, savdo - stiqva banklar konsentratsiyalashib , imperialistik monopoliyalar vujudga keldi.
llgaridek , pomeshchik yer egaligi va dehqonlarning asoratli ahvoli saqlanib , qolaverdi . Ota - onalar o`z bolalarini fabrikalarda ishlatish uchun sotishar edi . Qashshoqlanib borayotgan Yapon dehqonlari va shahar ishchilarining bir qismi Yaponiya sanoati tavarlarining sotib ololmas edi. Yapon imperialistlari mol sotiladigan yangi bozorlar uchun kurash olib borib , bosqinchilik siyosati yurgizdilar.
Mamlakat aholisining turmush sharoiti og`irlashib boraverdi. Yapon hukumati aholi to`g`risida hech qanday g`mxo`rlik qilmay , o`z e`tiborini zo`r berib qurollanishga qaratdi . Yaponiya uzoq Sharqda o`z mavqeyi-ni tiklash uchun reaksion siyosat olib borishdan qaytmadi, Yaponiyaning uzoq sharqda kuchli davlatga aylana borishi g`arb mam-lakatlarining mustamlakachilik siyosatida muhim burilishlarga sabab bo`ldi. AQSh , Angliya , Germaniya , Fransiya o`zlarining uzoq Sharq va Janubiy - sharqiy Osiyodagi siyosatlarida Yaponiya bilan ittifoqdosh bo`lishni o`ylab qoldilar. Rossiya esa o`zining Uzoq Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish bahonasida Yaponiyaga qarshi harakatlar boshladilar.
Yaponiyada Rossiya bilan urush boshladi. Manjuriya va Kreyadan uni " quvib chiqarish " tarafdorlari ko`p edi. Rossiyada ham Yaponlaming " adabini berib qo`yish " tarafdorlari kam emas edi.
1895 yili Xitoy bilan urushda yengib chiqqan Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi. Bundan maqsad Rossiyaga qarshi urush boshlash edi. Harbiy sanoat tez o`sa boshladi. Metalurgiya zavodi qurildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1 Karimov I.A. " o`zbekiston buyuk kelajak sari" T., " o`zbekiston" 1998, 669-bet. " Yaponiya mintaqamizning murakkab muammolarini- xavfsiz va barqaror tinchlikka erishish , atrof-muhit muhofazssi masalasini hal etishda faol va manfaatdorlik bilan ishtirok etmoqda"
2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”. 1998.
3. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat” 2008.
4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi , O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009.
5. Narochnitskiy A.L " Kolonialnaya politika kapitalisticheskix derjav na Dalnem Vostoke ( 1860 -1895 )" M., Nauka 1973.
6. Yaponiyaning yangi tarixi "M .,Nauka 1972.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish