2 Ijtimoiy - siyosiy harakatlar .
Dastlab ijtimoiy harakatlar bir korxona doirasidan chetga chiqmagan bo`lsa ham , tashkiliy jihatdan maxsus rejalashtirilmagan , turli norozilik ko`rinishida edi. Lekin , 1881-1896 yillar orasida Yapon mehnatkash-larining bir qator kasaba uyushmalari: suvoqchilik , toshyorarlik , yer qazuvchilik va boshqa kasb tashkilotlari paydo bo;ldi . Bularga baliqchilik , hammol ( yuk tashuvchilari), rikshalar ( aravalarda odam tashuvchilar) qo`shilishdi. Lekin bu uyushmalarning dastlab maqsadlari noaniq va rejasiz edi. Masalan : baliqchilar matorli qayiqlarda baliq ovlash ma`n qilishni, rikshalar esa tramvayning shaharlarga olib kelishiga qarshi edilar. Yapon ishchilarining ijtimoiy uyushmalari g`arb mamlakatlaridagi kasaba tashkilotlari darajasiga yetolmadi . Ular hali hunarmandchilikning o`zaro jamoatchilik hamkorligi , uyushmasi kabi ishko`raredi. Shunga qaramay , ularning ishga yollanishida vositachilik aralashuviga , nazoratchilar zulmiga , ish vaqtining qo`shilishiga , ish haqqining kamayishiga qarshi harakatlari ba`zan ozmi - ko`pmi ta`sirga ega edi.
Yaponiyaning XIX asr oxiridagi hayotida turli ijtimoiy g`oyalar mavjud edi . ArVanaviy Yapon jamiyatining rihiy xususiyatlari buddizm g`oyalari bilan bir qatorda ba`zi ilg`or g`oyalar ham paydo bo`la boshladi. Bular ba`zi hollarda partiyalar tuzilishiga ham asos bo`ldi . Masalan , "Sharq sotsialistik partiyasi" ( 1882 y ), " Sharq ozodlik partiyasi", "Ij-timoiy muammolarni o`rganish jamiyati" kabilar.
Ijtimoiy harakatning ikkinchi " qanotida " ilg`or fikrli burjuaziya vakillari, yoki ular manfaatini ifodalovchi oqim turgan edi. Ular 1872 -1882 yillarda vakolatli parlament tuzumini o`rnatish uchun kurashdilar. Hukumat 1878 yilda profektura - viloyatlarda mahalliy o`z-o`zini boshqaruvini joriy qilishga majbur bo`ldi. 1881 yilda imperator parlament tuzishga va`da berdi.
3. Parlamentning tuzilishi va Konstitutsiyaning qabul qilinishi .
Iqtisodiy islohatlar burjuaziyaning o`sishi va siyosiy kuchayishiga sabab bo`ldi. Burjuaziya davlatga rahbarlikni o`z qo`liga olishni da`vo qila boshladi. Mamlakatda imperatorning mutloq hokimiyatini cheklay-digan konstitutsiya joriy qilish uchun harakat kuchaydi.
Hukumat biroz yon berishga qaror qildi. Nihoyat 1889 yil 11 fevralda Yaponiyaning 1 - Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitut-siya amalda Prussiya Konstitutsiyasi asosida tuzilgan edi. Mamlakatda ikki palatadan : yuqori ( perlar) va qo`yi ( vakillar) palata-dan iborat parlament tuzildi . Parlamentning yuqori palatasi a`zolaridan bir qismi mulkdorlardan 7 yilga saylanib qo`yilar, qo;yi palatasi esa 4yilga saylov orqali saylanardi. Saylov huquqiga Yaponiyaning 1 % aholisi ega edi.
Konstitutsiya imperatorning mavjud barcha huquqlarini nafaqat saqlab qoldi , balki unga yanada keng huquqlar berdi . Masalan : u par-lamentni chaqirish , ochish , tarqatib yuborish , qonunlar o`rniga oily farmonlar chiqarish , qo`shinlarning Oliy Bosh qo`mondoni bo`lish, urush e`lon qilish , sulh tuzish kabi huquqlarni o`zida saqlab qoldi . Konstitut-siyaga ko`ra Vazrlar Kengashi faqat imperatorga hisobot beradi.
Imperator xonadoni vakillaridan iborat davlatmandlar perlar pala-tasida asosiy ko`pchilikni tashkil qiladi . Fuqaro huquqlari sohasida bu konstitutsiya g`oyat kuchsiz edi. Parlamentning barcha qarorlari imperator huzuridagi yashirin kengashidan o`tish zarur edi . Saylov huquqipul senzi bilan , saylovchilar yoshi esa 25 yosh qilib belgilandi. Albatta , Yaponiyadek qoloq , feudal arTanalarga boy mamlakatda Konstitutsiya qabul qilinishi katta voqea bo`ldi. Lekin , u jamiyatni barcha a`zolari manfaatiga xizmat qila olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |