Xix – XX asr boshlarida Hindixitoy



Download 24,92 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2022
Hajmi24,92 Kb.
#426848
1   2
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindixitoy

Kambodja ham XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fransuzlarni o'ziga jalb qila boshladi va fransiyaliklarning Kambodja ichki ishlariga aralashishi jarayonlari boshlandi. 1860-yili Kambodja taxtiga Ang Duongning o'g'li Norodom keldi va u 1904-yilgacha hokimiyatni egallab turdi. Kambodjaning Fransiya protektoratiga aylantirilishi uning davriga to'g'ri keldi. Fransuzlarning Kambodja ichki ishlariga aralashishi 1862-yili Fransiya bilan Vyetnam o'rtasida shartnoma imzolangandan so'ng boshlandi. 1863-yil avgust oyining boshlarida fransuzlar vakili La Grandyer Kambodjaning Fransiya protektorati ostiga o'tishiga qirol Norodomni ko'ndirdi. Shu tariqa Fransiya-Kambodja shartnomasi imzolandi, ammo u o'sha paytda rasman eʼlon qilinmadi. Bu shartnomaga binoan Fransiya imperatori Napoleon III Kambodjani o'z protektoratiga oladi. Fransiya bu yerda o'z vakiliga ega bo'lish huquqini ham oldi. Bironta chet davlat fuqarosi Janubiy Vyetnam gubernatori va Kambodjadagi fransuz vakolatxonasining ruxsatisiz bu mamlakatda bo'lishi mumkin emasdi. Fransuzlar uchun barcha portlar ochilib, ular mamlakat hududida erkin harakatlanish va savdo qilish huquqini oldilar. Kambodjaliklarga nisbatan sudlov ishlarini olib borish kxmer sud organlari ixtiyorida qoldi. Fransuzlar bilan kambodjaliklar orasida mojaro paydo bo'lganda ish Kambodja amaldori kuzatuvida fransuz sudyasi tomonidan ko'rib chiqilishi belgilab qo'yildi. Katolik missionerlarga Kambodjaning barcha sudida erkin harakatlanish huquqi berildi. Fransuzlarning barcha urinishlariga qaramasdan ularga Kambodja hududida yer oldi-sottisi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi band shartnomaga kiritilmadi.
1864-1867-yillari Fransiya bilan Siam (Tailand) o'rtasida muzokaralar bo'lib, ular Kambodjaning ular o'rtasida taqsimlanishi bilan yakunlandi. 1867-yili imzolangan fransuz-siam shartnomasiga binoan Kambodjaning Batambang va Angkor (Siyemreap) provinsiyalari Siamga qo'shib berildi. Kambodjada fransuzlar pozitsiyasining mustahkamlanishida ular o'rtasida tuzilgan 1882 va 1884-yilgi shartnomalar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Agar birinchi shartnoma Kambodjaga Saygon orqali qurol kirib kelishini ta'qiqlagan bo'lsa, ikkinchisi, amalda Kambodjani o'z suverenitetidan mahrum qildi.
1884-1896-yillari qirolni fransuzlar hokimiyatidan himoya qilishga qaratilgan harakat bo'lib o'tdi. Norodomning daʼvatiga ko'ra fransuzlarga qarshi partizanlar kurashi boshlandi. Natijada 1886-yili qirolga 1884-yilgi shartnoma bo'yicha u mahrum qilingan qator imtiyoz va funksiyalar qaytarib berildi. Fransuzlar Kambodja monarxiga nisbatan ancha ehtiyotkor siyosat yurita boshladilar.
XVIII asrning 70-80-yillarida hozirgi Laos davlati hududlaridagi markaz shahar hisoblangan Vyentyanga Siam davlati bostirib kirgan va uni o'z vassaliga aylantirgan edi.
Vyentyanning eng mashhur hukmdorlaridan biri 1805-yili taxtga kelgan Chao Anu bo'lib, u mamlakatni qaramlikdan xalos qilish uchun harakat qildi. Shu maqsadda u Vyetnam hukmdori Zya Long bilan yaqinlashadi. U 1826-yili Siamga qarshi urush boshlaydi, ammo bir yildan keyin uning qo'shinlari tor-mor qilinadi. Chao Anu yordam so'rab Vyetnamga murojaat qiladi, biroq bu unga endi yordam bera olmaydi. 1831-yili uni siamliklar asir oladilar. Markaz Vyentyan vayron qilinib, Siamning bitta provinsiyasiga aylantirildi. Shunday taqdir Miang Channin davlatiga ham nasib kildi. U Vyetnamning tarkibiga qo'shib olindi.
Champassak ham Siam nazorati ostida bo'lsada, o'z hukmdoriga ega edi. Luang Prabang davlati esa bu paytda turli guruhlar o'rtasidagi o'zaro kurashlardan aziyat chekayotgan edi. Bu davlatning o'sha paytdagi hukmdori Manta Turat Vyetnam imperatoriga murojaat qilib, o'z davlati tarkibiga vassal sifatida qo'shib olishini va siamliklar zulmidan ozod bo'lishda yordam berishini iltimos qiladi. Ammo Vyetnam imperatori bu murakkab jarayonga aralashishni istamaganligi sababli iltimosni qabul qilmaydi. 1872-yili Manta Turat o'lgandan uch yil o'tgach Luang Prabang taxtiga uning o'g'illaridan biri Un Kxam keladi va 1894-yilgacha mamlakatni boshqaradi. Aynan shu davrda uning davlati ustidan nazorat o'rnatish uchun Buyuk Britaniya tomonidan qo'llab-quvvatlangan Siam bilan Fransiya o'rtasida kurash boshlanadi. Ancha tortishuvlardan so'ng 1886-yili Fransiya bilan Siam o'rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolanib, Luang Prabang hududida fransuzlarning konsullik idorasi ochildi va Luang Prabang bilan Vyetnam chegaralarini aniqlash bo'yicha komissiya tashkil qilindi. 1889-yili Laos yerlarida fransuz biznesining istiqbollarini o'rganish maqsadida ekspeditsiya tashkil qilinadi.
1892-1893-yillari Buyuk Britaniya bilan Fransiya o'rtasida mintaqadagi taʼsir doiralarini aniqlash va bu murakkab jarayonda Siamning o'rnini belgilash bu bo'yicha muzokaralar olib borildi. 1893-yil aprelida Hindixitoy ittifoqining fransuz general-gubernatori buyrug'i bilan Laos hududiga qo'shin kiritildi. Siamga ultimatum eʼlon qilindi va zarur bo'lganda kuch ishlatish mumkinligi aytildi. Natijada Siam o'zining Laos yerlariga bo'lgan barcha daʼvolaridan voz kechib, Fransiya bilan bu haqida shartnoma imzoladi. Laos hududlari Fransiya protektorati ostiga o'tdi. Shunday qilib, Fransiya Hindixitoydagi o'z hududlarini ancha kengaytirdi, Siam esa bir qator hududlardan ayrildi. Natijada Yangi davr tarixida birinchi marta Laos deb atalgan davlat uyushmasi paydo bo'ldi. Bu davlatni tashkil qilgan hudud uchta maʼmuriy qismga ajratildi va bu 1893-yil 2-dekabrdan kuchga kirdi. Luang Prabang Tonkin rezidentiga, yuqori Mekong - Annam hukumatiga, O'rta Mekong esa - Koxinxin gubernatoriga bo'ysundirildi. Ammo bu bo'linish Hindixitoy ittifoqi aʼzolari o'rtasida doimiy tortishuvlarga sabab bo'layotgan edi. Shu bois, fransuz hukumati Laosning yangi maʼmuriy bo'linish rejasini ishlab chiqdi. 1895-yili Laos hududi ikkita avtonom rayonga - Yuqori va Quyi Laosga ajratildi. Har bir rayon hududida oliy rezident turardi. Bunday bo'linish 1899-yilgacha amal qildi.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida Myanma (Birma) Buyuk Britaniya va Fransiyaning qiziqishlari boshlandi. Mintaqaning boshqa hududlaridan farqli ravishda Birma hududlariga Britaniya hukumati jiddiy da’vo qila boshladi va bu uchun bir necha marotaba urushlarga kirdi. Britaniya hukumati 1885-yil 14-noyabrda navbatdagi harbiy harakatlarnj boshladi va 28 noyabrda inglizlar Birma poytaxtini bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Monarx va uning oilasi mamlakatdan quvib yuborildi. 1886-yil 1-yanvarda Hindiston vitse-qirolining Birmani Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirish, unga Britaniya Hindistonining provinsiyasi maqomini berish to'g'risidagi manifesti eʼlon qilindi. Ammo birmaliklarning qarshilik harakatlari 1895-yilgacha davom etdi. Inglizlar yangi maʼmuriy taqsimlash o'tkazib, Birmani viloyat va okruglarga bo'ldilar, o'rta va yuqori bo'g'in amaldorlar inglizlardan, quyi bo'g'in amaldorlar esa mahalliy aholidan tayinlanadigan bo'ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada inglizlar sholi yetishtirishni qo'llab-quvvatlashga, ekin maydonlarini kengaytirishga qaratilgan siyosat olib bordilar. Tovar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan sholichilik xo'jaliklari paydo bo'ldi, Birmaga hind ishchilarini ko'chirib kela boshladilar. Bundan tashqari o'rmonchilik, neft va konchilik ham rivojlana boshladi. Birma milliy burjuaziyasi ham shu davrda shakllandi.
1897-yili Birmada inglizlarga muxolifatda bo'lgan birinchi siyosiy tashkilot - Buddaviylikni himoya qilish jamiyati tuzilib, u o'z oldiga barcha madaniy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish maqsadini qo'ydi.
1795-yili Tailand (Siam) ga Birma qo'shinlari bostirib kirdi. Urush harakatlari XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Kuchli raqib bilan kurashda Siam o'z mustaqilligini saqlab qola oldi. XIX asr o'rtalariga kelib Siam ancha katta hududga ega bo'lgan davlat edi. Uning tashqi aloqalari ham kengaydi, hunarmandchilik rivojlandi. Anʼanaviy ravishda etnik xitoylar yashaydigan shaharlar ayniqsa tez taraqqiy etdi.
XIX asrning boshlarida Buyuk Britaniya bu yerda o'z iqtisodiy pozitsiyasini kuchaytirishga harakat qildi. 1833-yili Siamga AQSH kirib keldi va ikkala davlat o'rtasida savdo shartnomasi imzolandi. XIX asr o'rtalarida Tailandda birinchi sanoat korxonalari va yollanma ishchilar paydo bo'ldi. Poytaxt Bangkok aholisi 500 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida yangi zamonaviy shaharlar - Ubon, Stung Treng va bopqalar paydo bo'ldi. XIX asrda Tailand aniq hududiy chegaralarga ega emasdi. Uning aholisi 6 mln kishi bo'lib, shundan 1 millionini etnik malaylar, shunchasini laoslar, 500 mingini esa kxmerlar tashkil etardi. Taylarning o'zi mamlakat aholisining uchdan bir qismini tashkil qilardi. 1851-1868-yillari Tailand taxtida o'tirgan Rama IV qobiliyatli islohotchi bo'lib, o'z davlatini mustahkamlashga, G'arb davlatlari bosqiniga qarshi tura oladigan, iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli qilishga harakat qildi. U davlat monopoliyasini bekor qildi, yangi davlat mafkurasini shakllantirish maqsadida buddaviylikning yangi mazhabini tashkil qildi.
1855-yili inglizlar kuch ishlatish xavfi bilan qo'rqitib, Siamni teng bo'lmagan shartnomani imzolashga majbur qildi. Unga binoan inglizlar Siam hududida eksterritoriallikka va ingliz tovarlarini cheklanmagan miqdorda olib kirish huquqiga ega bo'ldilar. 1856-1862-yillari Siam huddi shunday teng bo'lmagan shartnomalarni AQSH, Fransiya, Daniya, Portugaliya, Gollandiya va Prussiya bilan ham imzolashga majbur bo'ldi. 1867-yili Siam o'zining Kambodjaga bo'lgan huquqlaridan voz kechishga majbur bo'ldi, ammo har qalay u Batambang va Siyem Reapni o'zida saqlab qoldi. Bu paytda Siam jahon bozoriga go'sht, guruch, shirinliklar va yog'och yetkazib berardi. Eksportning asosiy qismini guruch tashkil qilardi. Mamlakatda kapitalizm elementlari ham rivojlana boshlaydi. Asosan etnik xitoyliklardan tashkil topgan mahalliy burjuaziya shakllanadi. Bangkokda Buyuk Britaniya mustamlaka banklarining bo'limlari ochiladi. Kapitalistik munosabatlar rivojlanishi bilan shaharlarga ish izlab kelgan yersiz dehqonlar soni ko'paydi. Ular safini xitoylik emigrantlar ham to'ldirib bordi.
XIX asrning oxirgi choragida mamlakatda bir qator islohotlar boshlanib, XX asrning boshlarida yakunlandi. Islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad, mamlakat iqtisodini va ijtimoiy munosabatlarni modernizatsiyalash uchun sharoit yaratishdan iborat edi. Islohotlarning eng muhimlaridan: ayrim qirollik monopoliyalari bekor qilindi, soliq islohoti amalga oshirildi, davlat manufakturalari tashkil qilindi, qurolli kuchlar Yevropa usulida qayta qurildi, 1874-yildan qullikni, majburiy ishlab berishni (barshina), majburiy harbiy xizmatni bekor qilish boshlandi. 1899-yildan temir yo'llar qurilishi boshlandi, botqoq yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari ko'rildi. Natijada guruch eksport qilishdan olinadigan daromad to'xtovsiz o'sib bordi. Siamliklar yevropaliklarga iqtisodiy imtiyozlar berish evaziga ularning siyosiy taʼsirini kamaytirishga harakat qildi.
XIX asrning oxirida Siam ustidan nazoratni qo'lga kiritish uchun Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida kurash boshlanib ketdi. 1896-yili Siamni taʼsir doiralariga bo'lish to'g'risida ingliz-fransuz shartnomasi imzolandi. O'sha paytda Fransiyaning ittifoqchisi bo'lgan Rossiya 1899-yili Siam bilan Fransiya o'rtasida shartnoma tuzilishiga ko'maklashdi. Qirol minnatdorchilik ramzi sifatida Siam armiyasida ruslarning harbiy kiyimini joriy qildi. Siamning gimni ham rus kompozitori P.A. Shurovskiy tomonidan yozildi.
Ilgari gollandlar tomonidan nazorat qilingan Malakka (keyinchalik Malayziya) 1795-yili inglizlar ixtiyoriga o'tdi. Ammo 1818-yili bu yer gollandlarga qaytarib berildi. Ayni paytda Buyuk Britaniya Perak, Selangor va Riau sultonliklari bilan gollandlarga qarshi ittifoq tuzdi. 1824-yili Buyuk Britaniya bilan Gollandiya o'rtasida mintaqada taʼsir doiralarini chegaralash to'g'risida shartnoma imzolandi. Inglizlar bir qancha orollardan gollandlar foydasiga voz kechdi. Malayya esa inglizlar nazoratiga o'tdi. 1824-yildan keyin Malayyaga nisbatan ingliz siyosatining yangi davri boshlanib, u Malayya hududini mustamlakalashtirish bilan xarakterlanadi. 1821-yili siamliklar armiyasi Kedaxga bostirib kirib, uni vayron qildi. Inglizlar bu mojaroga aralashmadi, Siam esa buning evaziga inglizlarning Pinangga bo'lgan huquqini tan oldi.
1826-yili inglizlar tomonidan Streyts Setlmens (bo'g'ozlardagi turar joylar) deb atalgan mustamlaka davlat birikmasi tashkil qilinib, unga Pinang, Malakka va Singapur kirdi. 1831-yili Kedax aholisi o'z hududlaridan siamliklarni quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldilar, ammo inglizlarning yordami bilan ular yana o'z nazoratini tikladilar. 7 yildan so'ng shu holat yana takrorlandi, biroq endi siamliklar Kedaxni to'liq vayron qildilar, uning aholisi bir necha barobar kamayib ketdi. 1832-yili harbiy harakatlar natijasida inglizlar Malakka hududiga Naningni ham qo'shib oldilar. 1861-yili Malayya yarimorolining sharqiy qirg'oqlarida joylashgan Paxang knyazligi ustidan ham inglizlar nazorati o'rnatildi.
1851-yildan Malayya hududidagi barcha ingliz mustamlakalari bevosita Hindiston general-gubernatori ixtiyoriga o'tdi. Shu davrdan boshlab Buyuk Britaniya bilan savdoda Singapurning roli ortib boradi, bu yerga Xitoy va Hindistondan ko'plab emigrantlar kelib, bu mustamlaka maʼmuriyati tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Bu yerda bir nechta savdo firmalarini tashkil qilgan burjuaziyaning taʼsirli qatlami shakllanadi, 1837-yili esa ular Singapur savdo palatasini taʼsis etadi. XIX asrning o'rtalarida Streyts Setlmentsda Buyuk Britaniyadan maʼmuriy jihatdan ajralib chiqish uchun harakat boshlanadi va bu ish 1867-yili amalga oshiriladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan bu yerda qo'rg'oshin qazib olish rivojlanib, u Xitoy kapitali qo'lida edi va anchagina foyda keltirardi. XIX asr 70-80-yillarida inglizlar Selangor, Perak, Negri-Sembilan va Paxangni bo'ysundirish uchun jangovar harakatlar olib bordi. 1875-yili Malayi knyazliklarini mustamlakaga aylantirish rejasi eʼlon qilingandan so'ng inglizlarga qarshi keng xalq harakati boshlanib ketdi. Natijada, qo'zg'alon bostirilgan bo'lsada, inglizlar ham o'z rejalaridan voz kechishga majbur bo'ldi. 1896-yili inglizlar Malayi knyazliklari federatsiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Federatsiyaga Perak, Selangor, Negri-Sembilan va Paxang kirdi. Bu birikmadagi ingliz bosh rezidentining turar joyi qilib Kuala-Lumpur belgilandi. 1914-yili federatsiya tarkibiga Joxor sultonligi ham qo'shib olindi.
XX asr boshlarida Malayziya iqtisodi asosan qo'rg'oshin olish va kauchuk yetishtirish evaziga rivojlandi. Ingliz investorlari istiqbolli hisoblangan mustamlakaga ommaviy ravishda kapital kirita boshladilar. Natijada ko'plab korxonalar ishga tushirildi. Ishchi kuchi tanqisligi Xitoy va Hindistondan keluvchi emigrantlar hisobiga to'ldirilar edi. Bu yerda har bir etnik guruh o'z maqomiga ega bo'lgan. Eng yuqori pog'onani inglizlar egallab, ular boshqaruvning yuqori lavozimlarida turardi. Ulardan keyin xitoyliklar bo'lib, ular asosan savdo bilan shug'ullanishardi. Keyingi pog'onada asosan temir yo'llar, qo'rg'oshin zavodlarida ishlaydigan hindlar turadi. Nihoyat eng past pog'onada malayyaliklar bo'lib, ular asosan boshqaruvning quyi lavozimlarida, plantatsiya xo'jaligida va kauchuk ishlab chiqarishda band edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Shuhrat Ergashev. Jahon tarixi II qism. Toshkent. 2013-yil
2. А. М. Родригес. Новая история стран Азии и Африки (Часть I)
3. A. Xolliev, X. Artiqov. Jahon tarixi (Yangi davr Osiyo va Afrika mamlakatlari). Toshkent. 2014-yil
4. www.wikipedia.org
5. www.ziyonet.uz
6. www.dic.academic.ru
7. www.bigasia.ru
8. www.historic.ru
9. www.archive.org
Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish