Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari



Download 1,83 Mb.
bet86/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Er egaligi va soliqlar. Amir Temur o’z davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirish jarayonida “Tuzuklar”ga tayanib ish ko’rgan. Bu haqda manbada maxsus bob mavjud. Unda keltirilishicha, dehqon, hunarmand, savdogar, soliqchi, yer-suv, hosil va boshqalarning ahamiyati, o’rni hamda vazifalari aniq belgilab qo’yilgan. Eng mahsuliyatli vazifalar esa davlat zimmasida bo’lgan. Xususan, xaroba va suvsiz yerlarga suv chiqarish hamda obod qilish, buzilgan ko’priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo’l xavfsizligini tahminlash, yirik bog’lar barpo etish, katta-katta kanallar qazish, savdo karvonlariga, kuzatuvchi va soqchilar tayinlash, karvonsaroy va yomxonalar qurish kabi katta kuch va mablag’ talab qiladigan yumushlar shular jumlasidandir.
Amir Temur va temuriylar davrida mavjud sug’orish tarmoqlarini tahminlash va kengaytirish, yangi ariqlar qazish, obodonlashtirish ishlariga katta ahamiyat berilgan. Bu davrda dehqonchilik vohalarining suv tahminoti tartibga solinadi, dashtlarga suv chiqarilib, yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Bu sohada dehqonlarning yangi yerlarni ochishi, korizlar qazib, bog’-rog’lar obod etishi uchun amalga oshirilgan har qanday faoliyati hukmdorlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Bu davrda hukmdorlar va ularning viloyat hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus va Hirot hamda uning atroflarida yirik sug’orish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv tahminoti tubdan yaxshilanadi.
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda yer va mulkchilikning asosan to’rtta shakli: mulki devoniy – davlat yerlari, mulk – xususiy yerlar, mulki vaqf – madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va jamoa yerlari bo’lgan. Dehqonchilik qilinadigan yerlarning katta qismi davlat yerlari hisoblanib, bu yerlarga davlat hukmdori egalik qilib, bu davrda davlat yerlarini suyurg’ol tarzida inhom qilish keng tarqaladi. Suyurg’ol yerlari maydoni, sharti hamda yer va yorliqqa ega bo’lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo’lgan. Anhana bo’yicha, shahar va viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha bo’lgan mulk suyurg’ol shaklida inhom etilgan. Viloyatlar va shaharlar ko’pincha sulola vakillari, yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan hamda bu yerlar ko’pincha avloddan avlodga meros bo’lib qolgan. Suyurg’ol egasi o’z mulkida amaldorlarni mansabga tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqiga ega bo’lgan. SHuningdek, huquqlari cheklangan mayda suyurg’ol egalari ham bo’lgan.
Dehqonchilik yerlarining boshqa kattagina qismi mulk maqomidagi xususiy yerlardan iborat bo’lgan. Mulk yerlarining katta qismi mahmuriy, harbiy va diniy arboblarning yerlari bo’lgan. Mehnatkash ziroatchilarning mayda yerlari ham mulk hisoblangan. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biror xizmati uchun tarxon yorlig’i berilib, bu yorliqni olganlar barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig’i, odatda, amir, bek, saroy amaldorlari, sayidlar kabi yuqori tabaqa vakillariga berilgan hamda ular iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta mavqega ega bo’lganlar
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda masjid, madrasa, xonaqoh, maqbaralar barpo etilib ularning barchasiga katta yer maydonlari, sug’orish tarmoqlari, do’konlar, korxonalar, tegirmonlar, objuvozlar, karvonsaroylar berilgan bo’lib, ular mulki vaqf deb atalgan. Bu mulklardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning tahmirlash va jihozi, shuningdek, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan maosh, musofirxona va shifoxonalarning kundalik xarajatlari (oziq-ovqat, yoqilg’i va yoritg’ichlar) uchun sarf etilgan.
Bu davrda dehqonchilik yerlarining mahlum bir kichikroq qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo’lgan va bunday yerlar jamoa mulki hisoblangan. Jamoa yerlari ko’proq tog’ oldi tumanlarining suvga tanqis yerlarida, adirlardagi suv chiqmaydigan yerlarda joylashgan. Bunday yerlar qishloq jamoalarining kuchi bilan mayda suv omborlari (jilg’alar yordamida) yoki korizlar qazib, mashaqqatli mehnat tufayli o’zlashtirilgan hududlarda paydo bo’lgan hamda jamoa mulkiga aylangan. Ular mahlum muddat soliqlardan ozod etilgan.
Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda ekin maydonlariga ishlov beruvchilar muzoriy (ziroatchi) deb atalgan bo’lib, ular qishloqning mehnatkash tabaqasiga mansub bo’lgan va quyidagi to’rtta guruhga bo’lingan: 1. Davlat yerlarida mehnat qiluvchi ziroatchilar; 2. Mulkdorlarning yerlarida ishlovchi ziroatchilar; 3. O’z yerlariga ega bo’lgan dehqonlar; 4. Vaqf yerlarda mehnat qiluvchi ziroatchilar.
Bizga mahlum bo’lgan ko’pgina manbalar Amir Temur va temuriylar davrida O’rta Osiyo va boshqa hududlarda soliq tizimi mahlum tizimga tushirilib, adolat qonunlariga rioya qilganligi haqida mahlumotlar beradi. Xususan “Tuzuklar” da shunday deyiladi: “Amr qildimki, hosil pishib yetilmasdan raiyyatdan molu jihot olinmasin. Hosil yetilgach, soliqni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyyat soliq to’plovchi yuborilmasdan oldin soliqni o’zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to’plovchi yubormasinlar. Agar soliq to’plovchini yuborishga majbur bo’linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so’z bilan olsinlar; kaltak-arqon ishlatib, ishni urush-so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar.
Bu davrda yerdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan. Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan. Uning hajmi hosilning yarim miqdorigacha borgan. Hosil to’la pishib yetilmasdan soliq to’plash qathiyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo’yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentyabr) va qavs (noyabr) oylarida to’planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning mahmurlari, suyurg’ol egalari va tarxonlar, shuningdek, yirik mulkdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar.
Harbiy yurishlar davrida mag’lub etilgan aholidan sari shumor (jizg’ya) solig’i olingan. Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik ehlon qilingan paytlarda favqulodda soliq – avorizot yig’ib olingan. Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o’tayotganda, zarurat tug’ilganda, aholi ularga ot-ulov topib berishi lozim bo’lgan.
Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko’targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug’orish inshootlari, yo’l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hashar ishlar begor deb atalgan. Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug’ona soliqlari undirilgan. SHuningdek, aholi soliq yig’ish va uning hisob-kitobi bilan band bo’lgan turli lavozimdagi mahmurlarning xizmati uchun ham bir qancha yig’imlar to’laganlar. Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig’uvchilarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga zobitona; dorug’alarga dorug’ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to’langan.
Bu davrda bog’ va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o’tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to’plashda anhanaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. CHorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig’i olingan. CHegara hududlarida bojxonalar bo’lib, chetdan keladigan savdogarlardan mahlum miqdorda boj undirilgan. Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig’i to’laganlar.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish