Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari



Download 1,83 Mb.
bet1/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida noto’g’ri baho berilgan yoki yuzaki ko’rib chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi “O’zRFA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi” qaroridan so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy ehtibor berish, qo’yilgan muammoni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. SHunga qaramasdan, uzoq o’tmishlarga borib taqaluvchi ulkan tariximizda yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Ana shunday fundamental masalalardan biri – o’zbek xalqi davlatchiligi hamda davlat boshqaruvi tarixidir.


XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan davlatchilik tarixini tadqiq etishda hozirgi kunga kelib jiddiy ilmiy yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da1, davlatchilikning ilk shakllari, boshqaruv tizimining paydo bo’lishi, unvonlar va mansablar, ilk shaharlar va ular bilan ilk davlatlar o’rtasidagi dialektik bog’liqlik masalalari to’la yechimini topgan deb bo’lmaydi. Undan tashqari, davlatchilik tarixi bo’yicha Oliy tahlim muassasalari bakalavr va magistrlari uchun hozirgi kunga qadar birorta darslik yaratilmagan. O’zbek xalqi davlatchiligi bo’yicha hozirga qadar nashr yuzini ko’rgan turli-tuman tadqiqotlarni umumlashtirish, qiyosiy o’rganish, muammo bo’yicha turli kontseptsiyalarni tadqiq etish asosida yuqoridagi bo’shliqni imkon qadar to’ldirishga harakat qilish mazkur darslikning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Darsliknini yaratishda avvalo, tarixchilar, arxeologlar, qolaversa, manbashunoslar, etnograflar, tangashunoslar, sanhatshunoslar, huquqshunoslar,faylasuflar, lingvistlar tadqiqotlaridan keng foydalanildi.
SHuningdek, jahon tsivilizatsiyasining ajralmas qismi bo’lgan qadimgi O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi masalalarini har tomonlama tadqiq etish ham mazkur darslikning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Tahkidlash lozimki, qadimgi O’zbekiston tsivilizatsiyasi o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. O’rta Osiyo, umuman, Qadimgi SHarqdagi qadimgi davrlarda bo’lib o’tgan tarixiy-madaniy jarayonlar karvon yo’llari kesishgan hududlarda joylashgan qadimgi O’zbekistonga ham o’zining sezilarli tahsirini o’tkazgan. SHuningdek, o’lkamiz hududlarida mavjud bo’lgan qadimgi madaniyatlar qo’shni o’lkalarga ham o’z tahsirini o’tkazganligi shubhasizdir.
Davlatning tarixiy ildizlarini, u qanday sharoitlarda paydo bo’lganligi, qanday rivojlanganligini va zamonaviy voqelikda qanday mazmun kasb etganligini bilmasdan turib davlatni tsivilizatsiya hodisasi sifatida tushunish mumkin emas. SHu nuqtai nazardan ham mazkur darslikda o’zbek xalqi davlatchiligining asoslari, bu jarayonga tahsir etgan hamda tezlashtirgan omillar, turli davrlarda davlatchilik rivojining yuqori nuqtasi yoki inqirozi va ularning sabablari, davlatchilik turlari va shakllari, turli davrdagi mansablar va unvonlar, mahlum sulolalar va tarixiy shaxslarning davlatchilikdagi o’rni va ahamiyati, yer egaligi va soliq tizimi masalariga asosiy ehtibor qaratildi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning ehtirof etishlaricha, butun dunyoda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham davlatchilik abadiy mavjud bo’lmasdan, mahalliy xalqlar tarixiy-madaniy rivojlanishining mahlum bosqichida paydo bo’lgan voqelikdir. Bu o’rinda yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi kontseptsiyasini eslab o’tish maqsadga muvofiqdir: “Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda aynan bir-biriga o’xshash ikkita inson bo’lmaganidek aynan bir-biriga o’xshagan ikkita davlat ham yo’q. Bunday bo’lishi ham mumkin emas. Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va madaniy taraqqiyotining hosilasidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir”.1
SHuningdek, o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning naqadar muhimligi Respublika Prezidenti tomonidan shunday izohlanadi: “Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar ham bor... O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu dahvoning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai-nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”1.
SHu bois ham so’nggi yillarda O’zbekiston tarixining qator dolzarb masalalarini o’rganishda aniq va haqqoniy tarixiy yondoshuv masalasi muhim bo’lib bormoqda. Zero, yurtboshimiz tahkidlaganidek, “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad-muammolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, mahnaviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi”2. Ayniqsa, o’zbek xalqi davlatchiligi, va uni boshqaruvining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur o’rganish va tahlil qilish maqsadida tadqiqotlar olib borish hamda ular natijalarini Oliy tahlim talabalari uchun ilmiy muomalaga kiritish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Yuqorida tahkidlab o’tganimizdek, mazkur darslikni tayyorlashda davlatchilik va boshqaruv tarixi bilan bog’liq bo’lgan turli fanlar yutuqlaridan foydalanildi. Misol uchun, davlatchilik va boshqaruv tarixining falsafiy fanlar bilan bog’liqligi shunda ko’rinadiki, falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. U jamiyatdagi tarixiy-madaniy rivojlanish jarayoniga ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi hamda ularni umumiy ko’rinishda o’rganadi.
Davlatchilik va boshqaruv tarixining iqtisodiyot bilan bog’liqligi shundaki, iqtisodiy fanlar jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqaruvchi xo’jalik sohalarining paydo bo’lishi va rivojlanishini, moliya masalalarini, jumladan dexqonchilik, xunarmanchilik, mahsulot ayirboshlash, tovar pul munosabatlari, soliqlar tizimi, savdo-sotiq tarixi kabilarni tadqiq etishda o’ta muhimdir. SHuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o’rganishda siyosatshunoslikning ham ahamiyati beqiyosdir. Mahlum bir davlatning taraqqiyoti yoki tanazzuli o’sha davlatda olib borilgan siyosatga bog’liqligi sir emas. Undan tashqari, turli davrlardagi norozilik harakatlari, bosqinchiliklar, qo’zg’olonlar va urushlar tarixi ham siyosat bilan bevosita bog’liqdir.
SHuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlarning ham ahamiyati kattadir. Sotsiologiya fani mavjud jamiyatni bir butun yaxlit holatda, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi hamda mavjud jamiyat ahzolarining davlatga bo’lgan turli munosabatlarini, ularning mavjud davlat haqidagi mulohazalarini o’rganadi. Xullas, barcha davlatlarda bo’lgani kabi o’zbek halqi davlatchiligi va boshqaruvi tarixini tadqiq etish ham turli fan sohalari bilan chambarchas bog’liqdir.
O’quvchilar shunga asosiy ehtibor berishlari lozimki, turli halqlar jumladan, o’zbek halqi ham o’z davlatchiligining shaklllanish bosqichlarini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy madaniy jarayonlarga bog’liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o’tgan. Bir umumiy geografik mintaqa – O’rta Osiyoda yashab kelgan qo’shni xalqlar, elatlar va qabilalarni bir-biriga yaqin bo’lgan madaniyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar, umumiy va madaniy etnik ildizlar birlashtirib turgan. SHuning uchun ham qadimgi davrlardan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri bir-biriga o’zviy bog’langan.
Tahkidlash lozimki, so’nggi yillarda O’rta Osiyo mintaqasida yashagan qadimgi xalqlar tarixini “qadimiylashtirish” borasida asossiz fikr-mulohazalar ko’payib ketdi. Hatto, eng yuqori lavozimlarni egallab turgan qo’shni davlatlar arboblari ham shu masala bo’yicha “qalam tebratdilar”. Birinchidan, “kim qadimgiroq” ekanligi hozirgi kunda hech narsani hal qilmaydi. Ikkinchidan, mahlum xalq mentalitetini ko’tarish, dunyoga ko’rsatish albatta kerak. Ammo, bu holat qo’shni xalqlar tarixini yerga urish yoki uni bo’zib ko’rsatish evaziga bo’lmasligi lozim. Uchinchidan, tarixni o’rganishga bunday yondashuv zamonaviy xalqlar o’rtasidagi munosabatlarga rahna solishi mumkin1.
Mazkur darslikda o’zbek xalqi mentalitetiga alohida urg’u berilib, u boshqa xalqlar tarixiga hurmat bilan qarash ruhida yaratildi. SHu o’rinda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi fikrlari ayni haqiqatdir: “Tariximiz kabi, qadimgi madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu tabiiy hol, chunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitti millatga mansub madaniyat bo’lmaydi. Har qanday tsivilizatsiya ko’pdan ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tahsirining mahsulidir”.
Xullas, O’zbekison Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy davsturi” va “Tahlim tao’g’risida”gi qonunlari talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda tayyorlanayotgan yangi avlod darsliklarini, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalarini yaratishdan maqsad ham o’quv jarayoni sifat va samaradorlgini oshirishga, zamonaviy pedogogik usullarni joriy etishga qaratilgan bo’lib, buning natijasida qadimgi tariximizni targ’ib etish, komil insonni tarbiyalash, hozirgi kun talablariga javob beradigan tarixchi-mutaxasislar tayyorlashdir. Bu jarayonda mazkur darslik mahlum ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz.
Mazkur darslikning eng qadimgi davrlardan XIII asrning boshlariga qadar bo’lgan qismi muallif tomonidan 2009 yilda chop etilgan edi.1 O’sha o’quv qo’llanmasi qayta ishlanib, qo’shimchalar kiritilib, keyingi davrlar davlatchilik va boshqaruv tarixi bilan to’ldirilib, O’zMUdagi “Davlat boshqaruvi va mahalliy o’z-o’zini boshqaruv” magistratura mutaxassisligi talabalar uchun darslik sifatida nashrga tayyorlandi.
Darslikni tayyorlash jarayonida O’zbekiston tarixining turli davrlari davlatchiligi va boshqaruvi masalalari bo’yicha so’nggi yillarda turli tadqiqotlar olib borgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari – maqolalar, monografiyalar, dissertatsiyalar, o’quv qo’llanmalari, darsliklar, fundamental kitoblardan keng foydalanildi. Jumladan, E.Rtveladze, R.Sulaymonov, A.Asqarov, A.Sagdullaev, A.Ziyo, O’.Movlonov, SH.Vohidov, N.Musaev, Q.Rajabov, J.Ismoilova, R.Xoliqova, X.Yunusova, SH.O’ljaeva, SH.SHaydullaev, N.Polvonov, M.Haydarov, S.Tillaboev, T.Xudoyqo’lov, U.SHeripov, S.Saburova, X.Matyokubov, U.Abdullaev kabi yetuk va yosh olimlarning davlatchilik va boshqaruv tarixining turli tomonlarini yoritgan tadqiqotlari mazkur darslik uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
Ushbu darslikni nashrga tayyorlash ishlarini jadallashtirishda o’zlarining qimmatli amaliy va ilmiy yordamlarini ayamagan professor R.X.Murtazaevaga, aqadimek A.A.Asqarovga, professor A.S.Sagdullaevga muallif shaxsan minnatdorchilik bildiradi. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr – mulohazalar O’zMU tarix fakulg’teti, “O’zbekiston tarixi” kafedrasida bajonidil qabul qilinadi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish