Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Madaniy hayot. Mehmorchilik



Download 1,83 Mb.
bet133/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Madaniy hayot. Mehmorchilik. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo’lib o’tgan voqealar madaniy hayotga tahsir etmasdan qolmadi. SHunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o’ziga xos yo’nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi tahlim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, mehmorchilik va amaliy sanhat kabilarda kuzatiladi.
Butun O’rta Osiyoda bo’lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o’chog’lari boshlang’ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang’ich maktab, yahni, quyi tahlimda o’qish-yozishni o’rganib, xat-savod chiqargan o’smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o’qib tahlim olganlar. Manbalarga ko’ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang’ich maktab va 130 ta madrasa bo’lgan. Faqat Xivaning o’zida 22 ta madrasa bo’lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, SHerg’ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako’z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg’or g’oyalarni targ’ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G’arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida o’ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo’lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Tahvizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g’azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go’r o’g’li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G’arib va SHohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folg’klor va xalq og’zaki ijodidagi ko’rinishlari taraqqiy etdi.
Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi anhanalar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida Abulg’ozining “SHajarai turk” va “SHajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o’zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik anhanalarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar.
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug’i bilan SHermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli mahlumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig’i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 yilgacha bo’lgan voqealar bilan boyitdi. SHuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag’ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “SHajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi.
Xorazm O’rta Osiyoda o’ziga xos uslublarga boy bo’lgan mehmorchilik maktabiga ega voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo’lgan mehmoriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm mehmorchilik maktabining o’ziga hosligini ko’rsatib turadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko’plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko’plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi mehmoriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qalhada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo’lgan Dishan (tashqi) qalha ham nodir mehmorchilik namunasi hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, SHohabboz, Gurlan, Xo’jayli, Qo’ng’irot kabilar mudofaa devorlari bilan o’rab olinib, ularda ham ko’plab mehmoriy inshootlar bunyod etilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo’lgan Xiva xonligi – O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o’z o’rniga ega bo’lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o’ziga xos tomonlari o’rganishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O’zbekiston tarixining ajralmas qismidir.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish