Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


-§. Buxoro amirligining ag’darilishi



Download 1,83 Mb.
bet151/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

5-§. Buxoro amirligining ag’darilishi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi.
Ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo’lgan “Yosh buxoroliklar” partiyasi 1910 yildayoq o’zlarini alohida tashkilot sifatida ehlon qilgan edilar. Buxorodagi jadidchilik harakatidan o’sib chiqqan Yosh buxoroliklarning faoliyati 1917 yilga kelib ancha kuchaygan edi. SHu yilgi fevral inqilobi Buxoro amirligiga ham tahsir etmasdan qolmadi. Mart oyining boshlarida Yangi Buxoro, Termiz, CHorjo’y va Karkida ishchi, soldat va dehqon sovetlari tuzildi. Bunday sharoitda “Yosh buxoroliklar” mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o’tkazish, konstitutsion monarxiyani o’rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo’yish tarafdori bo’ldilar.
Demokratik kuchlarga tayangan “Yosh buxoroliklar”ning qathiy talablari asosida Buxoro amiri Sayyid Olimxon 1917 yil 7 aprelda mamlakatda islohotlar o’tkazish to’g’risida farmon chiqardi. Ushbu islohotda amirlikdagi o’rta asrlar boshqaruvi tizimiga o’zgartirishlar kiritish, amaldorlarni saylab qo’yish tizimiga o’tish, amirlik poytaxtida amaldorlar, savdogarlar va dindorlar tarkibida shahar xo’jaligi, xalq tahlimi va sog’liqni saqlashni boshqarish uchun majlis tuzish, shariatni adolatni amalga oshiruvchi va soliqlarni muqobillashtirib turuvchi yagona huquq sifatida ehtirof etish, aniq davlat byudjeti o’rnatish, savdo-sotiqni har tomonlama rivojlantirish, aniq fanlarni rivojlantirish kabilar ko’zda tutilgan edi. Ammo, bu islohot amalda joriy etilmadi.
1917 yil 9 aprelda jadidlar Buxoro shahrida islohotlarni hayotga tadbiq etishni talab qilib namoyish o’tkazdilar. Ammo, namoyishchilar amir hukumati tomonidan tarqatib yuborildi va “Yosh buxorolik”larning ko’pchiligi jazolanib, tahqib ostiga olindi. Bu voqealardan so’ng, 14 aprelda amir Olimxon islohotlar o’tkazishni rad etdi.
Oktyabr inqilobidan so’ng sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib ketdi. Turkiston Respublikasining bolg’sheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining mustaqilligini rasman tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. Bu paytga kelib “Yosh buxoroliklar” partiyasi ichida turli guruhlarning mavjudligi, qarashlarining xilma-xilligi tufayli partiyaning yagona dasturini tuzishga ehtiyoj paydo bo’ldi. “Yosh buxoroliklar” partiyasining markaziy komiteti bu vazifani 1917 yil noyabrida Fitratga topshirdi. Abdurauf Fitrat tomonidan tayyorlangan “Yosh buxoroliklar” partiyasining Dasturi 1918 yil yanvarida partiyaning markaziy komiteti tomonidan tasdiqlandi va islohot loyihasi sifatida ehlon qilindi.
Ushbu dasturda Buxoro amirligida konstitutsion monarxiya o’rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini tahminlash, madaniy taraqqiyotga erishish, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida ehtibor qaratish, Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, ikki yillik majburiy harbiy xizmatni joriy etish, davlat hisobidan maktablar va oliy o’quv yurtlari ochish kabi masalalarga alohida ehtibor qaratish zarurligi tahkidlangan edi. SHuningdek, ushbu loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar SHo’rosi tuzish taklif etildi.
Turkkiston XKS Buxoro amirligiga qarshi zimdan kurash olib bordi, amir hukumatini kuch bilan ag’darib tashlashga urindi hamda bolg’sheviklar shu maqsadni ko’zlab buxorolik jadidlarni qo’llab-quvvatladilar. 1918 yil mart oyida Turkiston o’lkasi XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ushbu hujum muvaffaqiyat bilan tugamagan bo’lsa-da, Buxorodagi siyosiy tuzumni o’zgartirish uchun harakatlar to’xtamadi. Sayyid Olimxon esa Buxoro jadidlarini kuchli tahqib ostiga oldi. Natijada buxorolik jadidlar Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo’nab ketishga majbur bo’ldilar.
1920 yil 13-14 iyunda “Yosh buxoroliklar” partiyasining Turkiston Markaziy byurosi birlashgan konferentsiyasida Fayzulla Xo’jaev tuzgan Dastur qabul qilindi. Ushbu dasturda amirlikni kuch bilan ag’darib tashlash va Buxoroni Demokratik xalq respublikasi deb ehlon qilish talabi qo’yildi. “Yosh buxoroliklar” yirik boylar qo’lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang’ich tahlim joriy etish, qishloq xo’jaligi, hunarmandlar sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo’lida amaliy chora tadbirlar ko’rish zarurligini tahkidlagan edilar.
1920 yilning 2 sentyabrida M.Frunze boshchiligidagi qizil armiyaning shafqatsiz hujumlaridan so’ng amirlikning poytaxti Buxoro shahri bosib olindi va Amir Olimxon taxtdan ag’darildi. SHundan so’ng, qizil armiya amirlikning barcha bekliklarini birin-ketin egallab, amirlikka butunlay barham berdi.
1920 yil 14 sentyabrda Xalq Nozirlar SHo’rosi, Buxoro muvaqqat inqilobiy qo’mitasi va Buxoro Kompartiyasi MK ning umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda 9 kishidan iborat Abduqodir Muhiddinov raisligida Butunbuxoro inqilobiy qo’mitasi va 11 kishidan iborat respublika hukumati – Fayzulla Xo’jaev raisligidagi Xalq Nozirlar SHo’rosi tuzildi. Buxoro Xalq Nozirlari SHo’rosining tarkibi quyidagicha edi:
Fayzulla Xo’jaev – rais, xorijiy – tashqi ishlar noziri;
Qori Yo’ldosh Po’latov – maorif noziri;
Muxtor Saidjonov – doxiliya – ichki ishlar noziri;
Usmonxo’ja Po’latxo’jaev – moliya ishlari noziri;
Najib Xusainov – davlat nazorati noziri;
Yusuf Ibrohimov – favqulodda komissiya noziri;
Mukammil Burxonov – adliya noziri;
Bahovuddin SHahobuddinov – harbiy ishlar noziri;
Abdulqodir Muhiddinov – yer-suv ishlari noziri;
Mirzo Muhiddin Mansurov – savdo va sanoat ishlari noziri.
1920 yilning 6-8 oktyabr kunlari Buxorodagi Sitorai Mohi Xosada Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyi chaqirilib, unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi ehlon qilindi. Bu respublika davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi bo’lgan Buxoro inqilobiy qo’mitasi va dastlabki hukumat tarkibi bo’lgan Buxoro Xalq nozirlar SHo’rosini o’zil-kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati II qurultoygacha o’zaytirildi.
1920 yil oktyabrda BXSR bilan Rossiya o’rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy bitim tuzildi. 1921 yil 4 martda esa har ikkala davlat o’rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomalar yosh Buxoro davlati arboblarining mustaqil siyosat yuritishga qaratilgan harakatlari faoliyatini mahlum darajada cheklashga olib keldi. CHunki, ittifoq shartnomasi mustaqil Buxoro davlati hududida sovet qo’shinlari saqlanishini qonuniy qilib asoslab berdi. Bu esa Rossiyaning BXSR ichki ishlariga harbiy jihatdan qurolli aralashuvi edi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish