Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari



Download 1,83 Mb.
bet139/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Markaziy boshqaruv1







  1. Viloyat boshqaruvi



  1. Tuman boshqaruvi




4. SHahar boshqaruvi


a) tuman shaharlari idorasi

b) Toshkent shahri idorasi



5. Qishloq boshqaruvi


Viloyatlar boshqaruvi1 harbiy gubernator va viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirib borilgan. Yuqorida tahkidlaganimizdek, harbiy gubernator harbiy va harbiy fuqarolik xususiyatiga ega bo’lgan. Harbiy gubernator qoshida amaldorlar va viloyat boshqarmasi mavjud bo’lib, viloyat boshqarmasiga harbiy gubernatorning yordamchisi raislik qilgan. Bu yordamchi harbiy gubernator bilan kelishilgan holda imperator yorlig’i bilan vazifasiga tayinlangan va ozod etilgan. Harbiy gubernator bo’lmagan paytlarda uning vazifasini yordamchisi bajargan.
Viloyat boshqarmasi uchta bo’lim – farmon beruvchi, xo’jalik va sud bo’limlaridan iborat bo’lgan. Bo’lim boshliqlari general-gubernator tomonidan tayinlangan hamda vazifasidan ozod etilgan. Uezdlarni uezd boshliqlari idora qilgan. Ular general-gubernator tavsiyasiga binoan oliy yorliq bilan vazifasiga tayinlangan va ozod etilgan. Uezd boshliqlari mahmuriy va politsiya vazifasini bajargan hamda qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilgan.
Mahalliy boshqaruv ko’chmanchi aholini boshqarish va o’troq aholini boshqarishga bo’lingan. Har bir uezddagi ko’chmanchi aholi viloyatlarga, volostlar esa ovullarga bo’lingan. Volost (bo’lis)lar – volost boshqaruv-chilari, ovullar esa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Viloyat boshqaruvchilari va unga nomzodlar harbiy gubernator tomonidan, ovul oqsoqoli va unga nomzodlar uezd boshlig’i tomonidan tayinlangan. Volost boshlig’i politsiya va mahmuriy hokimiyatni amalga oshirgan. O’troq aholini boshqarish qishloqlarda mahmuriy va politsiya vakolatlariga ega bo’lgan oqsoqollar tomonidan amalga oshirilgan. O’troq aholi uezdlarda volostlarga, volostlar esa qishloq jamoalari (oqsaqolliklar)ga bo’lingan.
1886 yilgi “Nizom” ga ko’ra, Turkiston o’lkasini boshqarish quyidagicha bo’lingan:
1. Bosh boshqarma.
2. Turli tarmoqlarning alohida qismlarini boshqarish.
3. Mahalliy mahmuriy boshqaruv: viloyat – uezd –volost – qishloq.
4. Sud boshqaruvi.
Turkiston general-gubernatori huzurida Kengash, maxsus topshiriqlarni bajarish uchun amaldorlar, tarjimon va devonxona mavjud bo’lgan. Kengash vakolatlariga barcha qonunchilik masalalari, general-gubernator topshirgan vazifalarni ko’rib chiqish kirgan. Ammo u, o’lkani umumiy boshqarish bo’yicha maslahat ovoziga ega bo’lgan.
Uezd boshqaruvi bo’yicha Amudaryo bo’limi alohida maqomga ega bo’lgan. Amudaryo bo’limi boshlig’i uezd boshlig’i maqomiga ega bo’lib, mahmuriy va politsiya boshqaruvi uning ixtiyorida bo’lgan. Bo’lim boshlig’i huzurida yordamchi va devonxona mavjud bo’lgan.
Volost boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomonidan uch yilga saylangan hamda harbiy gubernator tomonidan tasdiqlangan. Volost boshqaruvchilari sud hukmlarini ijro etgan, aholining kelib-ketishini nazorat qilgan hamda soliqlarning o’z vaqtida yig’ilishini tahminlagan.
1867 yilgi “Muvaqqat Nizom” ga ko’ra, Turkiston o’lkasining sud va politsiya tizimi – harbiy sud, imperiyaning umumiy qonunlari asosida sud va xalq sudidan iborat bo’lgan bo’lsa, 1886 yilgi “Nizom” ga ko’ra, ularga o’zgartirishlar kiritilib, quyidagicha bo’lgan: sudlov palatasi, okrug sudlari, qo’shimcha mirovoy (sulhparvar) sudg’yalar, faxriy mirovoy sudg’yalar.
Mahalliy aholining sudlari alohida tartibga asosan tuzilib, xalq sudlari deb nomlangan. Xalq sudlari alohida rus sudlariga tegishli ishlardan tashqari sodir etilgan ishlarni, biror xalq sudiga tegishli bo’lgan hamda rus hujjatlari asosida bo’lmagan fuqarolik ishlarini ko’rib chiqqan. Xalq sudlari – xalq tomonidan saylanib qo’yilgan biylar tomonidan amalga oshirilgan. Ular harbiy gubernator tomonidan tasdiqlangan. O’troq aholi uchun qozi sudlari amal qilgan bo’lib, ular aholi tomonidan saylangan hamda harbiy gubernator tomonidan tasdiqlangan.
Turkiston o’lkasida viloyat va uezd (tuman) boshqarmalari shaharlarda joylashgan. Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Andijon, Marg’ilon, Namangan, Ashxobod, CHimkent, Jizzax, Kattaqo’rg’on kabilar mavqega ega bo’lgan asosiy shaharlar edi. SHaharlar ichida general-gubernatorlikning siyosiy, mahmuriy va madaniy markazi bo’lgan Toshkent shahriga alohida ehtibor berilgan. Xususan, 1865 yilda general – mayor Romanovskiy rus zobitlari va amaldorlari uchun shaharning sharqiy qismidan joyni tanladi va qisqa muddat (1866-1868 yy.) rus aholisi yashaydigan “Yangi shahar” barpo etildi.
1868 yil 27 fevralda Toshkentning “Yangi shahar” qismida harbiy – xalq boshqarmasi tuzilib, statistik maslahatchi Rossitskiy uning boshlig’i etib tayinlandi. Ushbu boshqarmaning dastlabki qaroriga ko’ra Toshkentning “Yangi” qismida quyidagi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutildi:
1. Reja tuzish, uy qurishga yer ajratish, ko’cha va maydonlar barpo etish.
2. Soliqlar va turli tushumlarni tartibga keltirish hamda undirish, shuningdek, shaharning daromad va xarajatlar smetasini tuzish.
3. SHahar irrigatsiya tizimi va obodonchiligini boshqarish.
Mahlumki, 1870 yilda Rossiyaning ichki guberniyalarida “SHahar nizomi” qo’llanila boshlangan edi. Sirdaryo viloyati boshqarmasining umumiy rayosati 1872 yilda Toshkentda ham ushbu nizomni qo’llash masalasini ko’tarib chiqdi. SHunga ko’ra, “SHahar nizomi” ni mustamlaka boshqaruv mahmuriyati manfaatlariga mos ravishda o’zgartirish, qo’shimchalar kiritish asosida Toshkentda joriy etish uchun loyiha tayyorlandi. Ushbu loyiha maxsus komissiya tomonidan atroflicha muhokama etilgan bo’lsa-da, bu masala 1877 yildagina hal bo’ldi. Tahkidlash lozimki, Rossiya imperiyasida shaharga oid ikkita nizom (1870, 1892 yy.) qabul qilingan bo’lib, ular Turkiston o’lkasining Toshkent va Verniy (Almati) shaharlaridagina qo’llanilib, boshqa shaharlarga joriy etilmagan.
1877 yilda Toshkent shahar Dumasi tashkil etilib, Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hayhat tuziladi. Hayohat saylovchilar ro’yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o’tkazish bo’yicha ish olib bordi. Saylovda 25 yoshga to’lgan, shaharda ko’chmas mulki bo’lgan rus fuqarolari, savdo va kosibchilik guvohnomalari bo’yicha shahar solig’ini to’laydigan, qarzlari bo’lmagan va sudlanmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo’lgan. Dumada ovoz beruvchilar soni 72 kishidan oshmasligi kerak edi. Ularning uchdan bir qismi mahalliy aholi, qolgani esa “Yangi shahar”da istiqomat qiluvchi aholi vakillari bo’lishi shart edi.
Saylovlar to’rt yilda bir marta bo’lib o’tgan va unda asosan savdogarlar, yirik sanoat korxonalari hamda uy egalari ishtirok etgan. Tadqiqotchilarning fikricha, yangi tashkil etilgan Duma birinchidan, shaharni mustamlakachilar qo’lida saqlab turishni, ikkinchidan, Dumaga saylangan mahalliy aholi vakillarini hokimiyat tayanchiga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edi.
General – gubernator tomonidan tayinlangan Toshkent shahri boshlig’i bir vaqtning o’zida Duma raisi va shahar hokimi (hokim to’ra) vazifalarini ham bajargan. SHahar hokimi vazifasini turli yillarda quyidagi shahar boshliqlari bajarganlar:1



  1. V.Yu.Medinskiy – 1874-1877 yy.

  2. E.T.Pukalov – 1877-1883 yy.

  3. S.R.Putintsev – 1884-1890 yy.

  4. A.T.Tveritinov – 1891-1898 yy.

  5. I.A.Ladijenskiy – 1898-1901 yy.

  6. V.F.Kiselyov – 1901-1904 yy.

  7. V.N.Ribushin – 1904-1905 yy.

  8. S.R.Putintsev – 1905-1907 yy.

  9. N.G.Mallitskiy – 1907-1917 yy.

Turkistondagi mustamlaka boshqaruvi 1898 yilgacha “harbiy-xalq boshqaruvi”, undan keyin esa “mahmuriy politsiya boshqaruvi” deb atalgan bo’lsa ham uning mohiyati mazmunan o’zgarmagan. Barcha vakolatlar avvalo, genral-gubernator, qolaversa, u boshchiligidagi rus mahmuriyati qo’lida to’plangan bo’lib, Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoda o’zbek davlatchiligi va boshqaruvining barcha ko’rinishlarini butunlay yo’qotish va ruscha idora usulini qathiy joriy etish bo’yicha izchil faoliyat olib bordi. Mahmuriy boshqaruv tizimi ana shu maqsadga qaratilib, buning uchun barcha choralar ko’rilgan edi.


Turkiston o’lkasida 1867 yildan 1917 yilgacha o’n beshta general – gubernator hukmronlik qilgan bo’lib1, ular quyidagilar edi:

  1. K.P.Kaufman – 1867-1882 yy.

  2. M.G. CHernyaev – 1882-1884 yy.

  3. N.O. Rozenbax – 1884-1888 yy.

  4. A.B.Vrevskiy – 1889-1898 yy.

  5. S.M. Duxovskiy – 1898-1901 yy.

  6. N.A. Ivanov – 1901-1904 yy.

  7. P.N. Tevyashov – 1904-1905 yy.

  8. D.I. Subotich – 1906 y.

  9. N.I. Grodekov – 1907-1908 yy.

  10. P.I. Mishenko – 1909 y.

  11. A.B. Samsonov – 1909 -1913 yy.

  12. Flug, Martson va Yerofeevlar – 1913-1916 yy.

  13. A.N. Kuropatkin – 1916-1917 yy.

CHor Rossiyasi mahmurlari o’zlarining Turkistondagi mustamlakachilikka asoslangan maqsadlarini keng qo’lamda amalga oshirish uchun o’lkani ruslashtirish siyosatiga alohida ehtibor berganlar. Mahlumotlarga ko’ra, Turkistonda ochilgan davlat muassasalari, sudlar, banklar va boshqa tashkilotlarda ish yuritish faqat rus tilida olib borilgan. Mahalliy aholi (asosan boylar, savdogarlar, qozilar va oqsoqollar) ning bolalarini rus tiliga o’rgatish uchun rus – tuzem maktablari ochilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad chorizm mahmuriyatiga sadoqatli amaldorlarni tayyorlash va kelajakda “siyosiy ahamiyatga ega bo’lmagan boshqaruv ishlarigagina mahalliy aholini jalb qilishdan ” iborat edi.


X1X asrning oxirlariga kelib Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni 1.738.918 kv.km.ni tashkil etgan. 1897 yilgi birinchi Butunrossiya aholini ro’yxatga olishning to’la bo’lmagan mahlumotlariga ko’ra, Turkiston general-gubernatorligining beshta viloyati aholisi quyidagicha edi:

  1. Kaspiy bo’yi viloyati – 383 ming kishi.

  2. Samarqand viloyati – 860 ming kishi.

  3. Sirdaryo viloyati – 1.478 ming kishi.

  4. Farg’ona viloyati – 1.572 ming kishi.

  5. Etttisuv viloyati – 988 ming kishi.

Jami – 5.281 ming kishi1.
Rossiya statistika boshqarmasining 1914 yilda to’plagan mahlumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich 6.492.604 kishidan iborat bo’lgan. Yuqoridagi mahlumotlardan ko’rinib turibdiki, Turkiston general-gubernatorligining uchta viloyati (Samarqand, Sirdaryo va Farg’ona) da aholi zich yashagan.
Turkiston aholisining umumiy miqdorida o’zbeklar, qozoqlar, qirg’izlar, tojiklar, turkmanlar va qoraqalpoqlar ko’pchilikni tashkil etgan. Foiz hisobida ular quyidagicha bo’lgan:

O’zbeklar

35,7

qozoqlar va qirg’izlar

44,66

Turkmanlar

4,98

Tojiklar

6,73

Qoraqalpoqlar

2,26

Ruslar

3,75

boshqa xalqlar

2,15

O’lkadagi rus, ukrain va belorus aholisining soni 1897 yilda 197.240 kishi bo’lgan bo’lsa, 1911 yilda ularning soni 406.607 kishiga yetgan. Bundan tashqari, Turkiston aholisining etnik tarkibini tatarlar, boshqirdlar, gruzinlar, armanlar, latishlar, litvaliklar, polyaklar, qoshg’arliklar, uyg’urlar, taranchilar, forslar, hindlar, kurdlar, afg’onlar kabilar ham to’ldirganlar.


Turkiston general-gubernatorligining qishloq joylarida mahalliy aholining 86 foizi, mahalliy bo’lmagan aholining 17 foizi yashagan bo’lsa, shaharlarda mahalliy aholining 14 foizi mahalliy bo’lmagan aholining esa 83 foizi yashagan. SHahar aholisining ulushi Toshkent, Qo’qon, Verniy, Andijon, Samarqand, Marg’ilon kabi yirik savdo-sanoat va mahmuriy-siyosiy markazlarda nisbatan yuqori bo’lgan.
Turkiston Rossiya tojidagi bebaho javohir ekanligini qayta-qayta tahkidlagan chorizm mahmurlari, ko’rilayotgan chora-tadbirlar o’lkada mustahkamlanib olish uchun yetarli emasligini bilib, bu yerga Rossiyaning markaziy rayonlaridan “ortiqcha” notinch aholini ko’chirish siyosatini olib bordilar. CHorizm turli yo’llar va vositalar bilan mahalliy xalqlarning yerlarini rus mujiklari foydasiga musodara qilishga urindi. Yerga soliqlar miqdorini haddan tashqari oshirib yuborish ana shunday vositalardan biri bo’ldi. Natijada aholi o’z yerlarini sotishga yoki undan butunlay voz kechishga majbur bo’ldi.
Rossiyadan Turkistonga “ortiqcha” aholini ko’chirish chorizm uchun bu yerda strategik jihatdan mustahkamlanib olish, mustamlakachilik tartiblarini o’rnatish, o’lkada tayanch punktlarini kuchaytirish uchun zarur edi. Dastlab ruslarni Turkistonga ko’chirib keltirish siyosati majburiy amalga oshirilgan. Keyinchalik, ixtiyoriy ko’chib keluvchilarning soni tobora ko’payib borgan. Rasmiy mahlumotlarga ko’ra, ko’chib kelganlarning 43,1 foizi mol-mulksiz, 37,8 foizi pulsiz edilar. Ko’chib kelgan dehqonlarga o’rtacha 38,8 so’m miqdorda pul berilgan.
Markaziy Rossiyadan Turkistonga doimiy yashash uchun ko’chib keluvchilarning soni yildan – yilga ko’payib bordi. Jumladan, manbalarga ko’ra 1875 yildan 1890 yilgacha Turkistonga 1300 ta oila ko’chirilib, 19 ta rus qishlog’i paydo bo’lgan bo’lsa, 1891-1892 yillar Rossiyada ocharchilik kuchaygan vaqtda bu qishloqlarning soni 25 taga yetdi. X1X asrning oxirlarida o’lkada 116 ta rus posyolkalari qurilib, ularda 70.745 kishi yashagan bo’lsa, XX asr boshlariga kelib, Turkistondagi rus aholisining soni 197.420 kishiga yetgan.
Turkiston o’lkasida rusiyzabon aholiga juda ko’plab imtiyozlar berilgan bo’lib, bunday imtiyozlar mahalliy aholiga tegishli bo’lmagan. Rus mustamlakachilik tartiblari, idora uslubi va ruslashtirish siyosatidan norozilik quyi mahmuriyat saylovlarida ochiqdan – ochiq siyosiy chiqishlar shaklida namoyon bo’ldi. Mustamlaka sharoitidagi milliy va sinfiy tengsizlik hamda rus ishchilarining imtiyozlari va ularning mahalliy ishchilardan keskin farqlanuvchi hukmron mavqei, chorizmning ruslashtirish siyosati, ko’chirib keltirilgan rus aholisiga mahalliy aholi yerlarining bo’lib berilishi milliy – ozodlik harakatlariga sabab bo’lgan edi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish