Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.O’zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo’lib, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi” Qonunga binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va mahnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini tahminlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.
Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi bo’lib, davlat boshqaruv shaklining qanday bo’lishidan qathiy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi hisoblanadi. Hukumat Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni tahminlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud bo’lgan boshqaruv shakliga bog’liq holda o’rnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Misol uchun, AQSHda – Mahmuriyat, Angliyada va Turkmanistonda – Ministrlar Kabineti, Frantsiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi, Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok.
O’zbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’lish asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o’zi tashkil etadigan xo’jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini tahminlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qo’yilgan o’z tarkibiga ega. Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlari, davlat qo’mitalarining raislari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining raxbarlari kiradi.
Konstitutsiyaga binoan, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakillantiriladi. Prezident Bosh vazir nomzodini ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi. Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlar mahkamasining ahzolari Bosh vazir taqdimiga ko’ra, Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o’rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining rayosati faoliyat ko’rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir vakolatlariga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining ahzoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini tahminlaydi.
O’zbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:
mahmuriy-siyosiy sohasidagi faoliyat;
iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;
ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat;
Do'stlaringiz bilan baham: |