Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Er egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik



Download 1,83 Mb.
bet130/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Er egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik. Butun O’rta Osiyo hududida bo’lgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yerlar yoki podsholik yerlari; xususiy shaxslarga qarashli yerlar; diniy muassasalarga qarashli yerlar, yoki vaqf yerlari.
Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo’lib, avloddan avlodga meros bo’lib o’tgan. Davlat yerlariga doimiy sug’oriladigan ekinbop yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko’l va to’qayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara qilingan yerlari, yangi yerlarning o’zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (ersizlar)larga foydalanish uchun bo’lib berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul ko’rinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon o’ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat yerlaridan inhom qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod etilgan.
Xususiy (mulk) yerlar xonning shaxsan o’ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli yerlar bo’lgan. Xonlikning suvga yaqin bo’lgan o’troq markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil yerlarning asosiy qismi mulkdorlar qo’lida edi. XIX asr birinchi yarmiga oid mahlumotlarga ko’ra, mulk egalariga tegishli yerlar xonlikdagi barcha sug’oriladigan yerlarning yarmidan ko’prog’ini tashkil etgan. Manbalarning mahlumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan o’nlab ming tanobgacha yer bo’lgan. Misol uchun, Pitnak, Xazorasi va SHo’roxon shaharlari hamda ularga tutash bo’lgan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli bo’lgan. Muhammadaminxon o’g’li Abdulla to’raga 20 ming tanobdan ortiq yerni inhom qilgan va hokazo.
Vaqf yerlariga diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan. Mahlumotlarga ko’ra, (A. Boltaev) XIX asr o’rtalarida xonlikdagi vaqf mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan.
Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ko’pchilikni tashkil etgan bo’lib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerlarida ijaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq to’laganlar. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga bo’lingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan.
Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan ko’plab kanallar va ariqlar muhim o’rin egallagan. Tahkidlash lozimki, Xiva xonligida suv manbalarining yetarli bo’lishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qo’shni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi.
Xonlikda donli ekinlardan bug’doy yetishtirish nisbatan keng rivojlangan bo’lib, bug’doy Pitnakdan SHohabbozgacha bo’lgan hududlarda ayniqsa ko’p eqilgan. Sug’oriladigan yerlarga bug’doyning saranchi navi ko’p yetishtirilgan. Bug’doy yig’ib olingan dalalarga qovun, tarvuz, mosh, jo’xori kabi ekinlar ekilgan.
Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, SHohabbozda rivojlangan. Paxta chigitidan yog’ olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi bozorga chiqarilgan. Suv ko’p talab qilmaydigan (Hazorasp, Qo’ng’irot, Toshhovuz, Ilonli, G’azovat, Mang’it va Gurlan) kunjut, no’xat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari ko’plab yetishtirilgan. Xorazm qovunlari qo’shni hududlarda ham mashhur bo’lgan. Bog’dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda rivojlangan.
Xonlikning o’troq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (er haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va boshq.) foydalanish, go’sht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising go’shtga bo’lgan talabini ko’chmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirganlar. Ko’chmanchilar qo’y, yilqi, tuya yetishtirib aholining go’sht, sut, teri, jun bilan to’la tahminlab turgan.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish