Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar mansabdor. O’roq –



Download 1,83 Mb.
bet116/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar mansabdor.

  • O’roq – vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mashul shaxs, O’roq shaklidagi nishonni sallasiga taqib yurgan.

  • Mudarris – madrasada tahlim beruvchi ustoz.

  • Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o’qib xizmat qiladigan imom.

  • Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi.

  • Qozi ul – qo’zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri).

  • Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor.

  • Qozii askar – qo’shin qozisi.

  • Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo’rlarga taqsimlab (taraka) beruvchi shaxs.

    Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo’lganlar davlat tomonidan belgilangan maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko’rganlar. Madrasa, masjid, mozorlar o’zlarining vaqf mulklariga ega bo’lib, shu mulk daromadidan o’z xizmatchilariga maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq edi.
    Er egaligi munosabatlari va soliqlar. Qo’qon xonligi xo’jalik hayotining asosini tashkil qiladigan soha dehqonchilik edi. CHunki xonlikning asosini tashkil etgan Farg’ona vodiysida suv manbalarining yetarli darajada bo’lganligi dehqonchilik xo’jaligida mo’l hosil bo’lishni tahminlagan. Xonlikda XVIII asrga qadar yerlarni sug’orish uchun soylar va jilg’alarning suvlaridan ham unumli foydalanilgan.
    Xonlikdagi taxt uchun o’zaro kurashlar hamda siyosiy tarqoqlik davom etayotgan bo’lishiga qaramay XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim tumanlarning sug’orish tarmoqlari tahmirlangan va yangilari qazilgan. CHunki, xonlikda ip va gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni Rossiya va u orqali SHarqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida ko’plab sotila boshlashi, ularga bo’lgan talabning tobora kuchayib borishi sug’orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni o’zlashtirishni taqozo qilar edi.
    SHuning uchun ham XIX asr Qo’qon xonligida, xususan, Farg’ona vodiysining sug’orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik sug’orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to’g’onlar qurila boshlangan. Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo’lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan SHahrixonsoy kanali, Namangan Yangi arig’i, CHinobod arig’i, Ulug’nahr, Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan arig’i va boshqa sug’orish tarmoqlarining ko’payishi, sug’oriladigan dalalarning sezilarli darajada kengayishi hamda dehqonchilik va bog’dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan.
    Qo’qon xonligida sug’orish inshootlarini barpo etishning mahlum tartib – qoidalari mavjud bo’lgan. CHunonchi, sug’orish tarmoqlari va ularni barpo etish ishlari ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga hajm jihatdan kichik sug’orish inshootlaridan foydalanuvchi qishloq aholisi ishtirok etgan. Ularga mahalliy mutasaddi kishilar, mirobboshilar boshchilik qilgan. Ikkinchi guruh sug’orish inshootlariga hajm jihatdan katta va yirik kanallar kiritilib, ularni bunyod qilish ishlariga xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchi – hasharchilar jalb etilgan. Bunday inshootlar qurilishiga bevosita xon yoki joylardan uning vakili boshchilik qilgan.
    Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati O’rta Osiyo xonliklariga xos bo’lib, g’allachilik, bog’dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan. Donli ekinlardan makkajo’xori yetishtirish keng tarqalgan bo’lib, u shahar va qishloqlarda kambag’allarning asosiy istehmol mahsuloti hisoblangan. SHuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta ehtibor berila boshlangan.
    Xonlik g’arbiy qismining tabiiy sharoitida bog’dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qo’lay bo’lgan. Janubi-g’arbiy Xo’jand, Konibodom, Isfara, So’x, CHimyon, Rishton hududlari asosan o’rik yetishtirishga to’la ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg’ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib, u tog’ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan hisoblangan So’x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun qadimdan o’stirib kelinan.
    Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalariniki hisoblanib, yerga egalik qilishning to’rtta turi mavjud bo’lib ular quyidagilar edi: 1. Xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari. 2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – o’rmonlar, to’qaylar, yo’lu-ko’priklar. 3. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar (suyurg’ol). 4. Vaqf yerlari – diniy muassalar, yahni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli yerlar.
    Manbalarga ko’ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bo’lib, u “zamini xos”, deb atalgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga berilgan. Yerni olgan kishi unga o’z hisobidan ishlov berib, sug’organ. Olgan hosilidan esa xonga soliq to’lagan va bu soliq miqdori xiroj1 dan ko’proq bo’lgan.
    Erga egalik qilishda mulk, ijara, urg’u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan. Mulk – boylarga qarashli xususiy yerlar bo’lib, ular dehqonlarga ijaraga berilgan. Mahlumotlarga ko’ra, ijara – muayyan shartlar asosida beriladigan barcha ko’chmas va ko’chadigan mulk-er, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov av boshqalarni o’z ichiga olgan mulk shakli bo’lsa, urg’u – musodara qilish yo’li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni qo’lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer va mol-mulkdir.
    Tanho – hukmdor tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan kishilarga amloq yerlardan bahzilari inhom etilishi tufayli paydo bo’lgan mulk shakli bo’lib, bunday yerlarda soliq yig’ish huquqi tanho egalari – tanhodorlarga berilgan. U o’ziga berilgan yer, bir nechta qishloq, hatto, katta mulkning yillik yoki yarim yillik daromadini hadya sifatida olgan. Bahzan, amaldorlar bir umr tanhodor bo’lgan va o’g’li xon marhamatiga sazovor bo’lsa, tanhodorlik meros sifatida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki xiroj taqdim etilsa, u tarxon deb atalgan.
    Bu davrda xonlikning daromadi mahsulot va puldan iborat bo’lib, ular asosan soliqlar undirish yo’li bilan hosil qilingan. Soliq va majburiyatlar xonlikning barcha shahar va qishloqlarida deyarli bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Mamlakatda mavjud soliqlar joriy etilishiga ko’ra, to’rt turga: shariat qonun-qoidalariga binoan belgilangan asosiy soliqlar; rasmiy soliqlar; anhanaviy soliqlar; favqulodda joriy etilgan soliqlar.
    Manbalarga ko’ra, shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar. – xiroj, ushr va zakot hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinadigan soliq – xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 5 qop g’allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan to’langan.
    Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning undan bir qismi miqdorida ushr solig’i ruhoniylar foydasiga undirilgan. Zakot – mahsulotdan olinadigan savdo solig’i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq bo’lib, daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik sarmoyalari aniq bo’lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. SHuningdek, chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv hujjatlarida anhanaviy zakotdan tashqari – bo’roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda zakoti kabilar haqida mahlumotlar bor.
    Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan chegara yoki maxsus belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj to’lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag’iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan. Bog’dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin ekiladigan yer maydonining hajmiga qarab tanob solig’i olingan. Soliq yig’uvchi amaldor tanobchi (har bir tanob yerdan soliq oluvchi), eakot solig’ini yig’uvchi amaldorlar zakotchi deb atalgan.
    Anhanaviy soliqlarga to’y marosimlaridan, meros bo’linishidan, tarozidan, daryodan o’tish uchun sollardan, qirg’iz va qozoqlarning chorvasidan olinadigan va shunga o’xshash soliqlar kirgan. Xonlikda bulardan tashqari yana turli xil favqo’lodda soliqlar mavjud bo’lib, u tilla puli va mis puli, ulov puli, alaf puli, nafsona, mushtak, kafsan, yaksara va boshqalardir.
    Soliqlar qathiy belgilangan miqdorda hamda o’z vaqtida yig’ilishi shart bo’lsa-da, xon va amaldorlarning ihtiyori bilan bu holat o’zgarib turgan. Harbiy harakatlar paytida, ayniqsa, soliqlarning turi va miqdori oshirilgan.
    Xon xazinasiga kelib tushgan soliqlar – xossachi, bek xazinasiga tushgan soliqlar – beklik deb atalgan. Manbalarga ko’ra, xon ihtiyoridagi yerlar “zamini xos”deb atalib, undan keladigan barcha daromad xonning ihtiyorida bo’lgan. Xon xazinasiga tushadigan soliqlarning deyarli barchasi Qo’qon shahri va uning atrofidagi qishloqlardan yig’ilgan. CHetdan xon ihtiyoriga mahsulot va chorvadan yig’iladigan zakot, Sirdaryo kechuvdan olinadigan boj , tuzdan, xossachi joylardan , xon mablag’iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq, to’y marosimlaridan va meros bo’lishdan yig’iladigan soliqlar tushgan.
    Qo’qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, yahni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo’lib, ularning egalari bo’lgan sayyid, xo’jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. SHuningdek, xonzoda va to’ralar, bahzi qozi, rais, amin, darvesh va so’filar ham tanob solig’idan ozod qilingan.
    Soliqlardan tashqari aholi majburiy ravishda turli ishlarga – kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlari, turli qurilishlarga, ayniqsa, hukmron tabaqalarning xizmatlariga jalb etilgan. Soliq, to’lov va majburiyatlarning yildan yilga oshib borishi natijasida Qo’qon xonligida xalqning noroziligi ortib borib, xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi davlatning siyosiy inqirozini tahminlab bergan edi.

    Download 1,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish