Муҳаммад Раҳимхон I ва Оллқулихон ҳукмронлиги даври
XVIII asrning birinchi yarmida Eron hukmronligi Nodirshoh (1736-1747) davrida kuchayib bir qator mamlakatlarni bosib oladi.
Nodirshoh O’rta Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatish maqsadida o’g’li Rizoqul boshchiligida Qarshiga qo’shin jo’natadi. Qarshida xalq juda qattiq qarshilik ko’rsatib, shaharni himoya qiladilar va eronliklar shaharni olaolmay qaytib ketadilar.
Nodirshoh Xiva xonligini bo’ysundirish uchun u erga harbiy yurishlar uyushtirdi. Xivaliklar Eron qo’shinlariga qarshi Xozarasp va boshqa joylarda qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Nodirshoh xonlikni egallashga muvaffaq bo’ldi. Nodirshoh Buxoroni ham tobe etib, 1740 yilda Xiva xonligini ham o’ziga to’la bo’ysundirib oldi. Lekin, Nodirshoh o’limidan keyin (1747 y.) xalqni kuchi bilan Buxoro va Xiva xonliklari o’z mustaqilliklarini tikladilar.
Ma’lumki, yuqorida aytilganidek, Qo’ng’irotlar sulolasi rasmiy ravishda 1804 yildan e’tiboran boshlanadi. Shu yili Muhammad Aminning nabirasi Inoq Eltuzar xon unovonini qabul qiladi. Eltuzar 1806 yilda Buxoroga qarshi olib borilgan urushda halok bo’ladi.
Eltuzar o’rniga vorisi va ukasi Muhammad Rahim I (1806-1825) xonlik taxtiga keladi.
Xiva xonligini birlashtirish uchun Muhammadamin va Eltuzar boshlagan kurashni Muhammad Rahim I oxiriga etkazadi.
Muhammad Rahim I devoni oliy ta’sis etadi, soliq islohoti o’tkazadi, muntazam ravishda soliqlar olib turish yo’li bilan davlat daromadlarini ko’paytiradi, bojxona va zarbxona tashkil etib, oltin pul zarb qilishga kirishadi. Feodallarning o’zboshimchaliklarini to’xtatishga harakat qiladi va mayda mustaqil bekliklarni asta-sekin o’ziga bo’ysundiradi.
Oroldagi qabilalarni 1811 yilda mag’lub qilib bu erlarni ham xonlik tarkibiga qo’shadi. Qo’ng’irot shahri batamom vayron qilinadi. Xiva xonligining sharqi-shimoli chekkasida yashab kelayotgan qoraqalpoqlarni ham o’ziga bo’ysundiradi.
1819 yilda Rossiya Xorazmga kapitan N.Muravyov rahbarligida maxsus elchi yuboradi. Undan maqsad Kaspiy bo’yidagi turkmanlarni bo’ysundirish va Kaspiiy dengizining sharqiy sohilida istehkom qurish masalasini hal qilish edi.
Муаммоли савол: Муҳаммад Раҳимхон I нинг давлатни бошқариш соҳасидаги ютуқларини асосий моҳияти нимадан иборат деб ўйлайсиз?
N.Muravyov Xiva xoniga Rossiya bilan qalin do’st bo’lishi va Xivaning savdo karvonlarini Mang’ishloqqa emas, balki Krasnovodsk pristaniga yuborib turishni taklif qiladi. Xon Muravyovning birinchi taklifini qabul qiladi, ikkinchi taklifi esa rad etadi.
Muhammad Rahim I dan so’ng, uning o’g’li Ollqulixon (1825-1842) taxtga o’tiradi. U o’z hududlarini ancha kengaytiradi. Xonlik hududlari Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha cho’zilib ketadi.
Ollqulixon Xurosonga 5 marta katta yurish qiladi. Bundan tashqari Olloqulixon chegaradosh Xuroson hududlariga har yili hujum qilib, talab turardi.
1826-1827-yillarda Marvdagi turkman qabilasi bo’lgan sariqlar Xiva beklaridan norozi bo’lib, Xivaga qarshi qo’zg’olon ko’taradilar va yordam so’rab Buxoroga murojaat qiladilar. Sariqlarga boshqa turkman qabilalari ham qo’shiladilar.
1828 yili Olloqulixonning o’zi qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin tortib boradi. Natijada, sariqlar mag’lubiyatga uchraydilar, ovullar talon-taroj qilinadi. Ko’p kishilar halok bo’ladilar. Ko’pchilikni, ayollar va bolalarni asir oladilar. Sariqlar mag’lubiyatga uchrab, Xivaga bo’ysunishga majbur bo’ladilar.
Shunday sharoitda, xonliklar o’rtasidagi o’zaro nizolar ham to’xtamaydi, balki davom etib boraveradi.
Olloqulixon, 1842 yilda Buxoro amiri Qo’qonga qo’shin tortib ketganidan foydalanib, o’z qo’shinlari bilan Chorjo’yga bostirib boradi. Buni eshitib qolgan Nasrullo Qo’qonni qamal qilib turgan qo’shinlarini olib, darhol Buxoroga qaytadi.
O’z vaqtida, Olloqulixon ham o’z erlariga qozoqlar bostirib kelganligidan xabar topib, u ham darhol Xivaga qaytadi va oradan ko’p o’tmay vafot etadi. Xiva xonligining Buxoroga va Xurosonga yurishlari, shu bilan birga boshqacha aytganda Xiva va Buxoro xonliklari o’zaro kurashni davom ettiraverdilar.
Bu harakatlar Olloqulixonning o’g’li Rahimqul davrida ham, keyin Muhammadamin II Xuroson va Marvga o’n martadan ko’proq qo’shin tortib boradi. Asosan Shimoliy Xuroson hududida to’xtovsiz olib borilgan urushlar bir vaqtlar juda boy va farvon o’lka hisoblangan viloyatlarni xaroba xoliga keltiradi.
Bu kurashlar, ayniqsa Buxoro va Xuroson uchun to’xtovsiz kurashlar oqibatida qo’ng’irotlar Rossiyani bostirib kelayotganligiga o’ta beparvolik bilan qarar edilar. Bu esa ularni Rossiya ta’siriga tushib qolishiga olib keldi.
Adabiyotlar:
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev O’. Vatan tarixi. Toshkent: 2003.
Istoriya Uzbekistana. Tashkent: Fan, 1993.
Do'stlaringiz bilan baham: |