Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva shahri. Xiva xonligi



Download 259,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi259,65 Kb.
#289578
  1   2
Bog'liq
Xiva xonligi - Vikipediya



Xiva xonligi

Xonlik


Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi

bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud

boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri

(1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir,

Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan

boshlab — Xiva shahri.




Xiva xonligi 



 



1511 — 1920



 

Bayroq


Gerb

1700-yilda Xiva xonligi (qizil bilan

chegaralangan).



Poytaxti

Xiva


Til(lar)i

O'zbek


fors

Dini

sunniy islom



Maydoni

67,251 km (1911)



Aholisi

700 000 (1902)

800 000 (1908)

Boshqaruv shakli

monarxiya

 - 1511-1518

Elbarsxon (ilk)

 - 1918-1920

Said Abdulla(soʻnggi)



Tarix


Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm

hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib

olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan

 -  1511


Xonlikka asos solindi.

 -  1804


Qo'ngʻirot sulolasi

hokimiyatga keldi.

 - 12-avgust 1873

Xonlik Rossiya

tomonidan ishgʻol

qilindi.


 -  1920

Rossiya tomonidan

bosib olindi.

Tashkil topishi




keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga

oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib,

unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va

Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd

Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom

etgan kurashlar natijasida eroniylar

mamlakatdan quvib chiqarilgan va

xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir

shahrini egallagan shayboniylardan

Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan

olingan.

1512 yilga kelib xonlik hokimiyati

koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi



(shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga

oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi

yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda

Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari

boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan

tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari,

Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson

hududlari kirgan.

Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti

Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar

oʻtroqlashganlar. Uning davrida

xorazmliklar Turkmanistonning janubiy

qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va



Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni

Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi,

qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida

mayda hokimliklar paydo boʻlgan.

Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro

nizolar sababli xonlar tez-tez almashib

turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton

Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516),

Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522

—26), Avaneshxon (1526—38), Alixon

(1538—47), Akatoyxon (1547—56),

Yunusxon (1556—57), Doʻstxon (1557—

58), Hoji Muhammadxon (1559—1602)

lar boshqarganlar. Bu davrda xalq,




Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro

qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva

xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham

tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar

Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik

davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98)

Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva

xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu

urushlar va 16-asrning 70-yillarida

Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy

dengiziga oqmay qoʻyganligi ham

Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir

koʻrsatgan.



17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti

uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan

soʻng, taxtga oʻtirgan Arab

Muhammadxon davrida Xiva xonligida

davlat parokandaligi oʻzining yuqori

choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari,

qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik

yurishlari, Arab Muhammadxonning

oʻgʻillari Habash va Elbarslarning

otalariga qarshi chiqishlari

parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda

ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl

XVII-XVIII asrlar



ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars

va Habash sultonlar (1621—23) akalari

Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43)

tomonidan taxtdan tushirilib, qatl

qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida

taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida

mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik

saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek

qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay

qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va

zulm kuchaygan. Bundan foydalangan

yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni

1643 yilda xon qilib koʻtarishgan.

Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan




keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga

oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni

mustahkamlab, Buxoro xonligining

Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana

atroflariga bir necha marta harbiy

yurishlar qildi.

Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro

xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663

yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga

topshirgan. Shunga qaramay Xiva

qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga

talonchilik yurishlarini davom ettirgan.

1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon



yaqinida magʻlubiyatga uchragach,

Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri

kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon

Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning

oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni

egallashga yordam berdi. Lekin uning

hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-

asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva

xonligida Xudoydodxon (1687—88),

Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji

Sulton (1694—97), Valixon (1697—99),

Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon

(1702—03), Sayid Alixon (1703—05),

Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—




13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu

mamlakat ahvolini yanada

ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib

Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi

ortgan va 

Petr I


 1714—17 yillarda

Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy

boshchiligida

 Xivaga harbiy ekspeditsiya

joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—

28) Qayragʻoch darasidagi ochiq

toʻqnashuvda katta talafotga uchragach,

harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta

shaharga boʻlib yuborgan va ularni

alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda

ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi



aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi.

1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon

madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon

koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl

qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva

xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan.

Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda

Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga

kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni

hududlarga bosqinchilik yurishlarini

amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi

Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni

oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda



xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar

tomonidan bostirilgan.

Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda

hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda

Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy,

Vardanzini xorabazorga aylantirdi va

Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva

xoni 


Abulgʻozi

 navbatdagi urushdan soʻng

Buxoro xoni 

Abulaziz


 bilan sulh tuzdi.

Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-

1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana

davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar

Samarqandni egallab olishga muvaffaq



boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida

Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va

Samarqandni tashlab chiqishga majbur

boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni

Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi,

unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham

ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga

olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro

xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga

boʻysindirdi va uning hukmdori etib

Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik

unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik

hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga

tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu




maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin

holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi

xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga

qabul qilishni soʻradi. Xon Arab

Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya

koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi.

Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi

davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-

boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva

xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-

Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy

ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga

muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng

xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.)




oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va

Hindistonga qilgan yurishidan

foydalangan Ilbars Xurosonga hujum

qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva

tomonidan Eron hukmronligining rad

etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab

quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga

yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida

Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik

qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni

zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi

Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi.

Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy

garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning




shimoliy qismida Eron hukmronligi

kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar

orasida 1730—1732 yillarda Rossiya

fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq

ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining

mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar

Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva

qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi

hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi.

Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu

voqealardan xabar topgan Nodirshoh

oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi

yurishni buyuradi. Nuralini taxtga

koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga




boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga

koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli

Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning

40-yillarida Xivada bir necha xon

almashdi.

18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron

shohlarining xohishi, goh Buxoro

hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi

qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez

almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon

(1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun),

Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II

(1742—46), Gʻoyibxon (1746—56),



Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon

(1757—64) va boshqalar Xiva xonligida

rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning

60-yillaridan badavlat shaharliklar va

ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga

erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva

xonligida hokimiyatni qoʻlga ola

boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770

—90) 1770 yilda turkmanlarning

qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro

amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida

oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi

hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz

Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida




markaziy hokimiyat mustahkamlanib,

iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan.

Bu bilan 19-asr boshlarida oʻzbek

qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman

egallashiga zamin tayyorlagan.

Muhammad Amin Inoq va Avaz

Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar

nomidan hokimiyatni boshqargan

boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—

06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon V

Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan

XIX asrda




tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan.

Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva

xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar

sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning

vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva

xonligini birlashtirishni nihoyasiga

yetkazgan. 1811 yilda bir qancha

yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham

Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U

oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy

islohotlar natijasida boshqaruv tizimi

takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.




Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon

(1842—45) va Muhammad Aminxon

(1846—56) davrlarida Xiva qoʻshinlarining

Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv

shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez

urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu

davrda Sirdaryoning Orol dengiziga

quyiladigan joyidan Turkmaniston

hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni

boshqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal

qilish paytida Muhammad Aminxonning

halok boʻlishi mamlakatda

parokandalikka sabab boʻlgan.

Abdullaxon (1855—56),




Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp

hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan.

1856 yilda taxtni 

Sayd Muhammadxon

(1856—64) egallagan.

Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor



Feruz taxallusi bilan ijod qilgan

Muhammad Rahimxon II (1864—1910)

boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy,

iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga

tashlanadi. Lekin, 

1873 yilda

 Rossiya Xiva

xonligini bosib olgan, Muhammad

Rahimxon II va 

K.P.Kaufman

 imzolagan

Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva




xonligi Rossiyaga 

qaram davlatga

 aylanib

qolgan. Asfandiyorxon (1910—18)

Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva

xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan

birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910

—13 yillarda vazir Islomxoʻja

boshchiligida islohotlar oʻtkazishga

harakat qilgan. 1914—16 yillarda

soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy

ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning

norozilik harakati kuchaydi.

1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi

taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy



kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon

majlis chaqirish va nozirlar kengashini

tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo

chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva

xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning

olib chiqib ketilishi majlisning

tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 yilning

yanvarida soʻnggi rus askarlarining Xiva

xonligidan chiqib ketishi 

Junaidxon

 Xiva

shahrini egallashiga imkon bergan.



Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida

qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan.

Siyosiy oʻyinlar sababli 1918 yil oktyabr

oyida Junaidxon tomonidan




Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon

Sayd Abdullaxon

 (1918 yil oktyabr —

1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu

davrda Xiva xonligi mustaqil davlat

sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar

qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2

fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan

tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb

eʼlon qilishgan.

16—19-asrlar davomida Xiva xonligi

hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab

Hududiy tuzilishi



xonlik hududi Xorazm vohasidagina

joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning

chegarasi janubda Eron va Marvgacha,

shimolda 

Ural daryosigacha

 boʻlgan


yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro

amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi

qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar

bosqinidan keyin Amudaryoning chap

qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga

ega kichik vassal davlatga aylanib

qolgan. Aholisining soni ham doimo

oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi

atrofida aholi yashagan. Uning

koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar,




qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar,

ruslar va boshqalar tashkil qilgan.

Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan,

Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib,

farqi, 19-asr boshlaridan xon huzurida

Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori

amaldorlardan tashkil topgan kengash

vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon

tomonidan qabul qilingan boʻlsada,

amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi

mavqei baland edi. Mansab va unvonlar

harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga

boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro,



mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi

va boshqa unvon va mansablar xonlik

iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy

hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud

ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida

boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri

kuchli boʻlgan.

Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib,

Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq

barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat

oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda

Xiva xonligining maʼmuriy jihatdan

boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-



asrdan beklik deb atala boshlagan.

Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik

boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni

22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan

tayinlangan hokim va noiblar

boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh

vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari

va diniy ulamolarning mavqei yuqori

boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil

qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida

boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar

ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va



ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy

sugʻorishga asoslangan dehqonchilik

mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin

tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan

kanallarni qazish davlat ahamiyatiga

molik ish hisoblangan. Shuningdek,

chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq

ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin

tutgan.

Xonlik harbiy qoʻshini va qurol aslahasini

yaxshilash juda past darajada boʻlgan.

Qoʻshinni koʻproq yarim koʻchmanchi

turkmanlar tashkil etgan. Oldingi



davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy

tajribalar rivojlantirilmay tashlab

qoʻyilgan.

Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va

Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan

savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar

barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj,

zakot, boj va juzʼyadan iborat boʻlgan.

Shu bilan majburiy mehnatning baʼzi

turlari amalga oshirilgan.

Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni

oʻrgangan bolalar madrasalarda

oʻqitilgan. 19-asrda Xiva xonligida 1500



ga yaqin boshlangʻich maktab va 103

Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva shahrining

oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-asrda

Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik,

xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va

madaniyatning boshqa sohalarida

muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan.

Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy,

Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy,

Mutrib Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari

oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos

oʻringa ega. Tanbur chizigʻi notasini

yaratgan Komil Xorazmiy „Maqomi Feruz



Shohiy“ asari va „Panjgoh“ maqomi bilan

oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa

qoʻshgan. Abulgʻoziyxon „Shajarayi turk“,

„Shajarayi tarokima“ asarlari bilan

Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab

bergan boʻlsa, Munis va Ogahiylar

tarixnavislik va tarjimonlik maktabini

yaratib, „Firdavs uliqbol“, „Zubdat

uttavorix“, „Gʻiyos uddavlat“, „Jome

ulvoqeoti sultoniy“, „Shohid ul iqbol“

asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar.

Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“,

„Xorazm tarixi“ asarlari Oʻzbekiston



tarixini oʻrganishda asosiy manbalar

hisoblanadi.

Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan

qad. meʼmorlik inshootlari, asosan,

xonliklar davrida qurilgan. Bularga

Anushaxon hammomi, Shergʻozixon

madrasasi, Muhammad Aminxon

madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli,

Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa

devori, Nurillaboy saroyi va boshqa kiradi.




Itchan Kala Duvarları

Muhammad Amin Xon Madrasasi



Download 259,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish