Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva shahri. Xiva xonligi



Download 216,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi216,62 Kb.
#414447
  1   2
Bog'liq
Xiva xonligi - Vikipediya



Xiva xonligi
Xonlik
Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta
oʻzbek xonliklaridan
biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning
70-yillaridan boshlab — Xiva shahri.


Xiva xonligi

 
 
1511 — 1920
 

 
 

Bayroq
Gerb
 
1700-yilda
 Xiva xonligi (qizil bilan chegaralangan).
Poytaxti
Xiva
Til(lar)i
O'zbek
fors
Dini
sunniy islom
Maydoni
67,251 km (1911)
Aholisi
700 000 (1902) 
800 000 (1908) 
Boshqaruv shakli
monarxiya
- 1511-1518
Elbarsxon
(ilk)
- 1918-1920
Said Abdulla
(soʻnggi)
Tarix
- 1511
Xonlikka asos solindi.
- 1804
Qo'ngʻirot sulolasi hokimiyatga keldi.
- 12-avgust 1873
Xonlik Rossiya tomonidan ishgʻol qilindi.
- 1920
Rossiya tomonidan bosib olindi.


Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini 
Shayboniyxon
1505 yilda bosib olgan.
Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga
qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla
Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar
mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini
egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
1512
 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari
Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli
yillarda 
Vazir
, Qoʻhna 
Urganch
va 
Xiva
 shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan
tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari
kirgan.
Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar
oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron
shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va
ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon
vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva
xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon
(1522—26), Avaneshxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon
(1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu
davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva
xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va
Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib,
qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida
Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm
iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga
oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori
choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab
Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari
parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga
erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor,
Tashkil topishi
XVII-XVIII asrlar


1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga
chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol
boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va
zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda
xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi
taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy,
Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda
hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro,
Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari
Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan.
Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang
Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa
boʻlgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88),
Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Shohniyozxon
(1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06),
Yodgorxon (1706—13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat ahvolini yanada
ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va 
Petr I
1714—17 yillarda 
Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida
Xivaga harbiy ekspeditsiya
joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta
talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va
ularni alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi
Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida
qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva
xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39)
hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik
yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib,
uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan
bostirilgan.
Buxoro
 xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari
Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 
1662
yil
Xiva xoni 
Abulgʻozi
navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni 
Abulaziz
bilan sulh tuzdi. Lekin
uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 
1685
yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida
Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp
oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli
Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 
1687
 yil 
Anusha
 hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 
1668
yil


Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni
tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini
mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 
1700
yil
Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya
fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya
koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal
fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining
A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga
muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron
shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum
qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni
harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp
yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva
armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va
Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga
ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul
qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil
xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda
vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan
Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan
Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga
Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon
almashdi.
18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri,
goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda
Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—
46), Gʻoyibxon (1746—56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar
Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va
ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida
hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda
turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva
xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad
Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha
yaxshilangan.
XIX asrda


Bu bilan 19-asr boshlarida oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin
tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan
hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon
V Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun
ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi.
Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan.
1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib
olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi
takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—56)
davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun 
Buxoro
amirligi
 bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga
quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi 
Kushkagacha
boʻlgan yerlarni boshqargan.
1855 yilda 
Saraxsni
 qamal qilish paytida 
Muhammad Aminxonning
 halok boʻlishi
mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. 
Abdullaxon
 (1855—56), 
Qutlugʻmurodxonlar
(1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni 
Sayd
Muhammadxon
 (1856—64) egallagan.
Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan 
Muhammad
Rahimxon II
 (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy
jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 
1873 yilda
 
Rossiya
Xiva xonligini bosib olgan,
Muhammad Rahimxon II va 
K.P.Kaufman
 imzolagan 
Gandimiyon shartnomasiga
koʻra, Xiva
xonligi Rossiyaga 
qaram davlatga
aylanib qolgan. 
Asfandiyorxon
(1910—18) Rossiyadagi
oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati
talabi bilan 1910—13 yillarda vazir 
Islomxoʻja
boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat
qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli
xalqning norozilik harakati kuchaydi.
1917 yilda Rossiyadagi 
fevral inqilobi
taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy kuchlarning
talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi
manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning
olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 yilning yanvarida soʻnggi rus
askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi 
Junaidxon
Xiva shahrini egallashiga imkon
bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy
oʻyinlar sababli 1918 yil oktabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va
soʻnggi xon 
Sayd Abdullaxon
(1918 yil oktabr — 1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu
davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning


yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi
tugatildi deb eʼlon qilishgan.
16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi
Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda 
Eron
va
Marvgacha
, shimolda 
Ural daryosigacha
boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi,
gʻarbda esa 
Kaspiy dengizi
qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning
chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan.
Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan.
Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va
boshqalar tashkil qilgan.
Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib, farqi, 19-asr
boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan
kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada,
amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar
harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar,
qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy,
moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar
qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan.
Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar,
davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining maʼmuriy
jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab
xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan.
Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh
vazir tomonidan boshqarilgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy
hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz
dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy
sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun
Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin
tutgan.
Xonlik harbiy qoʻshini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada boʻlgan. Qoʻshinni
koʻproq yarim koʻchmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi
Hududiy tuzilishi


ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qoʻyilgan.
Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari
olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juzʼyadan iborat
boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning baʼzi turlari amalga oshirilgan.
Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. 19-asrda
Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva
shahrining oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik,
xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar
qoʻlga kiritilgan.
Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib
Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos oʻringa ega. Tanbur
chizigʻi notasini yaratgan Komil Xorazmiy „Maqomi Feruz Shohiy“ asari va „Panjgoh“ maqomi
bilan oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa qoʻshgan. Abulgʻoziyxon „Shajarayi turk“, „Shajarayi
tarokima“ asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan boʻlsa, Munis va
Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, „Firdavs uliqbol“, „Zubdat uttavorix“,
„Gʻiyos uddavlat“, „Jome ulvoqeoti sultoniy“, „Shohid ul iqbol“ asarlari bilan tarix sohasini
rivojlantirdilar. Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“, „Xorazm tarixi“ asarlari Oʻzbekiston
tarixini oʻrganishda asosiy manbalar hisoblanadi.
Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qad. meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida
qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon
madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy
saroyi va boshqa kiradi.
Itchan Kala Duvarları



Download 216,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish