Xiva- naqshi nuqrot shahri.
O’rta Osiyoning ayniqsa O’zbakistonning tarixi haqida qancha gapirsak ham oz. O’zbekistonning tarixiy shaharlarini, ulardagi qadimiy obidalarni , shu obidalarda bir-birini takrorlamas naqsh va bezaklarni o’rganish, tomosha qilish uchun butun dunyodan tashrif buyurishadi. Bu obidalarni qanchalik o’rganganimiz sari biz bilmaydigan ma’lumotlarimiz oshib boraveradi. O’zbekistonning diqqatga sazovor shaharlaridan biri bu Xorazm vohasidir.
Xiva – Xorazmning qadimiy shaharlaridan biri bo’lib, o’rta asr sharq me’morchiligining tengsiz javohiridir. Xiva- O’zbekistonning shimoli-g’arbida, viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40km janubida, 95m balandlikda joylashgan. Xivaning tabarruk nomini dunyoning barcha burchaklarida chop etilgan qomusiy lug’atlarda, xaritalarda, globuslarda, tarixiy va jug’rofiy risolalarda uchratish mumkin. Xo’sh , Xiva shahrining bunchalik ma’lum va mashxur bo’lib ketishiga sabab nima?
Avvalo shuni ta’kidlash joizki, qadimiy shaharlarning bunyod bo’lishi turli xil afsona va rivoyatlar bilan bog’liqdir. Xiva shahri haqida biz bilgan afsona va rivoyatlar qadimiy Bobil, Rim, Hazorasp, Rum(Istanbul) shaharlari haqidagi afsonalar Sulaymon, Dovud payg’ambar, uchar otlar, muqaddas olov yoki tabarruk quduq haqidagi rivoyatlar bilan bog’liq. Ular “Tavrot”, “ Qur’oni Karim” yoki “Avesto” kabi muqaddas kitoblarda ham tilga olingan. Rivoyatlarga ko’ra Xiva shahriga Nux payg’ambarning o’g’li Som asos solgan. Shahar karvon yo’lida joylashganligi uchun u yerda savdogarlar tez-tez bo’lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan obihayotdan bahra olgan yo’lovchilar hayratdan “xey-voh” deb yuborishgan. Buni o’zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni “Xey-voh”, “Xayva”, “Xivaq” deb aytib boshlashgan. O’sha davr solnomachilaridan biri Al-Istaxariy Xiva shahrini o’z davrining eng yirik 30 ta shahri ro’yhatiga kiritilgan.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1984-1993-yillarda Xiva shahrida o’tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko’rsatadiki, “Ichan Qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo’lgan. XIX asrga kelib shahar kengaydi, u ikki qismdan, ya’ni Ichan Qal’a shahriston va Deshon Qal’a rabotdan iborat bo’lib, shahar tevaragi esa o’nlab qishloqlar joylashgan edi.
Ichan Qal’a shahriston o’ziga xos yaxlit me’moriy inshootlardan iborat bo’lib, baland paxsa devor bilan o’ralgan, devor aylanasining uzuznligi qariyib 2200 metrgacha, balandligi 7-8 metrga, poydevorining qalinligi esa 5-6 metrga teng. Ichan Qal’a devorlari vaqt o’tishi bilan bir necha bor buzilgan va qayta ta’mirlangan.
Deshon Qal’a- rabot. Ichan Qal’a atrofida XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan. Deshon Qal’a 1842-yilda baland devor bilan o’ralgan bo’lib , hashar yo’li bilan bir oy davomida qurilgan, qal’ani qurishda xonlikning 200mingdan ziyod aholisi qatnashgan. 1920- yilgacha Xiva shahrining Ichan Qal’a hududida 33ta mahalla va Deshon Qal’a hududida 34 ta mahalla mavjud bo’lib, ularning har biri o’z nomiga ega edi. Shaharda hozir ham o’zining salobatini yo’qotmagan madrasa va maqbaralar bor. Bulardan “Juma masjidi”, “ Shayx Muxtor Valiy maqbarasi”, “Said Aloviddin maqbarasi”, “Sherg’ozixon”, “Pahlavon Mahmud majmuasi”, “Olloqulixon madrasasi” , “Muhammad Aminxon madrasasi”, “ Muhammad Rahimxon madrasasi”, “Islomxo’ja madrasasi va minorasi”, “Said mahruyjon majmuasi”, “Yusuf Hamadoniy maqbara” larni keltirishimiz mumkin.
Xiva shahri Xitoydan Rumgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan.
Xiva shahri 1990- yil 12- dekabrda YUNESCOning Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib “ Butun jahon merosi” sifatida ro’yxatga olingan. Xiva “Ichan Qal’a” ta’rixiy- me’moriy Davlat muzey- Qo’riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixinini, uning ma’naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda.
Xulosa sifatida buyuk bobokalon sarkarda bobomiz Amir Temurning “ Agarda bizning qudratimizga shubxa bilan boqsangiz, biz qurgan binolarga boqing” deb bejizga aytmagan edilar. Haqiqatdan ham O’zbekistonning tarixini qanchalik o’rgansak ham kam. Qadimiy binolarni salobatini ko’rib buyuk O’zbekistonning farzandi ekanligimizdan faxrlansak arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |