jadval Misolimizda asbob -uskunalar sotib olinadi ularning
qiymati quyidagicha:
|
Asboblarning nomi
|
Narxi AQSh dollarida
|
1
|
Mikser
|
20 000
|
2
|
Plastik trubalar ishlab chiqaruvchi liniya
|
50 000
|
3
|
Plastik panellar ishlab chiqaruvchi liniya
|
90 000
|
4
|
Chiqindilarni qayta ishlovchi asbob
|
8 000
|
5
|
Maydalagich
|
6 000
|
6
|
Transport, sug‘urta va boshqa xarajatlar
|
30 000
|
|
Jami
|
204 000
|
Biznes rejada texnologik jarayon sxematik xolda ko‘rsatib, barcha texnologik jarayon va mahsulot ishlab chiqarish oddiy va tushunarli qilib yoziladi.
Biznesni boshqarish modelini tanlash va kadrlar bilan ta’minlash
Biznesni modelini (kichik korxona, xususiy tadbirkor, mikrofirma) tanlashda qonunda berilgan imtiyozlar, biznesning masshtabi, uning o‘ziga xos xususiyatlari kabi omillarni hisobga olinadi. Unga bog‘liq xolda korxona ustav fondining miqdori, biznesni boshqaruvchi kadrlarga talab aniqlanadi. Agarda korxona yuqori malakali kadrlar va ishchilar bilan ta’minlangan bo‘lsa ularni biznes rejada ko‘rsatib berish va zarur bo‘lsa ularni ma’lumotlarini hamda tajribalarini ilova qilish zarur. Shu kabi ma’lumotlar biznes rejaning tashkiliy rejasida ko‘rsatib beriladi.
Biznes rejadagi investitsiya xarajatlari, eng avvalo, malakali mutaxassislar va ishchi kadrlarning shu korxonada mavjudligi uchun amalga oshiriladi. Korxonaning asosiy kapitali
– uning yuqori malakali kadrlari va tajribali ishchi kuchidir. Inson omilining xal qiluvchi kuch va raqobatda muvaffaqiyat
garovi ekanligi jahon tajribasida va O‘zbekistondagi kichik biznesining tajribalarida o‘z isbotini topgan.
Biznes rejada malakali mutaxassislarning korxonada mavjudligi, ishchi kuchi bilan yetarli ta’minlanganlik, samarali boshqaruv tizimining tashkil etilganligi, xar bir raxbarning bajaradigan vazifalari, unga berilgan vakolatlar, boshqaruv qarorlarni qabul qilinishi aniq va ravshan yoziladi. Biznes rejaning ilovasida xar bir boshqaruvchining rezumesi ham ilova qilinadi. Kichik biznesni tashkil etishda shu biznesga zarur bo‘lgan kadrlarni tanlash juda muhim.
Misol uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchi talabalari birgalashib, o‘zaro ishonch bilan bir komanda bo‘lib, internet kafe, kichik kafe, kurilish korxonasi, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, turistik firma, trening markazi, hunarmandchilik biznesi, kichik qayta ishlash korxonasi, konsalting korxonasi kabi korxonalarni tashkil etganlar. Ularning biznes buyicha birinchi kapitali ularning biznes va iqtisodiyot bo‘yicha bilimlari, ularning biznes rejalari va bir komanda bo‘lib shakllangani edi.
Kichik korxonani kadrlarini kuchli va kuchsiz tomonlarini (SWOT usulida) tahlil qilish, ularni doimo malakasini va tajribasini oshib borishiga asosiy e’tiborni qaratish va buning uchun trening budjetini ham rejalashtirish tavsiya etiladi.
Kichik korxonani kadrlarga qo‘ygan talablari ham ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq. Misol uchun kichik korxona xodimlari bir oila (yoki bir komanda) bo‘lib ishlashlari uchun ularga quyidagi talablar belgilanishi va shartnomadan oldin ularga uqtirilishi zarur. Ularga misol bo‘lib quyidagi qoidalarni olish mumkin:
Rostgo‘ylik Intizomlilik Xushmuomalalik Javobgarlik
Ochiq munosibatlilik Mehnatsevarlilik Jiddiylik
Yuqori professionalizm
Komanda a’zosi sifatida mehnat qila olish Vijdonlilik
Vatanparvarlik va hokazo
Do'stlaringiz bilan baham: |