Biznes-rejaning taklifi/rezyumesi (2-3 varaq)dan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Unda quyidagi ma’lumotlar beriladi.
Biznes rejaning maqsadi.
Moliyaga ehtiyoj, uning maqsadi va moliyaviy resurslarni qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi. Kreditni qachon va qanday qaytarib berish mexanizmi. Biznes va uning maqsadli mijozining qisqacha yoritilishi. Sizning biznesingizni raqiblaringizning biznesidan farqlari. Sizning biznesingiz bank-moliya matassalari oldida aynan qanday va nima ishonch uyg‘otishi lozim (hisobot materiallari, guruh rahbarining malakaliligi, patent va litsenziya, sertifikat va boshqalar).
Asosiy kapital xarajatlari, inestitsiyada kreditning hissasi, kafolatlar, kutilayotgan foyda.
Noaniqlik va qaltisliklarni boshqarish;
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari. Tarmoqning tavsifi (iqtisodiyot sektorlari formatida ko‘rsatiladi).
Biznes rejaning tuzilishiga va amalga oshirishga asosiy sabab iste’mol qiymati yuqori, sifatli, kafolatli, bozordagi boshqa tovarlarga nisbatan raqobatdosh bo‘lgan sizning tovaringizdir. Shuning uchun mahsulotni ustuvor tomonlarini ifodalab berishingiz zarurdir.
Mahsulot.
Mahsulot/xizmatlarning yoritilishi va ularning tatbiq etilishi. Nima? Qanday va kimlar uchun? – degan savollar yoritilishi kerak.
Sizning mahsulotingizni ajralib turuvchi sifatlari yoki beqiyoslik aniq va ishonarli ko‘rsatib bering.
Sizning biznesingiz uchun zarur bo‘lgan texnologiya va malaka sizning kichik korxonangizda bor yoki uni kelgusida sotib olishingiz real ekanligini ifodalang.
Litsenziya/patent huquqi sizda bo‘lsa, demak, sizning biznesingizga imkoniyatlar ochilgan.
Bozorning kelgusi salohiyati yuqori bo‘lsa, bu imkoniyatlarni siz biznesingiz orqali amalga oshira olasiz.
Bozor tahlili juda muhim. Uni real va maqsadli tahlil etish sizning biznesingizga yordam beradi
Xaridorlar va ularning talablarini bilish muhim. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda xaridorning tipi va uning portretidan ham foydalaniladi.
Raqiblar (ularning kuchli va zaif tomonlari). Bozorda raqobat strategiyasini ishlab chiqarishda raqiblaringizni kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishingiz shart.
Bozor segmenti. Marketing tadqiqotlarini olib borishda bozorni segmentlashdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bozor hajmi va uning o‘sishi. Agar bozorning hajmi ijobiy trendga ega bo‘lsa, bu bozordan daromad olish mumkin. Qanday va qachon daromad olishni siz o‘rganib chiqib qaror qilishingiz kerak bo‘ladi.
Bozordagi narx ulushi. Agarda sizning tovaringiz tannarxi arzon bo‘lsa, mos ravishda sizda narxda ustuvorlik bo‘lishi mumkin. Buning uchun mahsulotning sifati, servis ko‘rsatish darajasi kabi jixatlar bir xil bo‘lishi kerak.
Korxona mijozlarining tarkibi. Korxonaning mijozlarini guruhlarga ajratish, ularning talab va istaklarini marketing nuqtai nazaridan tadqiq etish marketing rejasi uchun muhim xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi
Raqobatning ta’siri. Kichik korxonalar xar doim raqobatchilarning ta’sirida bo‘ladi. Siz korxonangizni raqobatdoshligini oshirsangiz, korxonangiz barqaror foyda olishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |